Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan
yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p.
O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror
rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan
sohalarini
rivojlantirish
, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga
yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon
sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi
xizmati katta.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim
insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi
kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-
yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng,
ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda
tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki
tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi.
1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining
yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan
mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi
faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan
o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni
muddao bo‘ldi.
YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi
tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu
dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot
va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga
qaratilgan.
1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish
olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim
muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda
muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning
barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari
tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-
hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni
qamrab olgan.
YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-
yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish,
ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika
yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan
amalga oshirildi.
Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va
tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror
taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi.
YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy
manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-
quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga
tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera»,
«Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha
mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO
shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy
anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda.
Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot
yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro
instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan
hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini
oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan
tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh
energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda
tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va
O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz
texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy
qilinmoqda.
Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO
davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan
ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga
bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning
ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat,
an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta
obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston
hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning
YuNESKO ro‘yxatiga
kiritilgani
, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z
bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy
madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy
olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon
xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan
izchil va samarali hamkorligi samaralaridir.
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin
Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz,
Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto»
adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari
YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi.
Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil
etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz.
Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan
mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada
mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Unda dunyoning deyarli barcha
hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar
qatnashadi.
YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq
davlatning milliy qadriyatlari
, tamaddun va
madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va
madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona
oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib
kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning
mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish
tarafdoridir.
O’zbekiston YUNESKOga 1993 yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997 yilda Tashkilotga a'zo mamlakatlar
O’zbekiston Respublikasini 4yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv organiga
saylagan. Shu yo’sinda, 2009 yildan 2013 yilgacha O’zbekiston YUNESKOning
Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy ahamiyatga ega
bo’lgan voqyealardan biri, 1998 yil 6-7 noyabr kunlari O’zbekistonda YUNESKO
Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib o’tgan, unga ko’ra Toshkent
deklaratsiyasi “A'zo mamlakatlarda YUNESKOning faoliyati va madaniyati” qabul
qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi uchun muhim bo’lgan,
tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan olimlarning sana va
yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim Mirzo
Ulug’bekning 600-yilligi
• Amir Temurning 660- yilligi
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225- yilligi
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek,
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli
hududlarida 10ta kafedra va YUNESKOning 10ta ijtimoiy-ta'lim markazlari
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday
loyihalar amalga oshirilgan:
• “Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”;
• “Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik
restrukturizatsiyasi”;
• “O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”;
• “O’zbekistonning kulolchilik san'ati”;
• “”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”;
• “O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va
bo’yash o’quv markazlari ochish”;
• “Boysun hududining madaniy merosi”.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BMTNING TA‘LIM, FAN VA
MADANIYAT MASALALARI BO‘YICHA TASHKILOTI (UNESCO) BILAN
O‘ZARO HAMKORLIK MUNOSABATLARI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha
tashkiloti (YUNESKO) 1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida
ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali tinchlik
va
xavfsizlikni mustahkamlashga
, hamda irqi, jinsi, tili va diniga qaramasdan
barcha xalqlar uchun BMTning Nizomida mustahkamlangan asosiy inson
huquqlari va erkinliklarini ta’minlanishiga hissa qo‘shishdir.
YUNESKOning Bosh qarorgohi Parij shaxridada joylashgan.
Tashkilotning Bosh rahbari – O‘dri Azule (Fransiya). 2017-yil oktyabr oyida
tashkilotning bosh anjumanining 39-sessiyasida ushbu lavozimga saylangan.
YUNESKO ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishga qaratilgan dasturlari
orqali faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston YUNESKO bilan 1993-yil 26-oktabrdan buyon hamkorlik qilib
keladi.
YUNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1996-yil 23-apreldan
boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston YUNESKO faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston YUNESKO Ijroiya kengashiga ikki marta saylangan (1997-2001 va
2009-2013 yy.).
O‘zbekiston Respublikasining takliflariga binoan quyidagi tadbirlar YUNESKO
bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda nishonlangan:
- 1994-yil - Mirzo Ulug‘bek tavvaludi 600 yilligi;
- 1996-yil - Amir Temur tavvaludi 660 yilligi;
- 1997-yil - Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi;
- 1998-yil - Imom Buxoriyning 1225 yilligi va Ahmad Farg‘oniyning 1200 yilligi;
- 1999-yil - “Alpomish” eposining 1000 yilligi;
- 2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545 yilligi;
- 2001-yil - “Avesto” ning 2700 yilligi;
- 2002-yil - Tezmiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi;
- 2003-yil - Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;
- 2005-yil - Qarshi shahrining 2700 yilligi va Mamun akademiyasining 1000
yilligi;
- 2007-yil - Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000
yilligi;
- 2009-yil - Toshkent shahrining 2200 yilligi.
O‘zbekistonning YUNESKO bilan o‘zaro hamkorligi chet elda o‘zbek musiqa
madaniyatini ommalashtirish imkoniyati bermoqda.
Jumladan, Samarqand shahrida YUNESKO shafeligida muntazam o‘tkazib
kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bunga yorqin misol bo‘la
oladi.
1995 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda Samarqandda Markaziy Osiyo
tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. Hozirgi kunda institutning 8 ta bo‘linma
va 10 markazi, shuningdek, 34 ta YUNESKOga biriktirilgan maktablari
O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.
O’zbekiston YUNESKOga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997-yilda Tashkilotga a'zo
mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4 yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv
organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009-yildan 2013-yilgacha O’zbekiston
YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy
ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998-yil 6-7-noyabr kunlari
O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib
o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi "A'zo mamlakatlarda YUNESKOning
faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi
uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan
olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim
Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi
• Amir Temurning 660-yilligi
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225-yilligi
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek,
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli
hududlarida 10 ta kafedra va YUNESKOning 10 ta ijtimoiy-ta'lim markazlari
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday
loyihalar amalga oshirilgan:
• "Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”;
• "Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik
restrukturizatsiyasi”;
• "O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”;
• "O’zbekistonning kulolchilik san'ati”;
• "”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”;
• "O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va
bo’yash o’quv markazlari ochish”;
• "Boysun hududining madaniy merosi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |