BOYOVUT -2021
1
MYUNXAUZENNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
Erix Raspe
S.Musayeva, N.To‘rayeva, M.Primqulova
Myunxauzenning boshidan kechirganlari
Erix Raspe
1. Oyga birinchi sayohat
Turkiyada poliz ko‘katlaridan bo‘lgan bir o‘simlikni eslab topdim. U
juda tez o‘sar, hatto ba’zan xuddi osmongacha yetar edi.
Bu Turkiya loviyalari edi. Bir daqiqa ham hayallamasdan, shu
loviyalardan birini ekdim.U shu ondayoq o‘sa boshladi.
U faqat yuqoriga qarab o‘saverdi va tez kunda Oyga chirmashdi!
– Qoyil!!! – dedim-da, shoxlariga tirmashib, yuqoriga chiqaverdim.
Bir soatdan keyin o‘zimni Oyda ko‘rdim. Oyda kumush boltamni
ko‘p axtardim, uni topish oson bo‘lmadi. Oy ham kumush, boltacha
ham kumush rangda bo‘lgani sababli kumushda kumush ko‘rinmas
ekan. Ammo axiyri boltachani bir to‘da chirigan poxol ustidan topdim.
Xursand bo‘lib uni kamarimga qistirib oldim va Yerga qaytmoqchi
bo‘ldim. Biroq ish boshqacha bo‘lib chiqdi: loviyaning poyasi quyosh
issig‘idan qovjirab, uzilib-uzilib
ketibdi. Buni ko‘rgach, qattiq xafa bo‘ldim.
Nima qilish kerak? Nima qilsam ekan? Nahotki men Yerga qaytol-
masam? Nahotki umrim boricha Oyda qolsam? Voy , yo‘q! Aslo
bo‘lmaydi! Noiloj poxol yoniga o‘tirib olib, undan arqon yasay
boshladim. Arqon ko‘ngildagidek uzun bo‘lib chiqmadi, lekin nachora!
Chap qo‘limga bolta-chani, o‘ng qo‘limga arqonni ushlaganim holda
sirg‘alib, pastga tushaverdim.
Tez orada arqon ham tugab qoldi, men bo‘lsam osmon bilan yer
o‘rtasida, havoda osilib qoldim. Bu juda qo‘rqinchli hol edi. Lekin
pisand qilmadim. Uzoq o‘ylab turmasdan, boltachani oldim va
arqonning pastki uchiga mahkam yopishib turib, yuqorigi uchini kesdim
va uni pastki uchiga uladim. Shunday qilib, yerga yaqinlashdim. Lekin
yerga tushishga hali ham anchagina masofa bor edi.
Arqonning yuqori uchini ko‘pgina marta kesib, pastki uchiga
bog‘lashga to‘g‘ri keldi.
Nihoyat , shunday pastladimki, hatto shahardagi uylarni va
saroylarni ham ko‘ra oldim. Yerga hammasi bo‘lib uch yoki to‘rt mil
1
qolgan edi.
Birdan arqon uzilib ketdi. Hash-pash deguncha yerga chirpirak bo‘lib
tushdim. Bir vaqt qarasam, yerga eng kamida yarim mil botib
ketibman.
O‘zimga kelgandan keyin ko‘p vaqtgacha bu chuqurdan qanday
chiqishni bilolmay , esankiradim. Kun bo‘yi hech narsa yemay , ichmay
o‘yladim. Nihoyat, o‘ylab topdim, tirnoqlarim bilan pillapoyachalar yasab,
yer ustiga bazo‘r chiqib oldim. Ha, Myunxauzen hech qayerda qolib
ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |