Botanika” kafedrasi G. f f. d dotsent V b. Sh. T. Yakubjonova



Download 179 Kb.
bet15/18
Sana01.01.2022
Hajmi179 Kb.
#293356
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
26579 answer 2 5332303959291858771(1)

Javoblar

1-topshiriq

1.Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvch omilga cheklovchi omil deyiladi.Oranizmlarga ta’sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo’lishi mumkin.Chunonchi,hayvonlar va o’simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishiissiqning yetishmasligi natijasida janubga tarqalishi esa,namlikning yetishmasligi tufayli kechadi.Demak,organizmlarning dhimolgs tarqalishida cheklovchi omil bo’lib harorat hisoblansa,aksincha janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir.


Ekotizimlarni rivojlanishi yoki rivojlanish bo’lmasligi nafaqat ayrim omillarni ko’pligi yoki yetishmasligini (issiqlik, yorug’lik, suv), balki organizmni ekologik minimum va maksimum xususiyatlariga bog’liqdir.Moddalar ko’p miqdorda yoki oz miqdorda bo’lsa, bu organizm uchun yomon oqibatlarga olib keladi.Ana shu ikki miqdor orasida tolerantlik chegarasi yotadi. Ana shu maksimum va minimum omillar orasida organizm me’yorida rivojlanadi. Tolerantlik qonunini 1913 yili V. SHelford quyidagicha ta’riflagan:

1. Tirik organizm juda katta miqdorda va katta diapazonda tolerantlik xususiyatlariga egadir;

2. Agar bitta ekologik omil organizmga yoki turga optimal bo’lmasa boshqa ekologik omilga tolerant bo’ladi.

3. Tabiatda ko’pincha organizmga sharoit optimal bo’lmaydi.

4. Organizm ko’payish davrida kritik holatlarda bo’ladi, ko’p holatlarda esa ko’p omillarni cheklovchi bo’ladi.

Tirik organizmlar yashash sharoitini o’zgartiradi, sababi tashqi omillarni cheklovchi xususiyatini chegaralash uchun.Keng geografik sharoitlarga organizmni moslashishi, adaptatsiya hosil bo’lishi, mahalliy sharoitda ekotiplar yoki bitta xususiyatli ekotiplar hosil bo’ladi.


2. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson Yer yuzida paydo bо‘libdiki, u tabiatdan, uning unsur va boyliklaridan foydalana boshlagan. Buyuk allomalarimiz tо‘rt unsur: suv, tuproq, olov, havodan foydalanish, uning musaffoligini saqlash, inson organizmiga ularning ta’siri kabi masalalarni qator ilmiy asarlarida ta’kidlab о‘tganlar. Vujudga kelgan vaziyat о‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi.

O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan allomalardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar[10]. Ular hali ekologiya fani atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni ezozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Ekologik madaniyat, Markaziy Osiyo hududiy tub xalqlari ongida to’la mujassam bo’lgan, to’g’ri u vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizasiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo’lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo’lgan. Odamlar orasida “savob”, “uvol”, “qarg’ish”, “harom”, “birovning haqi”, “tarozidan urma”, “o’g’irlik qilma”, “sutga suv qo’shma”, “hayvonlarga ozor berma”, “suvga supirindi tashlama”, “nonning uvog’i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki, ayrim yoshlarimiz bular to’g’risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham o’sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat ne’mati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati, biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab-asrashimiz lozim, deyiladi. Xalq tabiat noz-nematlariga, daraxt, buta, o’t o’simliklari, hayvonot olami, suv, havo,tuproq, zamin, non, oziq-ovqat va boshqa shu kabilarni zo’r ehtirom bilan hurmat qilgan[13]. Ozodalikka katta ahamiyat berilgan, axir Vatan ostonadan boshlanadi, deyilganidek har kuni hovli, ko’cha, eshik oldi supurilar va suv sepib nuragan joylar muntazam tamirlanib turilgan. Darhaqiqat, xalqimizning qadimgi urf-odatlari, an’analari, tabiat to’g’risidagi katta ma’noga ega bo’lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib, undagi tavsiyalarga itoat qilib kelingan, bundan buyon ham ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga kattada hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz, yoshlarga bular to’g’risida tez-tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz ham farzdir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ekologik madaniyatni tarkib toptirishning ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Ulardan geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida foydalanish geografiya fani o’qituvchisidan yuksak pedogogik maxorat, kuch, bilim, ijodiy izlanish talab etadi. Milliy qadiriyatlarimiz orqali, o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish nafaqat o’quvchilarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalaydi, balki ularda milliy-g’urur, milliy-iftixor tuyg’ularna ham shakillantiriladi, ota-bobolarimizdan qolgan qadiriyatlarimizga xurmat ruxida tarbiyalanadi. O’zbekiston respublikasida istiqlolga erishganidan so’ng tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilish ishiga ayniqsa, juda katta e’tibor berildi. Tabiatni muhofaza qilish xozirgi kundagi zamondagi eng dolzarb muammolardan biri, inson bilan tabiat o’rtasidagi va tabiat bilan inson o’rtasidagi, jamiyat bilan tevarak atrofdagi muxit o’rtasidagi muammoning tarkibiy qismidir. Muammoning mohiyati shundaki, tabiat eng avvalo, inson uchun qo’riqlanishi kerak. Inson tabiat bilan har doim bir butunni tashkil qilgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi tabiiy muhitga juda katta ta’sir qilib kelgan. Kishining tabiatga ta’siri, uning mexnat faoliyati bilan bog’liq, yani kishilar tabiatga o’z mehnatlari orqali ta’sir ko’rsatadilar, o’z mexnatlari bilan tabiatni o’zgartiradilar. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz–boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin[2]. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan

3. Ozbekiston oz yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va madan namoyon bolgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini oz ichiga oladi. Shundan 60 dan ortigi ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bolib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib otish kerak. Goyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz boyicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar boyicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar boyicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi boyicha 15 ta kon qidirib topilgan. Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qorgoshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning kopaytirish istiqbollari boyicha nafaqat MDH mamlakatlari ortasida, balki butun dunyoda yetakchi orinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari boyicha Ozbekiston dunyoda 4-orinda, uni qazib chiqarish boyicha 7-orinda turadi. Ozbekistonning komir zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin.




Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish