14. Loladoshlar, bug’doydoshlar va piyozdoshlar oilalari
1. O`zbekiston hududida nechtaga yaqin bir urug` pallalilarga doir tur uchraydi?
a) 4000
b) 240000
c) 3700
d) 800
2. Quyidagi o’simliklar qaysi oilaga mansubligini aniqlang?
1 . matur 2. olg’i 3. xolmon 4. kovrak
a. loladoshlar b. piyozdoshlar c. ziradoshlar d.ra’nodoshlar
a) 1-b: 2-a: 3-a: 4-c
b) 1-c: 2-a: 3-d: 4-b
c) 1-b: 2-a: 3-c: 4-d
d) 1-c : 2-b: 3-a: 4-b
3. Qaysi oilaga mansub o`simliklarda changchisi oltita (1) va o`nta (2) bo`lishi mumkin?
a) ra’nodoshlar
b) burchoqdoshlar
c) karamdoshlar
d) loladoshlar
e) bug`doydoshlar
f) sho`radoshlar
a) 1 – c, d, e 2 – b
b) 1 – b 2 –c d, e
c) 1 – c , d, e 2 – a , b , f
d) 1 – a , c, f 2 – b , d, e
4. O`zbekistonda boychechak turkumining nechta turi o`sadi?
a) 30 ta
b) 16 ta
c) 20 ta
d) 25 ta
5. Bir urug` pallali o`simliklarga mansub bo`lgan guruhni aniqlang.
a) no`xat, bug`doy, sholi, g`o`za
b) beda, yeryong`oq, arpa, makkajo`xori
c) arpa, sholi, lola, makkajo`xori
d) terak, loviya, karam, baqlajon
6. Ko`sak va rezavor mevalar qaysi oila uchun xos ?
1. burchoqdoshlar 2. loladoshlar 3. qoqio’tdoshlar 4.karamdoshlar 5. ituzumdoshlar
a) 1.2
b) 2.3
c) 3.4
d) 2.5
7. Qaysi oilaga mansub o`simliklar bir yoki ko`p yillik, gulqo`rg`oni oddiy, tojisimon, changchisi 6 ta, urug`chisi bitta, mevasi ko`sakcha,manzarali o`simliklar hisoblanadi?
a) loladoshlar
b) qoqio’tdoshlar
c) tokdoshlar
d) ra’nodoshlar
8. Gulqo`rg`oni oddiy, mevasi rezavor va ko’sak bo`lgan oilani belgilang.
a) tokdoshlar
b) bug`doydoshlar
c) qovoqdoshlar
d) loladoshlar
9. Qaysi oila vakillarining changchilar soni 3 ta yoki 6 ta?
a) karamdoshlar
b) gulxayridoshlar
c) boshoqdoshlar
d) dukkakdoshlar
10. Piyozdoshlar oilasini gul formulasini belgilang.
a) Og3+3 Ch3+3 U1
b) Og3+3 Ch3+3 U(3)
c) Og3+3 Ch3+3 U(5)
d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5)
11. Manzarali piyoz turini belgilang
a) oshanin piyoz
b) nor piyoz
c) matur
d) qum piyoz
12. Poyasida kambiy bo’lmaydigan o’similikni aniqlang.
a) na’matak
b) terak, javdar
c) tariq, bug’doy
d) g’o’za, nok
13. Piyozdoshlar oilasiga oid iste’mol qilinadigan(I) va xushmanzara(II) turlarni belgilang.
1. pskom piyoz 2. qo’shbarg piyoz 3. gul piyoz 4. nor piyoz
a. I-2.4 II-1.3
b. I-1.3 II-2.4
c. I- 2.3.4 II-1
d. I-1 II-2.3.4
14. Piyozning xushmanzara turini aniqlang ?
a) pskom piyoz b) oshpiyoz c) qumpiyozi d) suvorov e) norpiyoz f) qo`shbargli piyoz
a) d, e, f
b) a, d, f
c) b, c, e
d) a, d, c
15. Qaysi oila vakillarida to`pguli yoshligida qobiq bilan o`ralgan bo`ladi?
a) qovoqdoshlar
b) shuvoqdoshlar
c) piyozdoshlar
d) tokdoshlar
16. Iste’mol qilinadigan, tabiiy holda o’sadigan piyoz turlarini aniqlang.
a) pskom piyozi b) oshanin c) qum piyoz d) suvorov e)nor piyoz f) qo’shbarg piyoz
a) a,b,c
b) b,c,e
c) a,d,f
d) d,e,f
17. Qaysi oila vakillari Avstraliyada uchramaydi
a) qovoqdoshlar
b) shuvoqdoshlar
c) piyozdoshlar
d) tokdoshlar
18. Loladoshlar oilasiga masub qancha tur o’simliklar O’zbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?
a) 23 ta
b) 10 ta
c) 25 ta
d) 2 ta
19. Piyozlardan qancha tur vakillari O’zbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?
a) 23 ta
b) 10 ta
c) 25 ta
d) 2 ta
20. Qaysi piyoz dorivorlik xususiyatiga ega?
a) suvoriy piyoz
b) matur piyoz
c) nor piyoz
d) osh piyoz
21,Qaysi oila vakillari uchun ko’sakcha meva xos emas?
1. loladoshlar 2. ra’noguldoshlar 3. ziradoshlar
4. gulxayridoshlar 5. tikdoshlar 6. ituzumdoshlar
a) 2,4,5
b) 1,2,4,5
c) 2,3,5
d) 1,2,3,4
22. Respublikamizda lolalarning bir necha xil turi uchraydi. Ular bir-biridan qaysi belgilari bilan farq qiladi?
1) gulining rangi; 2) bargining shakli; 3) mevasining shakli; 4) piyozboshning shakli; 5) meva turi; 6) urug`ining tuzilishi.
A) 1, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 5, 6
D) 2, 3, 5, 6
23. 32 turkum 750 tur qaysi oilaga tegishli?
A) ituzumdoshlar
B) piyozdoshlar
C) tokdoshlar
D) loladoshlar
24. Qaysi oila vakillarining poyasi kambiysiz, yo'g'onlasha olmaydi?
A) bug'doydoshlar, loladoshlar
B) sho'radoshlar, karamdoshlar
C) ziradoshlar, qovoqdoshlar
D) tokdoshlar, bug'doydoshlar
25. Quyidagi o'simliklardan qaysi birlari piyozdoshlar oilasining manzarali vakillari hisoblanadi?
A) nor piyoz, gul piyoz, cho'chqaquloq piyoz
B) qum piyoz, osh piyoz, sarimsoq piyoz
C) anzur piyoz, Pskom piyozi, bosh piyoz
D) Suvorov piyoz, mador piyoz, osh piyoz
26.Boychechak... bilan lolaga o'xshaydi.
A) guli va mevasining tuzilishi
B) piyozboshi va bargining shakli
C) gulining rangi va to'pgulining tuzilishi
D) ildizi tuzilishi va ko'sak mevasining bir urug'li bo'lishi
27. Og3+3Ch3+3U1 gul formulasi qaysi oilaga tegishli?
A) soyabondoshlar
B) piyozdoshlar
C) ziradoshlar
D) bug'doydoshlar
28.Olg’i qaysi oilaga mansub?
A) loladoshlar
B) ziradoshlar
C) piyozdoshlar
D) ituzumdoshlar
29. Qaysi o'simlik oila vakillarining changchilari 3 ta, 2 ta yoki 6 ta. Urug'chisi 1 ta, tumshuqchasi 2-3 ta bo'lib, patsimon shoxlangan bo`ladi?
A) qovoqdoshlar
B) bug'doydoshlar
C) loladoshlar
D) piyozdoshlar
30. Qaysi o'simlikning gulkosachabarglari rivojlanmagan, gultojbarglari 5 ta, bir-biri bilan qo'shilgan, changchilari 5 ta, qo'shilgan, urug'chisi 2 ta, urug'chi bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan?
A) oddiy lavlagi
B) xarduma
C) osh piyoz
D) sachratqi
31. Quyidagi o’simliklardan qaysi birining mamlakatimizda eng ko’p turi tarqalgan?
A) lola
B) bo’ritaroq
C) qo’ng’irbosh
D)ituzum
32. Qaysi oila vakillarining to’pguli bo’lmaydi?
A) ziradoshlar
B) loladoshlar
C) boshoqdoshlar
D) ituzumdoshlar
33. Quyidagi Og3-3 Ch3-3 U1 gul formula qaysi o’simlikka tegishli?
A) shivit
B) matur
C) liftok
D) olg’i
34. Gulbandi gulqo’rg’onidan bir necha marta uzun, gulqo’rg’oni yulduzsimon bo’lib, oqish-yashil rangli bo’lgan o’simlik qaysi oilaga taalluqli?
A) loladoshlar
B) soyabonguldoshlar
C) piyozdoshlar
D) murakkabguldoshlar
35. Og(2)+2Ch3,6U1 gul formulasi qaysi o’simliklarga tegishli?
A) qo’shbarg, tak-tak1
B) xarduma, bug’doy
C) matur, olg’i
D) donasho’r, baliqko’z
36. Yovvoyi holda o’sadigan olg’i va xolmonlar gulli o’simliklarning qaysi oilasiga mansub?
A) moychechekdoshlar
B) loladoshlar
C) suttikandoshlar
D) ra’noguldoshlar
37. Quyidagi o’simlik oilalardan qaysilarining O’zbekistan “Qizil kitobi”ga bittadan turi kiritilgan?
A) bug’doydoshlar, ra’nodoshlar
B) gulxayridoshlar, piyozdoshlar
C) murakkabguldoshlar, qovoqdoshlar
D) ituzumdoshlar, tokdoshlar
38. Berilgan yem-xashak o`simliklarini ularning oilalari bilan juftlang.
1) shuvoq; 2) yantoq; 3) beda; 4) sebarga; 5) izen; 6) teresken; 7) bangidevona; 8) javdar; 9) burchoq; 10) keyreuk; 11) donashor; 12) cho`g`on; 13) qo`ng`irbosh; 14) xarduma; 15) tritikali; 16) mingdevona; 17) saksavul;
a) burchoqdoshlar oilasi; b) bug`doydoshlar oilasi; c) sho`radoshlar oilasi; d) ituzumdoshlar oilasi
A) a-3,4,9; b-8,13,14; c-5,6,10,11,17; d-7,16
B) a-3,5,9; b-1,8,11,13,15; c-2,10,12; d-7,16
C) a-2,3,4; b-13,14,15; c-6,10,11,12,17
D) a-1,2,3,4,9; b-12,13,14; c-5,6,8,11,15
39. Yopiq urug’lilarga xos hususiyatlarni belgilang.
1) chang hujayrasi bor; 2) tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; 3) tux hujayra murtak xaltada yetiladi; 4) urug’I qubbada yetiladi; 5) urug’I meva ichida yetiladi; 6) qo’sh urug’lanish kuzatiladi; 7) gul hosil qigan bo’ladi; 8) bennetit turkumini o’z ichiga oladi
a) 1,3,5,6,7
b) 1,3,4,6
c) 1,2,4,8
d) 2,5,7,8
40. Quyidagilarni eng kichik sistematik guruhdan eng katta sistematik guruhga qarab to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
1) qoqio’tdosh 2) zangori sachratqi 3) suttikandosh 4) magnoliyasimon 5) moychechakdosh 6) ikki urug’pallali 7) sachratqi 8) bir urug’pallali 9) magnoliyatoifa
a) 2,5,3,8,9
b) 2,7,3,1,4,9
c) 2,7,3,5,6,9
d) 2,5,1,4,6,9
41. Urug’chisi 1 tumshiqchasi 2-3 ta bo’lib patsimon shoxlangan oilani ko’rsating?
A) Ituzumdoshlar
B) Burchoqdoshlar
C) Gulxayridoshlar
D) Bug’doydoshlar
42 Quyidagilardan qaysilar iste’mol qilinadi?
a) ravoch; b) ismaloq poyasi va bargi; c) qo’noq mevasi; d) liftok mevasi; e) qum piyoz; f) nor piyoz
a) a,b,c,f
b) a,e,f
c) f,b,c,e
d) b,c,d,e
43. Quyidagi javoblardan qaysi biri noto’g’ri keltirilgan?
a) bo’znoch-murakkabguldoshlar
b) matur-piyozdoshlar
c) oloy hiyoli-ituzumdoshlar
d) tirnoqgul-burchoqdoshlar
44. Piyozning qaysi turi tabiy holda o’sadi?
A) cho’chqaquloq piyoz
B) suvarov piyoz
C) matur piyoz
D) nor piyoz
Do'stlaringiz bilan baham: |