Bozor infratuzilmasining tarkibi Ishlab chiqarishining pirovard natijalari faqat qishloq xo`jaligi rivojlanish darajasiga emas, balki uning xizmat ko`rsatish tarmoqlariga ham bog`liqdir. Ishlab chiqarish hajmi o`sishi bilan qishloq xo`jaligida moddiy-texnika resurslari, kerakli xomashyo va yordamchi materiallardan foydalanish hajmi ham oshadi. Xo`jaliklarning elektroenergiyasi, transport, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash joylariga talab oshadi. qishloq xo`jaligining ta`mirlash-texnik xizmatiga, moddiy-texnika ta`minoti tashkilotlariga, muhandislik, zooveterinariya, agroqimyo xizmati va boshqa xizmatlarga bog`liqlik darajasi o`sadi. Bu jarayonda samarali foydalanish va iste`molchiga yetkazib berishni ta`minlaydigan tashkilot va tarmoqlarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tarmoqlar va xizmatlarni iqtisodiyotda infratuzilma deyiladi.
Infratuzilma – ijtimoiy va iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta`minlovchi tarmoq va sanoat majmuidir. U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan realizatsiya orqali ASMning samarali ishlashini ta`minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bo`linmas qismi hisoblanadi. U korxonaning samarali faoliyatini ta`minlaydi va ASMning pirovard mahsuloti miqdoran ko`p va sifatan yuqori bo`lishiga yo`naltirilgan. qishloq xo`jaligi mahsulotining yalpi ishlab chiqarilishi provard natijada tarmoqning ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag`lari, mehnat resurslari bilan ta`minlanganlik darajasi bilan birga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasiga bog`liq. Ular orasida agroqimyo, zooveterinariya, konsultatsiya xizmatlariga katta e`tibor beriladi.
Infratuzilma qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligi o`sishining muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va tayyor mahsulotning o`z vaqtida olib kelinishi xo`jalik aylanmasida bo`lgan resurs hajmini belgilaydi. Sanoatlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur`atda o`sishiga nafaqat qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish mablag`larining miqdoran o`sishi hisobiga, balki mablag` resurslaridan samarali foydalanishni ta`minlaydigan xizmat tizimi tashkil etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o`zgaradi. Bu yerda qishloq xo`jaligining material, resurslar, texnika bilan ta`minoti yo`q. Mavjud bo`gan xizmatlar bazasida ASM korxonalariga moddiy resurslarni realizatsiya qiladigan hissadorlik jamiyatlari va shirkatlar vujudga kelmoqda.
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy maqsadi qishloq xo`jaligi korxonalarini ishlab chiqarishiga xizmat qilish vazifasidan bosqichma-bosqich ozod etishdan iborat. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini oshirish va qishloq xo`jaligining asosiy mahsulotlari sifatan yuqori bo`lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan. Mustaqil ravishda pirovard mahsulotni ishlab chiqarmaydigan tarmoq va xizmatlar ma`lum miqdorda butun ishlab chiqarish samaradorligiga ta`sir etadi. Infratuzilma ASM uchun kadrlar tayyorlash, uni ishchi kuchi bilan ta`minlashga yordam beradi.
Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta`sir ko`rsatmaydi va jamiyat ishlab chiqarishida o`ziga xos o`rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy ko`rsatkichlari bo`yicha turkumlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilma turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun tarmoqlarning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o`rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o`rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko`rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni belgilashda ko`maklashadi.
Infratuzilma elementlarining xarakterini ko`p tomonlama hisobga olgan holda uni konkret xususiyati bo`yicha turkumlash mumkin emas. ASM infratuzilmasi elementlarini quyidagi to`rt xususiyati orqali turkumlashtirish mumkin (2-chizma).
ishlab chiqarish jarayoniga ta`siri darajasi bilan;
hududiy;
tarmoq;
funksional yo`naltirilganligi bo`yicha.
ASM infratuzilmasini ishlab chiqarish jarayoniga ta`siri darajasi bo`yicha quyidagi ikki guruhga bo`lish mumkin: