Xalqaro hisoblaShuvlar banki (XHB) SHveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda etakchi rol o‘ynaydi. XHB Evropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)SHarqiy Evropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va SHarqiy Evropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslaShuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur etkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi.
Xulosalar
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat-milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, Ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va Shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, Ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha keliShuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va Shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi to‘lov balansi krizisini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag‘batlantiradi.
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-texnika ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tuShuntirish, xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.