Mehnat resurslari.
Ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi ishchi va
xizmatchilarga to‘langan haqidan tarkib topadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay
qolganda, ish haqining o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar
darajasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining
ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga
olib keladi.
Kapital.
Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o‘stirib borsa, yalpi taklif
o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Agar jamiyat o‘z daromadining asosiy qismini tejab,
uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Agar
mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi
taklif qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |