Har bir biznesning boshlanishida bo’lgani kabi bizning tashkilotda ham boshlang’ich faoliyati uchun kichik hajmdagi taklif bilan ish boshlaymiz. Birinchi yilda har bir til kursi uchun o’rtacha 2ta guruh shakllantiriladi.
Bozor hajmi prognozi
Yuqoridagi bo’limlarda takdilab o’tganimizdek bozor hajmi sezilarli darajada kichik va taklif soni va sifati yomon ahvolda.
Mahsulot narxi tahlil
Mahsulot narxiga to’xtaladigan bo’lsak har bir til kursi uchun ma’lum kriteriyalarga asoslanib narx belgilangan. Misol uchun har bir til kursi bozori o’rganilib talab va taklifdan kelib chiqqan holda har bir bosqichdagi qiyinchiliklarni hisobga olib narxlar belgilangan. Narxlar raqobatbardoshlikni saqlagan holda viloyat kesimida ko’rib chiqilgan. Biz taklif qilayotgan mahsulot sifati ham o’z o’rnida bozordagi boshqa raqobatchilarimizning shu narxdagi mahsulotlari sifat ko’rsatkichlaridan yuqorida bo’ladi
R. bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — R. eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi P. — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi R. — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi.
Bunday R. davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi.
Har bir firma oʻz R. faoliyatini R. agentlarini yollash yoki R. xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. R.ning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda R. matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus R. filmlari namoyish etiladi. R.qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida R. harajatlarining hissasi ortib boradi, R. tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va R. maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqgsik, ishonchlilik, R.dan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish R.ga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda R. tayyorlash va tarkatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998 y. 25 dek.) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni R. vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini R. qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi (yana q. Marketing).
Do'stlaringiz bilan baham: |