Bozor iqtisodiyot, uning shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlari


I.I.BOB Iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari



Download 89,49 Kb.
bet4/10
Sana12.02.2022
Hajmi89,49 Kb.
#445352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bozor iqtisodiyot,uning shakllanishi va rivojlanishi(1)

I.I.BOB Iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.
2.1.Iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodyot barqaror rivojlanishi uchun uning tomonlari o’rtasida ma’lum muvozanat bo’lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar , hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir biriga teng bo’lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham bugun iqtisodiyotning muvozanati to’g’risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki , u o’z ichiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va Tovar taklifi masalalari byudjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek : “…ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan molar salmog’I o’rtasida to’g’ri nisbatni ta’minlash g’oyat katta rol o’ynaydi. Umumiy muvozanatlik jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o’zaro teng kelishini bildiradi.Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida , avvalo yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko’rinadi.Bu nafaqat iste’molchilik ne’matlariga , balki ishlab chiqarish vositalariga , ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqozo qiladi. Birinchidan , bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.Ikkinchidan , iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resusrlarda samarali foydalanadigan xo’jalik maexanizmini taqozo qiladi. Uchinchidan muvozanatlik ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To’rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo’lib, bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resusrslar, ishchi kuchi va hokazolar) da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligini va shu kabi bir qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi. Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to’xtovsiz rivojlanish holatida bo’ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida , bozor konyukturasi, bozor sub’yektlari daromadlari va talabi tarkibida o’zgarishlar ro’y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli holatni turg’un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi. Shunday qilib maddo darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo’jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o’zaro bog’liq va bir’birini taqozo qiladigan muvozanatliklar tizimini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usulda foydalaniladi : 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. Iqtisodiy yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM) iqtsiodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+In) olinadi . Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi –bu ishlab chiqarishning hsunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajminio sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda , sof milliy mahsulot muvozanatlar darajada ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo’ladi. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arish , sarflar-daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa , yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi. Investitsion sarflarning ko’payishi , ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi –bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati

Download 89,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish