Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan



Download 317,09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.03.2022
Hajmi317,09 Kb.
#483671
Bog'liq
UNESCO



Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan 
yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. 
O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror 
rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan 
sohalarini 
rivojlantirish
, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga 
yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon 
sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi 
xizmati katta. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim 
insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi 
kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-
yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, 
ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda 
tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki 
tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi. 
1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining 
yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan 
mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi 
faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 
Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan 
o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni 
muddao bo‘ldi. 
YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi 
tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu 
dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot 
va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga 
qaratilgan. 
1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish 
olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim 
muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda 
muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning 
barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari 


tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-
hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni 
qamrab olgan. 
YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-
yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. 
Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, 
ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika 
yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan 
amalga oshirildi. 
Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va 
tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror 
taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi. 
YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy 
manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-
quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga 
tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», 
«Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha 
mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO 
shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy 
anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda. 
Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot 
yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro 
instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan 
hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini 
oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan 
tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh 
energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda 
tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va 
O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz 
texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy 
qilinmoqda. 
Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO 
davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan 


ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga 
bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning 
ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, 
an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy 
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 
Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta 
obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston 
hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning 
YuNESKO ro‘yxatiga 
kiritilgani
, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z 
bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy 
madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy 
olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon 
xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan 
izchil va samarali hamkorligi samaralaridir. 
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin 
Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, 
Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» 
adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari 
YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi. 
Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil 
etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz. 
Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan 
mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada 
mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Unda dunyoning deyarli barcha 
hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar 
qatnashadi. 
YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq 
davlatning milliy qadriyatlari
, tamaddun va 
madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va 
madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona 
oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib 
kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning 
mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish 
tarafdoridir. 


O’zbekiston YUNESKOga 1993 yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu 
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997 yilda Tashkilotga a'zo mamlakatlar 
O’zbekiston Respublikasini 4yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv organiga 
saylagan. Shu yo’sinda, 2009 yildan 2013 yilgacha O’zbekiston YUNESKOning 
Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy ahamiyatga ega 
bo’lgan voqyealardan biri, 1998 yil 6-7 noyabr kunlari O’zbekistonda YUNESKO 
Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib o’tgan, unga ko’ra Toshkent 
deklaratsiyasi “A'zo mamlakatlarda YUNESKOning faoliyati va madaniyati” qabul 
qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi uchun muhim bo’lgan, 
tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan olimlarning sana va 
yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim Mirzo 
Ulug’bekning 600-yilligi 
• Amir Temurning 660- yilligi 
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi 
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225- yilligi 
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi 
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva 
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, 
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari 
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida 
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli 
hududlarida 10ta kafedra va YUNESKOning 10ta ijtimoiy-ta'lim markazlari 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta 
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday 
loyihalar amalga oshirilgan: 
• “Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning 
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros 
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”; 
• “Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik 
restrukturizatsiyasi”; 
• “O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”; 


• “O’zbekistonning kulolchilik san'ati”; 
• “”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”; 
• “O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va 
bo’yash o’quv markazlari ochish”; 
• “Boysun hududining madaniy merosi”. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BMTNING TA‘LIM, FAN VA 
MADANIYAT MASALALARI BO‘YICHA TASHKILOTI (UNESCO) BILAN 
O‘ZARO HAMKORLIK MUNOSABATLARI 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
tashkiloti (YUNESKO) 1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan. 
Tashkilotning asosiy maqsadi adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida 
ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali tinchlik 
va 
xavfsizlikni mustahkamlashga
, hamda irqi, jinsi, tili va diniga qaramasdan 
barcha xalqlar uchun BMTning Nizomida mustahkamlangan asosiy inson 
huquqlari va erkinliklarini ta’minlanishiga hissa qo‘shishdir. 
YUNESKOning Bosh qarorgohi Parij shaxridada joylashgan. 
Tashkilotning Bosh rahbari – O‘dri Azule (Fransiya). 2017-yil oktyabr oyida 
tashkilotning bosh anjumanining 39-sessiyasida ushbu lavozimga saylangan. 
YUNESKO ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishga qaratilgan dasturlari 
orqali faoliyat yuritadi. 
O‘zbekiston YUNESKO bilan 1993-yil 26-oktabrdan buyon hamkorlik qilib 
keladi. 
YUNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1996-yil 23-apreldan 
boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. 
O‘zbekiston YUNESKO faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston YUNESKO Ijroiya kengashiga ikki marta saylangan (1997-2001 va 
2009-2013 yy.). 


O‘zbekiston Respublikasining takliflariga binoan quyidagi tadbirlar YUNESKO 
bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda nishonlangan: 
- 1994-yil - Mirzo Ulug‘bek tavvaludi 600 yilligi; 
- 1996-yil - Amir Temur tavvaludi 660 yilligi; 
- 1997-yil - Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi; 
- 1998-yil - Imom Buxoriyning 1225 yilligi va Ahmad Farg‘oniyning 1200 yilligi; 
- 1999-yil - “Alpomish” eposining 1000 yilligi; 
- 2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545 yilligi; 
- 2001-yil - “Avesto” ning 2700 yilligi; 
- 2002-yil - Tezmiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi; 
- 2003-yil - Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi; 
- 2005-yil - Qarshi shahrining 2700 yilligi va Mamun akademiyasining 1000 
yilligi; 
- 2007-yil - Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000 
yilligi; 
- 2009-yil - Toshkent shahrining 2200 yilligi. 
O‘zbekistonning YUNESKO bilan o‘zaro hamkorligi chet elda o‘zbek musiqa 
madaniyatini ommalashtirish imkoniyati bermoqda. 
Jumladan, Samarqand shahrida YUNESKO shafeligida muntazam o‘tkazib 
kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bunga yorqin misol bo‘la 
oladi. 
1995 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda Samarqandda Markaziy Osiyo 
tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. Hozirgi kunda institutning 8 ta bo‘linma 
va 10 markazi, shuningdek, 34 ta YUNESKOga biriktirilgan maktablari 
O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda. 


O’zbekiston YUNESKOga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu 
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997-yilda Tashkilotga a'zo 
mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4 yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv 
organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009-yildan 2013-yilgacha O’zbekiston 
YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy 
ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998-yil 6-7-noyabr kunlari 
O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib 
o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi "A'zo mamlakatlarda YUNESKOning 
faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi 
uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan 
olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim 
Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi 
• Amir Temurning 660-yilligi 
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi 
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225-yilligi 
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi 
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva 
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, 
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari 
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida 
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli 
hududlarida 10 ta kafedra va YUNESKOning 10 ta ijtimoiy-ta'lim markazlari 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta 
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday 
loyihalar amalga oshirilgan: 
• "Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning 
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros 
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”; 
• "Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik 
restrukturizatsiyasi”; 
• "O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”; 


• "O’zbekistonning kulolchilik san'ati”; 
• "”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”; 
• "O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va 
bo’yash o’quv markazlari ochish”; 
• "Boysun hududining madaniy merosi”. 

Download 317,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish