Bozor iqtisodiyoti: mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi Reja


Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat ko`rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik



Download 148,08 Kb.
bet4/11
Sana28.05.2022
Hajmi148,08 Kb.
#612712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tp\'raxonov Hrmatullo2

Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat ko`rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo`jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste`mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo`g`inidir. U ish yuritish uchun o`z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqazo etadi, bu kapi- taldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo`jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat sektori – o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui.
Shuningdek, ba`zi darslik va o`quv qo`llanmalarda bozor iqtisodiyoning yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko`rsatiladi.
Bank – iqtisodiyotning me`yorda amal qilishi uchun zarur bo`lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasi.
‘’Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga kuchaytirmasdan turib, <>dan to`liq halos bo`la olmaymiz’’
Shunday qilib, yuqorida keltirib o`tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining o`zaro ta`siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin.
5.1-rasm. Bozor xo`jaligi subyektlari o`zaro aloqasining umumiy modeli

Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to`rtta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi: narx, talab, taklif va raqobat.
Narxlar nisbati o`zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi zarurligini aniqlashda yo`l ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o`zgarishlar o`z navbatida, narxlardagi o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulkchi-likning ustuvorligi;
-tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-raqobat kurashining mavjudligi;
-davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
-korxona va firmalarning ichki tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni bubelgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikkimturini bir-biridan farq qilishi zarur. Unug birinchi ko`rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g`arbdagi rivojlanagan mamlakatlarda XIX asning oxirirgacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; c) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning shaxsan er- kinligi; d) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; e) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; f) aholining ijtimoiy himoya qilmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishin; g) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma`lum bozor uchun ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko`rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan bu- yon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a)Iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakl- lari, ya`ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo`lida to`planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
c) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisody tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o`r-tasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalari- ni bajaradi;
d) xo`jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi ( biznes rejasi, prognozlash, turli hil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar );
e) ijtimoiy ximoyaning kuchyishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy sug`urta fondlarining vujudga kelishi.
Bunday har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda Tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo`lib xizmat qiladi.

Korporativ iqtisodiyot

Aralash iqtisodiyot

Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti

Mezlar
Hozirgi zamon bozor xo`jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o`zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta`sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etuvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quydagi modellar farqlanadi .
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo`lgan bir qator shart sharoitlar bo`lishi taqazo qiladi. Bular quyidagilar: ilg`or texnologiya va teznik vositalardan keng miqyosda foydalanish, ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modernizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.


Download 148,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish