Bozor infratuzilmasida marketing faoliyati.
Reja:
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
2. Korxona marketing xizmati va uning tashkil qilinishi.
3. Reklamaning ahamiyati va turlari.
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
Korxonalar bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitiga duch keladilar. Bunda boshqaruvning samarali usullarini, shu jumladan marketingni qo‘llab muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi mumkin. Marketing deganda ma’lum darajada foyda olishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan korxonaning ichki tizimi bo‘lib, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘naltirish uchun bozordagi holatni va iste’molchilarning mahsulotga qo‘yadigan talablarini o‘rganish hamda hisobga olishga qaratilgan faoliyatdir. Qisqa qilib aytganda, marketing – bozorni o‘rganish va ishlab chiqarish jarayonini unga moslashtirish bilan bog‘liq faoliyatdir. Marketing so‘zi inglizcha «market» so‘zidan olingan bo‘lib, bozor degan ma’noni anglatadi. Marketingning ahamiyati shundaki, korxonaning butun faoliyati xaridorlar talabining hozirgo holati va uning kelgusidagi o‘zgarish tendensiyasiga qaratilgan bo‘ladi.
Marketingning negizi – bozorni tadqiq qilish bo‘lib, unda tovarni muvaffaqiyatli sotishning barcha shart-sharoitlari tahlili amalga oshiriladi. Bozorni tadqiq qilishning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:
a) talabni o‘rganish. Talabni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- bozor sig‘imini o‘rganish;
- xaridorlarning tovarga qo‘yadigan talablari;
- xaridorlarning sotib olish quvvati;
- bozor talabining rivojlanish istiqbolini o‘rganish.
b) taklifni o‘rganish. Taklifni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- bozordagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni o‘rganish;
- import hisobidan taklifning o‘sish o‘sish imkoniyatlarini o‘rganish;
- ishlab chiqarishning rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganish;
- bozordagi raqobatchi korxonalar faoliyatini o‘rganish.
d) bozorda faoliyat yuritish shart-sharoitlarini o‘rganish. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- savdo faoliyatini tashkil etishning shakl va usullarini o‘rganish;
- tovar harakati sharoitlarini o‘rganish;
- tovarni taqsimlash mumkin bo‘lgan kanallarni o‘rganish;
- bozordagi huquqiy shart-sharoitlarni o‘rganish.
e) korxonaning potensial imkoniyatlarini o‘rganish. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
- mahsulotning raqobatbardoshliligini tahlil qilish;
- korxonaning raqobatbardoshliligini tahlil qilish.
Marketing xizmati vazifalarining asosiy maqsadi korxona to‘la xo‘jalik, sport va tijorat faoliyatini rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishdir. Bundan ishlab chiqaruvchilar ham, mahsulot iste’molchilar ham manfaatdordirlar. Marketing xizmati bo‘limlari o‘zaro jips bog‘langan. Ularning har biri o‘z masalalarini yechadi, bu esa bozor so‘rovini aniqlashdan iste’molchilar talablarini qoniqtirish, sotishni ta’minlash, servis xizmatini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Hozirgi davr marketing konsepsiyasi iste’molchini talabini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar assortimentini belgilash ma’lum maqsadni bozor va raqobatchilar faoliyatini o‘rgangandan so‘ng belgilash mumkin. Yuqoridagi shuni ko‘rsatadiki, marketing konsepsiyasi faqat bozor xususiyatinigina emas, balki mahsulotlar yangi bozorini tashkil etish va xizmatini aniqlash, hosil qilish va talabini boshqarishdan iborat.
Marketing hozirgi davr konsepsiyasi yordamida mutaxassisning ijodiy faoliyatining boshlanishini birlashtiradi. O‘z navbatida marketing ishlab chiqarish imkoniyatlarini mahsulotlarni sotish va xizmat qilishni birlashtiradi, to‘la ishni rejalashtirishga asoslanib xaridorlar foydasini ham e’tiborga oladi, mahsulotni tez harakatiga va xizmat qilishni o‘z o‘rniga qo‘yadi, buning natijasida narxning o‘sishini ta’minlaydi. Agar ishlab chiqarish jarayoni o‘z vaqtida mahsulotni taklif etsa nafaqat talab etilgan joyga yetkazishini ta’minlaydi, balki iste’molchining olgan mahsulotini foydaliligini belgilaydi. Shunday qilib marketing hozirgi davr konsepsiyasida zamonaviy turmushga mos iste’molni hosil qilishdir.
Marketingni boshqarish - marketing hamma elementlariga ta’sir etish jarayonidir, bu o‘z navbatida xaridorlar bilan o‘zaro bog‘liq aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashdan iboratdir.
Marketing faoliyatida samarali natijalarni ro‘yobga chiqarish, asosan, mahsulot, uning narxi va bozorda qay darajada siljishi hamda joylashishidan iborat. Marketing boshqaruvi tashkiliy tizimi - butun organlar tizimi xo‘jalik subyekti oldiga qo‘ygan maqsadga erishishdagi unumli ishidan iborat. Marketingni boshqarish tashkiliy tizimi, ma’lum faoliyat turini alohida ishbilarmon menejer yoki alohida tizimli qismlar orasida taqsimlashni belgilaydi. Marketingni boshqarish funktsional tashkiliy tizimi tizim bo‘g‘inlarining mas’uliyatini ta’minlashni belgilaydi va ularni marketing funksiyasiga bog‘liq ravishda ixtisoslaydi: assortimentni rejalash va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, sport sohasida yutuqlarga erishish, marketing izlanishi, mahsulotning bozordagi harakati, reklama va sotishni rag‘batlantirish, savdo xizmatini tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish. Marketingning asosiy maqsadi - bozorni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish va konyunktura o‘zgarishini oldindan bilish asosida yuqori foyda olishdir. Marketing - bu xaridorning mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabini aniqlash va uni so‘nggi iste’molchiga daromad olish maqsadida sotishni izohlash va tarqatish jarayonidir. Marketing bu sotish bozorlarini yoki talabni bunyod etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |