1-jadval. YAlpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab
chiqarishning o‘sishi1
Ko‘rsatkichlar
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
200441
|
Nominal YAIM, mlrd.so‘m
|
976,8
|
1416,2
|
2128,7
|
3255,6
|
4868,4
|
7469,3
|
9664,1
|
12189,5
|
YAIMning o‘sish sur’ati, %
|
5,2
|
4,4
|
4,3
|
4,0
|
4,2
|
4,2
|
4,4
|
7,7
|
YAIMning aholi jon boshiga o‘sishi, %
|
3,3
|
2,6
|
2,8
|
2,5
|
3,1
|
3,2
|
3,2
|
6,5
|
Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2004 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2004) 2000 yildagi (Y2004)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (2-chizma).
Investitsiya
tovarlari
0 Y2000Y2004 Iste’mol
tovarlari
2-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YAIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YAIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YAIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 7,7% darajasida YAIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o‘sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |