Oltin tarkibli rudalari haqida umumiy ma’lumot
Oltin tarkibli rudalar—tarkibida oltin minerali bo’lgan tabiiy hosilalar, rudalar. Tabiatda 30 dan ortiq oltinli minerallar ma’lum. Undan tashqari, tarkibida oltin bo’lgan boshqa metallar(mis, nikel, qo’rg’oshin, rux, kumush, temir, marganets) ning rudalaridan ham oltin olinadi. Asosiy sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilma tug’ma oltin bo’lsa, boshqa bir qancha turli minerallar: kyustelit (tarkibida 10—20 % Au), kalaverit AuTe2 (40—43% ai), krennerit (Au, Ag)Te2 (40% ai), silvanit (Au,Ag)Te4 (25—27% Au), petsit Ag3AuTe2 (25% Au), kuproaurid AuCu2, rodit Au,Rh, porpetsit Au,Rd, Aurostibit Au,Sb2, maldonit Au2Bi, yutenbogardeit Ag3AuS2 va boshqa dan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |