2. Otlar qo‘ltiqda, arava yelkada
...O‘sha yili qish juda qattiq keldi . Hatto quyosh ham shamollab,
yuzlarini sovuqqa oldirdi, uning ustiga tumov ham bo‘ldi.
Quyosh shamollaganidan keyin, undan issiq o‘rniga sovuq keldi.
Men o‘z foytunimga
2
o‘tirib, naqadar sovqotganimni bir ko‘rsangiz edi.
Ko‘cha tor, ikki tomoni devor . Shu tor ko‘chada o‘zimiz arang
ketayotgan bir paytda, to‘satdan oldimizdan biror arava yoki foytun
chiqib qolib, ishni pachava qilib yurmasin deb, foytunchi xizmatkorimga
surnay chalishni buyurdim. Xizmatkor surnayni qo‘liga olib, kuch bilan
puflay boshladi. Ammo sunray-dan hech bir tovush chiqmadi. Tovushlar
sovuqda muzlab qolgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |