7-chizma. Muvozanatli narx.
Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Bozorning Yuqorida bayon etilgan modeli statik model hisoblanadi, chunki u vaqtning qandaydir qat’iy belgilangan davri (masalan, yil, oy va h.k.)ni o‘z ichiga oladi. Vaqt mobaynidagi uning o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi aloqalar ko‘rib chiqilmaydi.
Modelga talab, taklif va narxning vaqt mobaynidagi o‘zaro bog‘liqligining kiritilishi uning dinamik modelini tashkil etadi. Bunda amaldagi bozor narxi muvozanat narxiga muvofiq kelishi ham, kelmasligi ham mumkin. Umuman olganda, dinamik modelda vaqt o‘tishi bilan talab va taklifning o‘zaro nisbati saqlanib qolgani holda narxning muvozanatga intilishiga ko‘ra 3 xil holat ro‘y berishi mumkin:
1) vaqt o‘tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining kamayib borishi (8-chizma);
2) vaqt o‘tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining o‘sib borishi (9-chizma);
3) narxning muvozanat narxi atrofida tebranib, umuman muvozanatga erishmasligi (10-chizma).
Bu holatlarning grafikdagi ko‘rinishi xuddi o‘rgimchakning to‘ri shaklidagi chiziqlar hosil qilganligi uchun odatda iqtisodiyot nazariyasida uni «o‘rgimchak to‘ri shaklidagi model» deb ataladi.
Birinchi holatni ko‘rib chiqamiz. 8-chizmadan ko‘rinib turibdiki, narxning dastlabki R0 darajasida talab juda past, taklif esa juda Yuqori bo‘ladi, Ya’ni ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini Q0 darajasiga qadar etkazishlari mumkin.
Biroq Q0 miqdoridagi mahsulot bozorda o‘z egasini topmaydi, sababi bunday hajmdagi mahsulotni sotib olishni rag‘batlantirish uchun narx R1 darajaga qadar pasayishi lozim. Narxning R1 darajaga intilishi o‘z navbatida taklif miqdorining ham Q1 darajaga qadar qisqarishiga olib keladi. Q1 miqdordagi mahsulotni sotib olish uchun xaridorlar o‘rtasidagi raqobat uning narxini R2 ga qadar o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday narx darajasida esa ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini Q2ga qadar o‘stirishlari mumkinki, bu o‘sish narxning R3 darajasiga tushishini keltirib chiqaradi. Shunday tarzda narx yo‘nalishining spiralsimon tarzdagi harakati uni pirovardida muvozanat narxi RE ga olib keladi.
P
S
R0 D
P2
PE
P3
P1
S D
0 Q1 Q2 Q0 Q
Do'stlaringiz bilan baham: |