Masalalar
Gorizontal yorug‘lik nuri vertikal joylashgan ko‘zguga tushadi. Ko‘zgu o‘z o‘qi atrofida α burchakka buriladi. Qaytgan nur qancha burchakka buriladi?
Botiq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 20 sm. Ko‘zgudan 30 sm uzoqlikda balandligi 1 sm bo‘lgan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.
Agar buyum egrilik radiusi 40 sm bo‘lgan qavariq sferik ko‘zgudan 30 sm uzoqlikka joylashtirilgan bo‘lsa, ko‘gudagi buyumning tasviri qanday masofada hosil bo‘ladi? Buyum 2 sm kattalikda bo‘lsa, tasvirning kattaligi qanday bo‘ladi? Hisoblash millimetrli qog‘ozda grafik yo‘l bilan tekshirilsin.
Qavariq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 60 sm. Ko‘zgudan 10 sm uzoqlikda balandligi 2 sm keladigan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.
Egrilik radiusi 40 sm bo‘lgan botiq sferik ko‘zguda natural kattaligining yarmicha keladigan haqiqiy tasvir olinmoqchi. Buyumni qayerga qo‘yish kerak va tasvir qayerda olinadi?
1) Qizil yorug‘lik nurlari (λ=7∙10-5 sm), 2) rentgen nurlari (λ=0,25 Ǻ) va 3) gamma – nurlari (( λ=1,24∙10-2 Ǻ) fotonining massasini toping.
Fotonga muvofiq keladigan to‘lqin uzunlik 0,016 Ǻ bo‘lsa, uning energiyasi, massasi va harakat miqdorini toping.
Simob yoyining quvvat 125 Vt. Quyidagi to‘lqin uzunlikka ega nurlanishdan har sekundda necha kvant yorug‘lik chiqadi: 1) λ=6123Ǻ, 2) λ=5791Ǻ, 3) λ=5461Ǻ, 4) λ=4047Ǻ 5) λ=3655 Ǻ 6) λ=2537Ǻ? Bu chiziqlarning intensivligi mos holda 1) 2%, 2) 4%, 3) 4%, 4) 2,9%, 5) 2,5% va 6) 4% ga teng. 80 % quvvat nurlanishga ketadi deb hisoblansin.
Elektronning kinetik energiyasi to‘lqin uzunligi λ=5200Ǻ bo‘lgan foton energiyasiga teng bo‘lishi uchun elektron qanday tezlik bilan harakat qilishi kerak?
Elektronning harakat miqdori to‘lqin uzunligi λ=5200Ǻ bo‘lgan fotonning harakat miqdoriga teng bo‘lishi uchun u qanday tezlik bilan harakat qilishi kerak?
Foton massasi tinch turgan elektron massasiga teng bo‘lishi uchun uning energiyasi qancha bo‘lishi kerak?
Monoxromatik fotonlar dastasini t=0,5 min vaqt ichida S=2 sm2 maydonchadan olib o‘tadigan harakat miqdori Pф=3∙10-4 g·sm/sek. Bu dasta uchun maydon birligiga vaqt birligida tushadigan energiyani toping.
Ikki atomli gaz molekulasining kinetik energiyasi qanday haroratda to‘lqin uzunligi λ=5,89∙10-4 mm bo‘lgan foton energiyasiga baravar bo‘ladi?
Yuqori energiyalarda rentgen va gamma – nurlanish dozalarini rentgen bilan o‘lchash uchun sharoit vujudga keltirish qiyin bo‘lganligidan, GOST 8848-63 da kvantlar energiyasi 3 MeV gacha bo‘lgan nurlanishlar uchun rentgendan doza birligi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Rentgen nurlanishining qanday chegaradagi to‘lqin uzunligiga rentgen o‘lchov birligini qo‘llash mumkinligini aniqlang.
Harakat miqdori 200C haroratdagi vodorod molekulasining harakat miqdoriga teng bo‘lgan foton massasini toping. Molekula tezligini o‘rtacha kvadrat tezlikka baravar deb hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |