Botir Zokirov



Download 25,35 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi25,35 Kb.
#415524
Bog'liq
Botir Zokirov


Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978-yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi. B.Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat") qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni" operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi bagʻishlangan "Menga qoʻshiq chizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov "Oʻsha, oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994-yil nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995-yil "Botir Zokirov jamgʻar-masi" tashkil etidi. 1989-yil dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “Oʼzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi 4908-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida, shu kunlarda butun yurtimiz boʼylab betakror ijod sohibi Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi keng nishonlanmoqda.


Milliy estradamiz asoschilaridan biri, zamonaviy oʼzbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targʼib etishda ulkan hissa qoʼshgan sanʼatkor, Oʼzbekiston xalq artisti, Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan sanʼatkorning hayoti va faoliyati, betakror ijodiy merosini yanada chuqurroq oʼrganish maqsadida, joriy yilning 23 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida “Botir Zokirov – oʼzbek va jahon sanʼatining yorqin siymosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Tadbirni Аkademiya “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi boshligʼi podpolkovnik Savriddin Najmiyev kirish soʼzi bilan ochib, XX asrda milliy sanʼatimiz xazinasi Botir Zokirov ijodi bilan yanada boyiganligini, yuksalganligini, ustoz sanʼatkorning nafaqat mamlakatimizda, balki chet davlatlarda ham hanuz xotirlanishini, u kishining qoʼshiqlari hanuz jaranglayshi, qilgan xayrli ishlari esa yashashda davom etayotganligini, shuningdek, xalqimizning sevimli sanʼatkori Botir Zokirovni “Oʼzbek bulbuli” deya taʼriflashganini alohida eʼtirof etdi.
Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati instituti Maʼnaviy-marifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Izzat Matyoqubov, Oʼzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti Vokal kafedrasi oʼqituvchisi Oynisa Yoʼldosheva hamda Аkademiya professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan yoshlarimizning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga jismonan va ruhan sogʼlom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, bolalarda ijodkorlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson boʼlishga intilish tuygʼusini shakllantirishga yuksak eʼtibor qaratilganligi hamda poytaxtimizda Oʼzbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi milliy estrada oliy maktabi, xonanda xotirasiga bagʼishlangan yodgorlik majmuasi va muzeyi barpo etilayotgani borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida podpolkovnik Savriddin Najmiyev tomonidan ulugʼ sanʼatkor, Botir Zokirovning ijod xazinalaridan biri boʼlgan “Rano” qoʼshigʼini maromiga keltirib ijro etilgani, shuningdek, Аkademiya Orkestr boshligʼi podpolkovnik Komil Аbdunabiyev hamda harbiy ansambl xonandasi Muqaddas Muhiddonavalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi. Muxtasar qilib aytganda, betakror ijod sohibi Botir Zokirov milliy estrada sanʼatida oʼzidan yorqin iz qoldirgan, vatan taqdiri uchun qaygʼurgan ulugʼ sanʼatkorlardan biridir. Аlbatta, bugungi kun yoshlari, ustozlarning samimiyatidan, mahoratidan ibrat olib, oʼz isteʼdodlarini namoyon qilishlari zamirida ulkan maʼno mujassamdir.
Download 25,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish