Ботаника ва ўсимликлар физологияси


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза

БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
10
tadqiqot obyekti sifatida foydalanila boshlangan. 
Agar, Acetabularia o‘simlik turining qalpoq qismi olib tashlansa, u holda ma’lum 
vaqtdan keyin olingisiga aynan o‘xshash qalpoq qismi shakllanishi kuzatiladi. Ma’lumki, 
biologik organizmlarning bu ko‘rinishda tana qismlarini qayta tiklash jaraѐni – 
regeneratsiya deb nomlanadi. Biologik tadqiqotlarda agar, ushbu o‘simlik turining qalpoq 
qismi boshqa turdagi o‘simlikka ko‘chirib o‘tkazilsa, u holda regeneratsiya jaraѐni qanday 
amalga oshishi ustida tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, A. mediterranea turining qalpoq 
qismi A. crenulata turining poya qismiga ko‘chirib o‘tkazilgan va qalpoq qismi olib 
tashlangan holatda qayta tiklangan qism aynan, A. crenulata turinikiga o‘xshash 
hisoblanishi aniqlangan. Bunda qayta tiklangan qalpoq qismi yana qaytadan olib tashlansa, 
u holda regeneratsiyadan keyin shakllangan qism A. mediterranea turiga o‘xshash 
morfologik shaklga ega bo‘lishi qayd qilinadi. Regenarsiya jaraѐni qancha vaqt davom 
etishidan qat’iy nazar, qayta tiklangan o‘simlikning tana qismi A. mediterranea turiga 
o‘xshash morfologik shaklga ega bo‘lishi kuzatiladi. Demak, hujayra yadrosi tarkibida 
mavjud tarkibiy qism organizmning belgilarini boshqarishda ishtirok etishi haqida xulosa 
chiqarilgan. Hujayra yadrosi tarkibida mavjud ushbu tarkibiy qism o‘simlik tana 
qismlarining qanday morfologik shaklda rivojlanishini belgilab berishi, jumladan 
regeneratsiya jaraѐnida qanday shakl shakllanishini ta’minlashi qayd qilingan. 
Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar davom ettirilishi natijasida, keyinchalik hujayra 
yadrosi tarkibida mavjud bo‘lgan genetik axborot organimning barcha morfo – funksional 
xossalarini belgilab berishi va avloddan – avlodga uzatilishida ishtirok etishi aniqlangan. 
Jumladan, RNK va DNK makromolekulalari asosida hujayralarda irsiy axborotlarning 
avloddan–avlodga uzatilish mexanizmlariga oydinlik kiritilgan. 
 
Hujayraning asosiy qismini sitoplazma tashkil qiladi. Uni hujayra devori o‘rab 
turadi. Hujayra devori tufayli u ma’lum shaklga ega bo‘ladi. Hujayra devori ikki qavatli 
fosfolipidlardan tashkil topib, lipid molekulalari gidrofil va gidrofob qismlardan iborat. 
Hujayra membranasining qalinligi 78nm ga teng, uning ichki qismini sitoplazma 
to‘ldirib turadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, dastlabki tadqiqotlarda foydalanilgan 
mikroskoplarning konstruksiyasi nisbatan oddiy tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, 
o‘simlik hujayralarining strukturasi bir jinsli moddadan tashkil topganligi haqida xusola 
chiqarilgan. Biroq, mikroskop konstruksiyasi takomillashtirilgandan keyingi davrlarda 
amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida esa – o‘simlik hujayralari tarkibida ko‘p sondagi 
tuzilmalar – organellalar joylashganligi aniqlangan. Elektron mikroskopning kashf 
qilinishi natijasida juda kichik o‘lchamga ega bo‘lgan o‘simlik hujayrasi organellalarining 
nozik tuzilishiga oydinlik kiritilgan11. 
O‘simlik to‘qimalari tarkibida har bir hujayra xuddi bir butun ishlab chiqarish 
fabrika kompleksi kabi funksiya bajaradi, ya’ni hujayrada moddalarning sintezlanishi, 
kerakli sohaga tashilishi, o‘zaro signal tizimi orali bog‘lanish amalga oshirilishi, hujayra 
uchun keraksiz moddalarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishini ta’minlovchi mikro–
tizimlar majmuasi funksiya bajaradi. Ushbu murakkab tizim tarkibida hujayra 
organellalarining har biri o‘ziga xos spetsifik funksiya bajarilishini ta’minlaydi. 
Jumladan, hujayrani tashqi muhit bilan chegaralab turuvchi plazmatik membrana – 
bevosita hujayra ichki muhitini tashqi muhit bilan chegaralab turishidan tashqari, tashqi 
muhit bilan o‘zaro axborot va modda almashinuvini ta’minlaydi. Plazmatik membrana 
birinchi navbatda fizik to‘siq vazifasini bajaradi, shuningdek plazmatik membranada 
joylashgan transport tizimlari funksiyasi orqali tashqi muhit bilan modda almashinuvchi 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish