“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


 Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining magistrlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

1.2. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining magistrlar 
faoliyatidagi ahamiyati 
 
Magistr bozor iqtisodiyotida yetakchi, katta mutaxassis sifatida innovatsion 
faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs hisoblanadi. U o‘z mavqeiga ko‘ra ilg‘or, kompleks 
mutaxassisdir. Chunki u haqiqiy rahbar va yirik tashkilotchi bo‘lishi talab etiladi. 
Shuning uchun ham magistr o‘z nomi, faoliyat xususiyati bilan doimo yangilikka 
intiluvchi, jarayonga yangilik kiritib boruvchi xodim hisoblanadi.
Mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganish doimiy tartibda bo‘lib, uzulishga 
yo’l qo‘ymaslik zarur. Bu doimiy kundalik talabga aylanganidagina tegishli foyda 
berishi mumkin. Uzilgan xolda yoki istagan vaqtdagina e’tibor berib shug‘ullanish 
kutilgan natija bermay, ma’lumotlardagi yaxlitlikni ta’minlamaydi. Shuning uchun 
avvalo bunga ajratiladigan vaqtni mazmunli aniqlash taqozo etiladi. Shu bilan 
bunga bu ish uchun ajratiladigan va belgilangan vaqt ma’lumot va axborot olish 
shart-sharoitlariga bo‘ysundirilgan bo‘lishi shart. Lekin qanday bo‘lmasin 
belgilangan vaqt doimiy tavsifda bo‘lishi muhimdir. 
Keyingi zarur talablardan yana biri manbaalarni aniqlash hisoblanadi. Ishni 
boshlash va bog‘lanishdan oldin rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish 
manbaini to‘la aniqlash va uning turi, xilini tanlay bilish bilan bog‘liq ishlar 
amalga oshiriladi. Busiz ish samara berishi qiyin. Bunda aniqlik bo‘lmasa vaqtning 
behuda ketishi, vaqtni unumsiz o‘tkazish mumkin. Manbaalarni belgilashda eng, 
yangilik tomonlari bor, foydalanish oson bo‘lganlarini tanlash va ularga 
moslashish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu har tomonlama engillik tug‘diradi. 
Manbaalarni to‘g‘ri belgilagandan keyin foydalanish usullari va yollarini 
aniqlab belgilash kerak bo‘ladi. Chunki har bir manbaadan foydalanishning o‘z 
shart-sharoitlari bo‘lishi mumkin. Bularni tezroq to‘la bilgan xolda harakat qilish 
yaxshi samaraga olib kelishi ma’lum. Shart-sharoitlar manbaalarga qarab 
boshqacha bo‘lishi, shu bilan birga ular oson xal qilinadigan yoki mushkulroq 
bo‘lib, turlicha yondoshuvga olib kelishi mumkin. 
Har sohaga o‘xshagan rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganish 
tizimlilikni talab qiladi. Bunda bevosita faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, 
tashkilotga xos yoki tarmoqqa taalluqli bo‘lib, bularga ko‘proq e’tibor berish zarur 
bo‘ladi. Bu sohadagi ma’lumot va axborotlar birinchi navbatda va tezroq, ko‘proq 
bo‘lishi turgan gap.
Shu bilan birga mamlakatlar bo‘yicha eng zarurlarini ajratish mumkin 
bo‘ladi. Korporatsiyalar, trans milliy kompaniyalarga aniqlik kiritish foydadan xoli 
emas.
Umumiy oqimli soha, mamlakatlar tizimi bo‘lishi mumkin. Aytaylik, 
yyetakchi “sakkizlik”, “o‘nlik”, “yigirmalik” mamlakatlari, yoki Yaponiyaning 
o‘zi, yangi industrial Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek sobiq sotsialistik 
iqtisodli bozorga o‘tuvchi mamlakatlar yoki sobiq Itifoqqa kiruvchi O‘zbekistonga 
o‘xshagan suveren mustaqil davlatlar kabilarga bo‘lingan xolda o‘rganib, 
ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish ma’lum ma’noni belgilaydi va tizimlar 
turliligiga qarab ish tutishga undaydi.


10 
Magistr uchun eng muhim narsa ma’lumotlarni tahlil qila bilish va 
maksimum ravishda foydalana olishdir. Biznes faoliyatda yangilikka intilish 
rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini qo‘llay bilishni talab etadi. Buning 
uchun bunga taalluqli ma’lumot, axborotlarni tahlil etish, to‘la tushunish va 
amaliyotda ishlata olish darajasiga olib kelish ishlarini amalga oshirish 
jarayonlarini bajarish kerak. Shu bilan birga o‘z amaliyotidagi o‘lchovlarga 
taqqoslay bilish salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlay bilish muhimdir. Shu taqdirda 
amalda qo‘llash uchun yol ochilishi mumkin. 
Tahlil eta bilish, taqqoslash xulosa chiqarishga olib kelib, amaliy yo’llarni 
aniqlash talab etiladi. Buning uchun bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalardan 
foydalanish yo’llari, usullarini belgilash bilan bog‘liq ishlarni bajarish kerak. 
Bunda samaradorlikni belgilash amalda qo‘llash darajasini aniqlash bilan bog‘liq 
vazifalar ado etiladi. 
Ma’lumot, axborotlarni tizimlay bilish va vaqt, hudud, tarmoqlar bo‘yicha 
tartiblashtirib borishi zarur. Bularni yig‘ish tartibi, ularni o‘rinlashtirish va kerakli 
vaqtda qayta foydalanish imkonini beruvchi tartibli xolda saqlanishini ta’minlash 
talab etiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o‘rganish va ulardan samarali 
foydalanish diqqat bilan ish tutishni taqozo etadi. Shu bilan birga bu ma’lumot va 
tajribalardan firma ichki faoliyati va chet iqtisodiy harakatlarda, shuningdek 
xalqaro faoliyatda foydalanishda mustaqil ish yurita bilish magistrdan malakali 
bo‘lishni talab etadi. 
Magistr bu sohada ilmiy ishlar olib borishi hamda tajriba materiallaridan 
erkin xolda keng foydalana olishni taqozo etadi. Chunki bu sohadagi faoliyat 
shaxsan o‘z manfaati bilan chegaralanmay boshqalar uchun foyda keltirishi kerak. 
Magistr jahon bozori tajribasidan keng foydalanishi uchun bunga taalluqli 
vositalarni bilishi va erkin tarzda ishlata olishi zarur. Bular internet, kompyuter, 
ilmiy adabiyotlardan iboratdir. Bunda boshqalarning yordamisiz mustaqil ishlay 
bilishi zarur.
Shuni ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari harakati, biznes avji jahon 
tajribasisiz kutilgan natija bermaydi va bu vaqtinchalik narsa bo‘lmay, doimiy 
davom etuvchi, to‘xtovsiz yangilanib turuvchi xodisalarki, buni hech qo‘ldan 
bermay doimo shug‘ullanib borish maqsadga muvofiqdir. Bu har bir magistr uchun 
ihtiyoriy zaruriyatga aylanishi hamda xavas, ko‘ngil qo‘yish bilan bajarilib borishi 
talab etiladi. Magistr uchun jahon bozor tajribasini o‘rganib, uni amalda qo‘llab 
borish zarur shartdir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish