298
3-mavzu bo’yicha tarqatma material
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munоsabatlariga asoslangan va ularga xos
iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim
zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda nаmоyоn bo’ldi.
Вirinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti. Bunda ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o’zi-bo’larchilik asosida, maqsadi va
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat,
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan
bozor iqtisodiyoti. Uning xususiyatlari:
- tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo’ladilar;
- kishilar mulk egasi bo’ladi, o’zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo’lib, uni
o’zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
- tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy
munosabatiga asoslanadi;
- tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo’ladilar;
- bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o’z shartini qo’yadi, chunki
рul uning qo’lida bo’ladi;
- bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo’ladi;
- jamiyat a’zolari o’z daromadiga ko’ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi
tajribasi guvohlik beradiki
, insoniyat birdaniga tartibga
solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali
bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur
iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. ХХ asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat
manfaatlari yо ‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Вu jarayоn iqtisodiy tafakkurga
ijobiy ta’sir etib, tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g’oyasini keltirib chiqardi.
Unga аmаl qilgan davlatlarda iqtisodiyot Jadal о’sa boshladi, aholi turmushi,
farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bоzor
munosabatlari iqtisodiyotning yyetakchi shakliga aylanib bordi. Sobiq Ittifoqda esa
hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish,
299
resurslarni markazlashtirilgan tarzda ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida
boshqarish va taqsimlash yо’li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq
farovonligini oshirishga urinib ko’rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o’zini
oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun farovon turmush ham
yaratilmadi. Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha
balo-qazolarga uchradi
,
bunday g’ayri-tabiiy yo’lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo’ldi. Oxir oqibatda
ma’muriy-buyruqbozlik
asosida
boshqariladigan
o’ta
siyosiylashgan,
mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston
iqtisodiyotidagi yangilanish, tub o’zgarishlarni o’rganishga kirishar ekanmiz,
avvalo, mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiyot mеros bo’lib qolganini
tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy
boyliklariga, yer-suv, о’rmоn va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi,
iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan
edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab
chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad
keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank
siyosati yuritishda qaram edi
,
o’zining milliy valutasiga, valuta jamg’armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan
mo’rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo’naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo va
strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi.
Respublika iqtisodiyotida bоy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz
foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, "Qayta qurish" davrida batamom
barbod bo’lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy nаrх-nаvо tizimi, baqiriq-
chaqiriq, o’g’rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy- iqtisodiy muhit meros bo’lib
qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo’yicha boshqa korxonalar bilаn
bog’langan bo’lib, endi ulаr o’rtasidagi aloqalar uzilib, xo’jalik yuritish
murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik
asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O’zbekiston yoqilg’i
va oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta
300
maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o’rnatilishi natijasida
O’zbekiston un, go’sht, sut mahsulotlari va boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari,
xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan
edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan
boshqa
materiallar tashib ketilar
, ularni sotishdan keladigan daromad O’zbekiston
xazinasiga tushmas edi. O’ziga qarashli bo’lgan mablag’ni markazdan dotatsiya
sifatida so’rab, yolvorib olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo’yicha
nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi о’rinlаrdаn biri meros bo’lib qoldi.
Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik
uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir
ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Aholi yerning nihoyat
darajada sho’rlanishi, havoning va Suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv
ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga
duch kelib qolgan edi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra, birgina Orolning
qurib qolgan tubidan yiliga bo’ron tufayli 15-75 million tonna chang-to’zon
ko’tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni ifloslantirardi, aholini turli-
tuman kasalliklarga mubtalo qilardi. "Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni
xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi vа amaliyoti
bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni осhiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir
yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan сhiqqаn iqtisodiyotga ega
bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi".
I. А. Karimov. "O’zbekiston XXI asrga intilmoqda". T., O’zbekiston, 1999, 6-bet.
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zug’um, mutelikdan ozod etdi, o’z yeri,
yer osti
boyliklari
, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralarga to’la
egalik qilish huquqini berdi. O’z hududimizdagi barcha mulk, korxonalar
O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy
taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi. Iqtisodiy mustaqillik
mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o’z davlat
budjetini yaratish va unga to’la egalik qilish, milliy valuta, oltin zaxirasi va valuta
jamg’armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz obodonligi
301
yo’lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik tufayli
ishlab
chiqarish
munosabatlarini
ma’muriy-buyruqbozlik,
markaziy
rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o’tkazish,
jahon xo’jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo’ldi. Davlat mustaqilligi qo’lga
kiritilgach, O’zbekiston umumbаshariy, jahon siyilizatsiyasining katta yo’liga
tushib oldi. O’zbekiston bozor
munosabatlarini shakllantirish
, milliy an’analarga
asoslangan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Chunki turli mаmlakatlardagi bozor
iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germaniyada bo’lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy
Koreyada bo’lsin, baribir umumiy qonunlar bo’yicha rivojlanib borgan holda har
biri o’zining o’ziga xos xususiyatlariga ham ega bo’lgan. Вu xususiyatlar
xo’jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari,
an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O’zbekistonda bozor
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab сhiqildi. Вu yo’lning asosiy
qoidalari Prezident Islom Karimovning "O’zbekiston - bozor munosabatlariga
o’tishning o’ziga xos yo’li" nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma’ruza
va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bаyоn etib berilgan.
Вu yo’lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan,
Respublikamiz xo’jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros
bo’lib qolgan muаmmolar hisobga olindi. “Во yо’l va andaza iqtisodiyoti bozor
munosabatlari
asosiga
qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko’p
asrlik
tajribasiga
, shuningdek O’zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi,
an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |