- Ochiq iqtisodiyot, sog`lom raqobat, ishbilarmonlikva investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; - iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal ri-vojlantirish orqali yangi ish o`rinlarini yaratish; - iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o`sishni ta`minlash; - ‘’yashirin’’ iqtisodiyotga qarshi kurashish, unung hajmini keskin qis-qartirish; - valyuta ayriboshlashni erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; - iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik rejalarni ro`yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.’’ Bozor tizimi resurslarni avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo`naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnalogiyani qo`llashga layoqatli bo`lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko`rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq: mavjud texnologiya, ya`ni mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi resurslarning oqilona uyg`unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflangan hol-da erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o`zgaruvchan bo`ladi: u iste`molchilar, ishlab ch-qarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o`zgarishiga muvofiq holda o`zgaradi. Ayni paytda resurslarni taqsimlashning ancha smarali hisoblangan tizimi vaqt o`tishi bilan iste`molchi didining o`zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o`zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo`lib qolishi mumkin.
Iste`molchi dididagi o`zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta`siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqazo qiladi. Bu o`zgartirish resurlsr bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o`zgarishi, resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o`zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o`zgarishlar moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiytini rag`batlatiradi. Birinchi bo-lib tejamli texnologiyalarni qo`llash korxonaning o`z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta`minlaydi. Ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqachsa xulosa qilinadigan bo`lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida <> degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
Yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to`lovga layoqatli iste`molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
Tovar va xizmatlar to`lov layoqtiga ega, yuqori foyda olish imkoni-ni beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
Yuqori foyda olishni ta`minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar iste`moli va ularning aylanishi Ma`lumki biror-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun bizga albatta turli xil resurslar kerak bo`ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar faqatgina manba, zaxira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta`sir etuvchi omil sifatida qaraladi. Shu sababli, ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar boshqacha qilib aytganda – ishlab chiqarish omil-lari deb ataladi.
Iqtisodiy rasurslar esa, tovar xizmatlari, ya`ni ne`matlar ishlab chiqa-rish uchgun foydalanuvchi barcha, tabiat, inson va inson tomonidan ya-ratilgan resurslar tushiniladi.
Resurslar quyidagi turlarga bo`linadi: