Gulxayridoshlar, burchoqdoshlar, ituzumdoshlar oilasi
1. Mevasi dukkak bo`lgan o`simlikni aniqlang.
a) bo`ritaroq
b) matur piyoz
c) qarg`atirnoq
d) astragal
2. Qizil sebarganing dukkagi va urug`iga xos hususiyatni belgilang.
a) dukkagi 3 – 4 urug`li, uzunchoq 1 – 2 sm, urug`i jigarrang silliq, loviyasimon, kattaligi 0.5 – 1 sm
b) dukkagi ko`p urug’li, yumaloq, 1.5 – 2 sm, urug`i silliq, buyraksimon, kattaligi 1 – 1.8 sm
c) dukkagi bir urug`li, uzunchoq – tuxumsimon ,
uzunligi 1.5 – 2 mm, urug`i sariq, yoki jigarrang, silliq, yumaloq, kattaligi 1.5 – 2 mm
d) dukkagi 8 – 10 urugli, uzunchoq, uzunligi 2.5 – 3.5 sm urug`i jigarrang, ovalsimon, kattaligi 2.5 – 3.5 sm
3.Qon ketishni to’xtatadigan o’simliklar guruhini belgilang.
a) cherkez, saksovul
b) mingidevona, bangidevona
c) jag’-jag’
d) sebarga, yantoq
4.Qaysi o’simlikning bargi,guli,urug’idan xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida foydalaniladi?
a) andiz
b) shuvoq
c) tugmachagul
d) gulxayri
5 Vatani Braziliya bo`lgan o`simlikni aniqlang?
a) nok
b) yeryong`oq
c) shaftoli
d) oqqutay
6.Flora …
a) ma’lum bir hududda tarqalgan o`simliklar turlari majmuasi
b) ma’lum bir hududdagi o`simlik va hayvon turkumlari majmuasi
c) bir – biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik
d) bir – biriga yaqin turlar majmuasi
7. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi o`simliklar guruhi hukmron hisoblanadi?
a) ochiq urug`lilar
b) yopiq urug`lilar
c) yovvoyi o`simliklar
d) madaniy o`simliklar
8. Oksitrops va tangao`t o`simliklari qaysi oilaga kiradi?
a) burchoqdoshlar
b) loladoshlar
c) gulxayridoshlar
d) qoqio’tdoshlar
9.Haqiqiy gul qaysi o’simlik guruhi uchun xos?
a) yopiq urug’lilar
b) ochiq urug’lilar
c) suvo’tlarga
d) zamburug’larga
10.Yopiq urug’li o’simliklarning boshqa o’simlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo’lishi sabablarni ko’rsating.
1. urug’idan ko’payishi; 2.turli yo’llar bilan changlanishi; 3.qo’sh urug’lanishi; 4.urug’ining meva ichida yopiq bo’lishi; 5.ko’pchiligida urug’ining meva orqali tarqalishi; 6.urug’lanishning suvga bog’liqligi;
a) 1.2.3.4
b) 2.3.4.5
c) 1.3.5.6
d) 1.4.5.6
11. O`simliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma – ketligini aniqlang ?
a) tur, avlod, oila, turkum, bo`lim
b) tur, turkum, avlod, bo`lim, oila
c) tur, turkum, oila, sinf, bo`lim
d) tur, oila, avlod, turkum, bo`lim
12. O`simliklar sistematkasining to`g`ri keltirilgan qatorini belgilang?
1 tur 2 oila 3 sinf 4 turkum 5 bo`lim 6 o`simliklar olami
a) 1.2.3.4.5.6
b) 1.3.2.6.5.4
c) 1.4.2.3.5.6
d) 1.5.3.2.4.6
13. Quyida berilganlardan qaysi biri yopiq urug`li o`simliklardan tashqari hech qaysi o`simliklar bo’limida yo`q ?
a) to`qimalarda oziq moddani to`planishi
b) ildiz, barg, poyalarda asosiy to`qimaning bo`lmasligi
c) ildiz, poya, barglarda o`tkazuvchi to`qimalar uzun, yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iboratligi
d) ildiz, poya, bargda oziq moddaning harakatlanishi
14. Ikki urug`pallali o`simliklar gulqo`rg`oni bir urug` pallali o`simliklar gulqo`rg`onidan qaysi jihatlarda farq qiladi?
a) ko`pincha gulqo`rg`oni murakkab,gulqo’rg’on bo’laklari halqada 4 – 5 tadan o`rnashgan bo`ladi
b) gulqo`rg`oni murakkab va gul bo`lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo`ladi
c) gulqo`rg`oni oddiy va gul bo`lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo’ladi
d) ko’pincha gulqo’rg’oni oddiy va gulbo’lakchalari bir halqada o’rnashgan bo’ladi
15. “Gullari to’q sariq, dukkagi cho’ziq” Bu belgilar qaysi o’simlikka mansub?
a) sebarga
b) yantoq
c) yeryong’oq
d) burchoq
16. Anzur piyozidagi “anzur,, so`zi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli?
a) tur
b) turkum
c) avlod
d) oila
17. O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlikni aniqlang?
a) tur
b) oila
c) sinf
d) oila va sinf
18. Ikki pallali o`simliklar sinfiga mansub bo’lgan oilani aniqlang.
a) bug’doydoshlar
b) loladoshlar
c) ziradoshlar
d) piyozdoshlar
19. Bo’ritaroq turkumiga mansub o`simlik …
a) Misr g`o`zasi
b) dorivor gulxayri
c) boqila
d) kanop
20.To`pmeva hosil qiladigan o`simlikni toping.
a) g`ozpanja
b) tugmachagul
c) chirt
d) na’matak
21. Tugmachagulni xarakretli belgilarini ko`rsating?
1 tik o`sadi; 2 yerbag`irlab o`sadi; 3 bir yillik begona o`t;
4 gullari barg qo`ltig`ida o`rnashgan; 5 gullari poyaning uchida o`rnashgan; 6 mevasi to`pmeva; 7 mevasi kuchala;
a) 1.3.4.7
b) 2.3.4.6
c) 2.4.5.6
d) 1.5.4.6
22. Gullari yirik, tojibargi limon rangda, ko`sakchalari
3–4 chanoqli, yaxshi ochiladi.Tolasi uzun, ipakka o`xshaydi. Bu belgilar O`zbekistonda ekiladigan qaysi g`o`za turiga xos?
a) jaydari g`o`za
b) Meksika g`o`zasi
c) Misr g`o`zasi
d) barchasi
23. Konop qaysi oilaga mansub?
a) ra’nodoshlar
b) gulxayridoshlar
c) sho’radoshlar
d) karamdoshlar
24. Meksika g`o`zasiga xos belgilar berilgan qatorni aniqlang?
a) ko’saklari mayda, deyarli ochilmaydi, tolasi qisqa, dag`al
b) ko’saklari yirik, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo`ng`ir rangda
c) ko`saklari yirik, tolasi mayin,och sariq rangda
d) ko`saklari mayda, yaxshi ochiladi, gullari pushti, tolasi uzun , dag`al va oq randa
25. Tugmachagul qaysi oilaga mansub?
a) karandoshlar
b) ra’nodoshlar
c) gulxayriguldoshlar
d) burchoqdoshlar
26. “Urug`chisi bitta, tugunchasi uch yoki ko`p uyali, mevasi to`pmeva”. Bu belgi qaysi oilaga mansub ?
a) ra’nodoshlar
b) qoqio’tdoshlar
c) qovoqdoshlar
b) gulxayridoshlar
27. Gulxayridoshlarga mansub bo’lgan o’simliklar gurhini belgilang.
a) no’xat,qurttana,kanop,bodom
b) olma,g’o’za,makkajo’xori,gulxayri
c) o’rik,pomidor,kungaboqar,kanop
d) kanop,gulxayri,bo’ritaroq,g’o’za
28. Bo’ritaroq turkumiga qaysi o’simliklar kiradi?
a) g’o’za,kanop
b) g’o’za,bo’ritaroq
c) g’o’za,bo’ritaroq,kanop
d) bo’ritaroq,kanop
29. Gulxayridoshlar oilasiga xos bo’lmagan belgilarni aniqlang.
a) mevasi ko’sakcha
b) gulkosachabarglarining ostida ostkosachabarglari bo’ladi
c) changchi iplari erkin,mevasi rezavor
d) changchi iplari qo`shilagan
30. Dorivor gulxayrining qaysi qismidan tayyorlangan damlama yo`talga qarshi ishlatiladi?
a) bargidan
b) gulidan
c) poyasidan
d) ildizidan
31. Gul formulasi K (5)T5 Ch∞ U1-(5),∞ bo`lgan o`simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
a) burchoqdoshlar
b) ituzumdoshlar
c) karamguldoshlar
d) ra’nodoshlar
32. Akatsiya, tangao`t, zirako`t o`simliklari uchun xarakterli mevani ko`rsating?
a) don
b) qo`zoq
c) ko`sak
d) dukkak
33. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini belgilang.
a) beda, no`xat, turp behi, sholg`om
b) gilos, shaftoli, loviya, akatsiya, tut
c) sabzi, no`xat, anor, qovun, rediska
d) yantoq, no`xat, beda, loviya, akatsiya
34. Gultojibarglari yelkacha, eshkakcha, qayiqcha deb ataladigan o`simliklar guruhini toping?
a) astragal, qizilmiya, gledichiya
b) no`xat, yantoq, maymunjon
c) yantoq, g`ozpanja, quyonsuyak
d) bo`ritaroq, no`xat, mosh, loviya
35. Tuxumak o`simligi qaysi oilaga mansub?
a) karamdoshlar
b) ituzumdoshlar
c) burchoqdoshlar
d) qoqio’tdoshlar
36. Qaysi o`simliklar oilasi vakillarining ildizida tugunak bakteriyalar bo`ladi?
a) karamdoshlar
b) murakkabguldoshlar
c) ra’nodoshlar
d) burchoqdoshlar
27. O`zbekistonda qadimdan ekiladigan beda o`simligi qaysi oilaga mansubligini belgilang ?
a) krestguldoshlar
b) ra’noguldoshlar
c) gulxayridoshlar
d) dukkakdoshlar
38. Urug`i oqsilga boy o`simlik vakillari qaysi oilaga mansub ?
a) karamdoshlar
b) ra’nodoshlar
c) loladoshlar
d) burchoqdoshlar
39. Akatsiya mevasi qanday meva xiliga kiradi?
a) danak
b) dukkak
c) qo`zoq
d) ko`sak
40. Quyidagi belgilar qaysi o’simlik uchun xos? “Barglari mayda, ildizi uzun, yerda chuqur joylashgan,yer osti suvigacha kirib boradi”.
a) yantoq
b) shuvoq
c) yulg`un
d) quyonsuyak
41. Qaysi o`simliking gullari changlangandan keyin, gulli novdachalari yerga kirib turadi?
a) yeryong`oq
b) yertut
c) yernok
d) no`xat
42. Tuxumak va yasmiq o`simliklarini oilasini aniqlang?
a) sho`radoshlar
b) burchoqdoshlar
c) qoqidoshlar
d) karamdoshlar
43. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklarni toping?
a) isirg`ao`t, xilol
b) afsonak, qashqarbeda
c) takasoqol, so`ya
d) astragul, maxsar
44. Gul formulasi Gk (5) Gt 1+2,(2) Ch (9)+1 U1 bo’lgan o’simliklar guruhini aniqlang.
1.sebarga 2.kakra 3.beda 4.tuxumak 5.yernok 6.malina 7.sachratqi
a) 1.2.7
b) 2.3.4
c) 2.7.6
d) 1.3.4
45. Yozning issiq kunlarida qaysi o`simlikni bargidan va poyasidan shakar ajraydi?
a) yantoq
b) o`tloq sebargasi
c) shirinmiya
d) yoysimon surepka
46. Gullari qiyshiq, gulqo`rg`oni murakkab, changchilari 10 ta, urug’chisi 1 ta, tojibarglari 3 xil shaklda, ildizida azot to`plovchi tugunak bakteryalari bo`ladi. Bu belgilar qaysi oilaga mansub?
a) ituzumdoshlar
b) uzumdoshlar
c) qovoqdoshlar
d) burchoqdoshlar
47. Cho’lda chorvadorlar qaysi o’simlikni “boshi olovda, oyog`i suvda ,, deyishadi?
a) juzg`un
b) shuvoq
c) yantoq
d) saksovul
48. Qaysi o`simlik to`yimli oziqbob va guli asalshiraga
boy ?
a) yantoq
b) shuvoq
c) izen
d) tol
49. Gullari yondosh bargchali, shingil, kallakcha yoki boshoq tipidagi to`pgulda joylashgan .Bu belgilar qaysi oilga tegishli ?
a) qoqio’tdoshlar
b) sho`radoshlar
c) burchoqdoshlar
d) ituzumdoshlar
50.Quyidagi o`simliklardan qaysi birining gulida 9 ta iplari qo`shilgan, 1 tasi alohida joylashgan changchini ko`rish mumkun?
a) sebarga
b) ituzum
c) na’matak
d) tugmachagul
51.Turlarni qo`sh nomlashni fanga kiritgan olimni belgilang.
a) A. K. Linney
b) K. F. Rule
c) J. B. Lamark
d) Ch. Darvin
52. ,,Gullari barg qo'ltig'ida yoki shoxlar uchidagi to'pgulda bittadan joylashgan “. Ushbu ta'rif qaysi oilaga xos?
a) burchoqdoshlar
b) gulxayridoshlar
c) tokdoshlar
d) qovoqdoshlar
53. Afsonak o’simligi qaysi oilaga mansub?
a) ra’nodoshlar
b) gulxayridoshlar
c) ituzumdoshlar
d) burchoqdoshlar
54. Qaysi oilaga mansub o`simliklarda gullari faqat qiyshiq simmetriyali ?
a) karamdoshlar
b) burchoqdoshlar
c) gulxayridoshlar
d) soyabonguldoshlar
55. Qaysi o’simlikning gullari mayda, 2-3.5 sm keladigan
“ boshcha” to’pgulda o’rnashgan?
a) yantoq
b) shuvoq
c) sebarga
d) burchoq
56. Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞) gul formulasi qaysi o`simlik oilasiga mansub?
a) ituzumdoshlar
b) gulxayridoshlar
c) tokdoshlar
D) sho`radoshlar
57. Meksika g`ozasining sistematik birliklari to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
bo`lim (tip) (1), sinf (2), oil (3), turkum (4)
a)ochiq urug`lilar;b) gulli o`simliklar; c) bir urug`pallalilar; d) ikki urug`pallalilar; e)gulxayridoshlar; f) qarg’aydoshlar g) g`o`za h) qarag’ay
a) 1-a,b / 2-c,d / 3-e,f / 4-g,h
b) 1-c,d / 2-e,h / 3-a,f / 4-b,g
c) 1-a,b / 2-e,h / 3-b,g / 4-a,f
d) 1-a,d / 2-b,h / 3-e,f / 4-g,h
58. Mevasi 3 yoki 4 chanoqqa bo'linib ochiladigan ko'sak mevali o'simlik?
A) qizillola
B) Meksika g'o'zasi
C) Terakbargli liftok
D) Misr g'o'zasi
59. Qaysi o'simliklar gulxayridoshlar oilasiga mansub? 1-g'o'za; 2-donasho'r; 3-kartoshka; 4-kashnich; 5-kanop; 6-dastargul; 7-gulxayri.
A) 1,3,5,6,7
B) 2,4,5,7
C) 1,5,7
D) 1,2,6,7
60.Qaysi oila vakillari aprel oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o'sibturaveradi?
A) loladoshlar
B) karamdoshlar
C) sho'radoshlar
D) ituzumdoshlar
61.Gulxayridoshlar oilasining gul formulasida Gkx Gt5 Ch(-) U(-) x o'rniga to'g'ri sonni qo'ying.
A) 0,5
B) (2-6)
C) 4-5
D) (3)+(5)
62.Anor qaysi oila va qaysi turkumga mansub?
A) ra'noguldoshlar oilasi, anor turkumi
B) tokdoshlar oilasi, tok turkumi
C) anordoshlar oilasi, anor turkumi
D) ra'noguldoshlar oilasi, na'matak turkumi
63. O'zbekistonda quyidagi qaysi o'simlikning 7 turi o'sadi, hammasi yuqori sifatli oziqbop va guli asalshiraga boy o'simliklar hisoblanadi?
A) yantoq
B) nok
C) sebarga
D) qo'ng'irbosh
64.Quyidagi qaysi o'simliklar burchoqdoshlar oilasiga kiradi?
A) afsonak, astragal
B) tuxumak, zirako't
C) qashqarbeda, shirinmiya
D) Barcha javoblar to'g'ri
65. Dukkak mevali o`simliklar guruh to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
1) rediska; 2) burchoq; 3) karam; 4) no`xat; 5) trup; 6) oq akatsiya; 7) olg`i; 8) loviya
A) 1, 2, 4, 6
B) 2, 4, 6, 8
C) 1, 3, 5, 7
D) 5, 4, 7, 8
66. Tugunak bakteriyalari quyidagi qaysi o'simliklarning ildizida yashaydi?
1-sebarga; 2-bo'znoch; 3-astragul; 4- qo'qongul; 5- andiz; 6- oqquray; 7-shirinmiya; 8-kanop.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7
B) 2, 4, 5, 8
C) 1, 3, 6, 7
D) 1, 3, 5, 8
67. Dorivor gulxayriga xos bo'lmagan javobni toping.
A) ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo'talga qarshi ishlatiladi
B) bo'yi 70 - 150 sm keladi
C) daryo va ko'llar sohilidagi to'qaylarda, sernam yerlarda o'sadi
D) hayotiy shakliga ko'ra ikki yillik o't
68. Dukkakdoshlar oilasiga mansub yovvoyi o’simliklarni toping?
A) afsonak, isirg’ao’t
B) yasmiq, burchoq
C) oq akatsiya, tamaki
D) quyojun, qashqarbeda
69. Quyidagi o’simliklardan qaysi birining mamlakatimizda 4 ta turi o’sadi?
A) g’o’za
B) mingdevona
C) tugmachagul
D) yantoq
70. Faqat yopiq urug’lilarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang.
A) ildiz, poya va bargga ega
B) chang xosil qiladi
C) qo’sh urug’lanish
D) barcha javoblar to’g’ri
71. Bargi va mevasidan tayyorlanadigan dori qon bosimini tushurushda ishtirok etadigan o’simlik qaysi oilaga taalluqli?
A) karamdoshlar
B) sho’radoshlar
C) qoqio’tdoshlar
D) ra’nodoshlar
72. Gullari yirik, gultojibarglari sap-sariq rangda, tubida qizil dog’I bor bo’lgan o’simlikni toping.
A) misr g’ozasi
B) jaydari g’o’zasi
C) o’tloq sebargasi
D) Meksika g’o’zasi
73. Yerbag’ir tugmachagulga xos bo’lmagan javobni toping.
A) Apreldan sentabrgacha gullaydi
B) bor yillik begona o’t
C) changchilari qo’shilib o’sgan
D) gullari shohlari uchidagi boshcha to’pgulda o’rnashgan.
74. Oddiy shingil hosil qiladigan o’simlikni toping.
A) zubtrum
B) qora ituzum
C) qashqarbeda
D) sebarga
75. Asal beruvchi o’simliklarni toping.
1) o’tloq sebargasi; 2) na’matak; 3) qurttana; 4) yantoq; 5) Yapon saforasi
A) 1,2
B) 2,5
C) 1,4
D) 3,4
76. Shingil to`pgulli o`simliklarni belgilang.
1) isirg`ao`t; 2) qashqarbeda; 3) astragal;
4) yasmiq; 5) yantoq; 6) o`sma; 7) sholg`om;
8) oloy xiyoli; 9) tok; 10) qizil lola.
A) 1,3,5,6,7,10
B) 2,6,7,9
C) 1,2,6,8
D) 2,4,6,8,10
77. Qaysi javobda burchoqqa xos bo’lmagan belgilar ko’rsatilgan?
1) murakkab bargining toqbarkchasi gajakka aylangan; 2) bargi murakkab, patsimon, markazdagi bargi gajakka aylangan; 3) guli qiyshiq; 4) guli to’g’ri; 5) avtaxo’r o’simlik; 6) ituzumdoshlar oilasi vakili; 7) mevasi ro’vak; 8) mevasi dukkak; 9) changchisi 10 ta; 10) changchisi 6 ta
a) 2,3,7,10
b) 1,3,5,8,9
c) 4,6,7,10
d) 1,4,5,6,8,9
78. Meksika g’o’zasiga xos belgilarni ajrating.
1) Barbados g’o’zasi; 2) oddiy g’o’za; 3) gultoji sariq-limon rangda, tubi qizil dog’li; 4) gultoji och sariq, dog’siz; 5) ko’sakari 3-4 chanoqli; 6) ko’saklari 4-5 chanoqli; 7) yaxshi ochiladi; 8) toasi uzun; 9) tolasi ipakka o’xshaydi; 10) tolasi och sariq; 11) tolasi oq yoki qo’ng’ir; 12) vatani Markaziy Amerika; 13) vatani janubiy Amerika
a) 1,3,5,7,8,9,10,13
b) 2,3,6,9,11,13
c) 1,4,5,7,8,10,13
d) 2,4,6,7,8,11,12
79. Quyida berilgan gul formulalardan qaysilari ra’noguldoshlar oilasiga tegishliemas?
1) Gk(5)Gt5Ch∞U∞; 2) Gk5Gt5Ch5U1; 3) Gk(5)Gt(5)Ch5U1; 4) Gk(5)Gt5Ch∞U1; 5) Gk(5)Gt5Ch∞ U(5); 6) Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞)
a) 1,2,5,6
b) 1,4,5
c) 1,3,5
d) 2,3,6
80. Qaysi oilalarda barglari yonbargchasiz?
a) ra’noguldoshlar; b) sho‘radoshlar; c) burchoqdoshlar; d) tokdoshlar; e) ituzumdoshlar; f) gulxayridoshlar.
A) b,e,f
B) a,b,c
C) a,c,d
D) d,e,f
81. Qaysi o’simlikning bargi yonbargchali murakkab (a) va oddiy (b) bo’ladi?
1) yantoq 2) tok 3) g’oza 4) partenotsissus 5) burchoq 6) liftok 7) shirinmiya 8) olma A) a-4,5; b-1,2
B) a-1,5,7; b-3,4,6
C) a-2,3,8; b-1,4,5,7
D) a-5,7; b-2,4,6
82. Quyidagi o`simliklarning gultojibarglari rangini aniqlang.
1) na`matak, 2) misr g`o`zasi, 3) qora ituzum, 4) oshqovoq,
a) sariq, b) oqish, c) limon rang, d) och pushti
A) 1-d, 2-b, 3- c, 4-a
B) 1-b, 2-c, 3-d, 4- a
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
83. (A) quyonsuyak (B) oq akatsiya mevasi qanday ?
1) Dukak 2) qo`zoq 3) ko`sak 4) rezavor
A) a-2,b-1 B) a-3,b-2 C) a-4,b-3 D) a-1,b-1
84. Nok o’simligiga xos hususiyatlarni ko’rsating.
1) tanasi eniga va bo’yiga sekin o’sadi; 2) tanasi eniga va bo’yiga tez o’sadi; 3) oddiy bargli; 4) murakkab bargli; 5) chin meva; 6) soxta meva; 7) to’pguli shingil; 8) to’pguli qalqon; 9) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan; 10) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan; 11) urug’chi chanchiga nisbatan uzunroq; 12) urug’chi chanchiga nisbatan qisqaroq.
a) 2,4,5,7,9,11
b) 1,3,6,8,10,12
c) 2,4,6,8,9,12
d) 1,4,5,7,10,11
85. Poyasi sershox, gullari barg qo’ltig’ida o’rnashgan. Changchilari ko’p, iplari birikkan, urug’chini o’rab turadi. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli?
a) qora ituzum
b) o’tloq sebargasi
c) yer bag’ir tugmachagul
d) oddiy jag’-jag’
86. Gulada juda ko`p urug`chi va changchilar saqlaydigan o`simliklarni toping?
1- na`matak 2- ismaloq 3- yerbag`ir tugmachagul 4- yasmiq 5- tabiy tok 6- qamish 7- qulupnay
a) 1,3,4,6
b) 1,2,5
c) 1,3,7
d) 1,2,3,5,7
87. O’tloq sebargasiga tegishli javoblarni ko’rsating.
1) bo’yi 70-150 sm; 2) bo’yi 25-50 sm; 3) barglari uzun bandli, uch yaproqchali; 4) barglari uch bo’lakli, oddiy barg; 5) gullari gajak to’pgulda joylashgan; 6) to’pguli kallakcha; 7) dukkagi ko’p urug’li, uzunligi 1,5-2 mm; 8) guli asal-shiraga boy o’simlik; 9) ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
a) 1,3,5,7,9
b) 2,4,6,8
c) 2,3,6,8
d) 1,4,5,7,9
88. Gullari qiyshiq, murakkab bargli va barglari poyada ketma-ket joylashgan o’simliklarni aniqlang, bir yillik(a) va ko’p yillik(b)
1) beda 2) kanop 3) yantoq 4) shirinmiya 5) rovoch 6) sebarga 7) qashqarbeda 8) yeryong’oq 9) namatak 10) loviya 11) partenotsisus 12) tuxumak
A) a-4; 8; 10 b-3; 9; 6
B) a-2; 5; 10 b-1;4;8
C) a-3; 7; 8 b-1; 4
D) a-8; 10 b-1; 6; 12
89. Qaysi oila vakillarida poyada barglar yonbargcha hosil qilmay birikadi?
a) ra’nodoshlar, burchoqdoshlar
b) qoqio’tdoshlar, tokdoshlar
c) sho’radoshlar, ituzumdoshlar
d) ituzumdoshlar, tokdoshlar
90. Oloy xiloli O`zbekistondi qaysi viloyatida uchraydi?
a) Samarqand
b) Toshkent
c) Buxoro
d) Farg`ona
91. Quydagi gul formulalari qaysi o`simliklarda uchraydi?
1. K4 T4Ch4+2U(2)
2. K(5) +(3) T5Ch(∞) U(∞)
3. K5 T1+2+(2)Ch(9)+1U1
4. K0.5 T(5) Ch(5) U(2)
a. kamxastak b. tugmachagul v. oqquray g. o`sma
d. bo`tako`z
a) 1 – b 2 – g 3 – d 4 – a
b) 1 – g 2 – b 3 – v 4 – d
c) 1 – d 2 – a 3 – b 4 – g
d) 1 – v 2 – b 3 – d 4 –g
92. Ituzumdoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini belgilang?
1 yernok 2 kartoshka 3 akatsiya 4 loviya 5 garmdori 6.baqlajon 7 kanop 8 bangidevona
a) 1.3.4.6
b) 2.5.6.8
c) 1.2.6.8
d) 1.3.7.8
93. Pomidor o’simligi qaysi oilaga mansub ?
a) karamdoshlar
b) ituzumdoshlar
c) burchoqdoshlar
d) gulxayridoshlar
94. Qaysi o`simliklarda changchi iplari yo`q va changchilari tojibarglarining ichki tomonida joylashgan?
a) yantoq
b) ituzum
c) yapon saforasi
d) quyonsuyak
95. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, Farg`ona viloyatida o`sadigan qaysi o`simlik O`zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?
a) oq ituzum
b) oloy xiyoli
c) qora ituzum
d) marmarak
96.Shingil to’pgul qaysi oilalarga xos?
a) ra’nodoshlar
b) burchoqdoshlar
c) sho’radoshlar
d) karamdoshlar
e) gulhayridoshlar
a) a,b,c
b) a,b,c,e
c) a,b,c,d
d) a,b,d
97. Quyidagilardan qaysi biri ajdod sistematik birlikka tegishli?
A) gulli o'simliklar
B) lolasimonlar
C) ra'nodoshlar
D) bo'ritaroq
98.Ko'sak meva hosil qiladigan o'simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
A) gulxayridoshlar
B) loladoshlar
C) ituzumdoshlar
D) Barcha javoblar to'g'ri.
99. Tamaki, bulg'or garmdorisi kabi o'simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
A) dukkakdoshlar
B) ituzumdoshlar
C) ziradoshlar
D) qovoqdoshlar
100. Nikotin moddasi... tarkibida bo'ladi.
A) bangidevona barglari
B) mingdevona guli va mevasi
C) tamaki bargi
D) tamaki meva va urug'i
101.Quyidagi o'simliklarni qaysi oilaga mansubligini aniqlang.
1-qulupnay; 2-qashqarbeda; 3-alqor; 4-maxsar.
a) qoqio'tdoshlar; b) burchoqdoshlar; c) ituzumdoshlar; d) karamdoshlar; e) ziradoshlar; f) ra'nodoshlar.
A) 1-c; 2-d; 3-b; 4-e
B) 1-f; 2-b; 3-d; 4-c
C) 1-f; 2-b; 3-e; 4-a
D) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b
102. Tamaki tutuni tarkibida qanday modda bo'lmaydi?
A) nikotin B) karbonat angidrid
C) ammiak D) etanol
103. Jag'-jag'ning ildiz bo'g'zida joylashgan barglari qanday tuzilgan?
A) uzun bandli, yaprog'i deyarli yumaloq, cheti 5-7 ga bo'lingan
B) qisqa bandli, patsimon qirqilgan
C) bandsiz, patsimon qirqilgan
D) uzun bandli, butun, yonbargsiz
104. Sho'radoshlar oilasiga mansub bo'lmagan bir yillik o't o'simlikni belgilang.
A) oq sho'ra B) baliqko'z
C) Turkiston ismalog'i D) jag'-jag'
105. Qaysi o'simlik apreldan sentabrgacha gullaydi, mevasi quruq, bir yillik begona o't?
A) jag'-jag'
B) ituzum
C) yerbag'ir tugmachagul
D) o'tloq sebargasi
106.Ituzumdoshlar oilasining o’ziga xos belgilarini ko’rsating
1) poyasi tik, yonboshlab yoki yotib osuvchi
2) poyasi asosan tik, yonboshlab o’suvchi
3) barglari uzun bandli, butun yoki oyilgan
4) barglari oddiy, butun yoki oyilgan
5) guli yakka yoki gajak to’pgulda joylashgan
6) gullari barg qo’ltig’ida yoki poya uchida to’pgulda ornashgan
7) mevasi rezovor yoki ko’sakcha
8) mevasi rezavor yoki ko’sak
a)1.4.5.7
b)2.3.5.8
c)1.3.6.7
d)2.3.7.8
107. Ituzum turkumining O'zbekistonda ... turi o'sadi, hamda shuncha o'simlik turlari ... oilasidan O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
A) 2; ra'nodoshlar
B) 11; ziradoshlar
C) 10; piyozdoshlar
D) l; tokdoshlar
108. Kartoshka va baqlajonlar qaysi turkum vakillari hisoblanadi?
A) bangidevona
B) baqlajon
C) ituzum
D) kartoshka
109. Vatani Shimoliy Amerika bo'lgan gulli o'sirnlikni toping.
A) Sharq sauri
B) Virgin archasi
C) besh yaproqli partenotsissus
D) Meksika g'o'zasi
110. Kovrakning ikkinchi nomi nima?
A) andiz
B) shashir
C) ravoch
D) ojud
111. Qaysi oilalarda barglari yon barchali?
a) ra’noguldoshlar; b) boshoqdoshlar; c) dukkakdoshlar; d) tokdoshlar; e) ituzumdoshlar; f) gulxayridoshlar.
A) a,c,d B) a,b,c
C) d,e,f D) b,e,f
112. Ituzum o’simligiga xos belgilarni aniqlang.
1) kuzda mevasining asosiy qismi pishib, poyasining uchki qismidagi gullari ochilib turadi; 2) to’pguli gajak; 3) shingil to’pgul xosil qiladi; 4) bargi uzunchoq tuxumsimon; 5) changchilari gultojibarglarining qo’shilihidan hosil bo’lgan nayda o’rnashgan; 6) gultojibarglari erkin, 5 ta; 7) gulkosachabarglari 5 ta, erkin; 8) gullari yakka; 9) tugunakli ko’p yillik o’t; 10) gulkosachasi 5 tishli o’simta shaklida, pardasimon
A) 1,3,8,9
B) 3,5,6,7,10
C) 1,2,4,5
D) 1,7,8,10
113. Qaysi o’simliklar gulida changchilari soni ko’p?
1) lola; 2) na’matak; 3) g’o’za; 4) yerbag’ir tugmachagul; 5) astragal; 6) qoqio’t.
A) 2.4 B) 2,3,6
C) 3,5 D) 1,3,5
114. Baqlajon qaysi turkumga tegishli?
A) pomidor B) tamaki
C) bangidevona D) ituzum
115. Saksovul, rovoch, baliqko’z kabi o’simliklarni o’zaro birlashtirib turuvchi belgi qysi javobda ko’rsatilgan?
A) Ziradoshlar oilasi vakillari hisoblanadi
B) Mevasi atrofini qanotchalar o’rab olgan
C) Barglari juda maydalashib ketgan
D) Urug’larining o’sish qobiliyati bir necha yilgacha saqlanadi
116. Quyidagi o`simliklarning gultojibarglari rangini aniqlang.
1) na`matak, 2) misr g`o`zasi, 3) qora ituzum,
4) oshqovoq,
a) sariq, b) oqish, c) limon rang, d) och pushti
A) 1-d, 2-b, 3- c, 4-a
B) 1-b, 2-c, 3-d, 4- a
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
117. Oqquray o`simligiga xos belgi va ma`lumotlarni aniqlang.
1) adirlarda keng tarqalgan; 2) qumli cho`llarda keng tarqalgan; 3) muhofaza molik;
4) barglari qarama-qarshi joylashgan; 5) mevasi dukkak; 6) gullari qiyshiq; 7) yonbargchali;
8) changchilarining 1 tasi erkin
A) 1,5,6,7,8
B) 2,3,5
C) 2,3,4
D) 1,4,5,6
118. Ituzum o`simligiga xos belgilarni aniqlang.
1) kuzda mevasining asosiy qismi pishib, poyasining uchki qismidagi gullari ochilib turadi;
2) to`pguli gajak; 3) shingil to`pgul hosil qiladi; 4) bargi uzunchoq tuxumsimon;
5) changchilari gultojibarglarining qo`shilishidan hosil bo`lgan nayga o`rnashgan;
6) gultojibarglari erkin, 5 ta; 7) gulkosachabarglari 5 ta, erkin;
8) gullari yakka; 9) tugunakli ko`p yillik o`t; 10) gulkosachasi 5 tishli o`simta shaklida, pardasimon.
A) 1,2,4,5
B) 1,7,8,10
C) 3,5,6,7,10
D) 1,3,8,9
119. Oddiy yonbargsiz (a) va oddiy yonbargli (b) o’simliklarni aniqlang.
1) olma; 2) quyonjun; 3) madaniy tok; 4) beda; 5) saksavul; 6) olcha
a) a- 2,3; b- 1,5,6
b) a- 2,5; b- 1,3,6
c) a- 1,2,5,6; b- 3,4
d) a- 1,2,6; b 3,4,5
120. Qaysi o’simliklarning bargi yonbargchali oddiy (a) va murakkab (b) bo’ladi?
1) yantoq; 2) tok; 3) g’o’za; 4) partenotsissus; 5) burchoq; 6) liftok; 7) shirinmiya; 8) olma
a) a- 1,2; b- 4,5
b) a- 3,4,6; 1,5,7
c) a- 2,3,8; b- 1,4,5,7
d) a- 2,4,6; b- 5,7
121. Oddiy bargli bir yillik(a) va ko’p yillik(b) o’simliklarni aniqlang.
1) mingidevona; 2) gulhayri; 3) sachratqi; 4) beda; 5) yerbag’ir tugmachagul; 6) turkiston ismalog’I; 7) andiz; 8) xrizantema; 9) kanop; 10) qulupnay
a) a- 5,6,7,9; b- 2,3,7,10
b) a- 2,5,6; b- 3,7,9
c) a- 5,6,9; b- 2,3,7
d) a- 1,2,4,5; b- 3,6,7,8
122. Qaysi o’simliklar to’pgu hosil qilmaydi(a) va to’pgul hosil qiladi(b)?
1)tol; 2) behi; 3) binafsha; 4) qizil ituzum; 5) terakbargli liftok; 6) na’matak; 7) suv qaroqchisi
a) a-1,4,6; b-2,3,5
b) a-1,2,3; b-4,5,6,7
c) a-2,3,4,5; b-1,6,7
d) a-2,3,6; b-1,4,7
123. Ildizsiz o’simliklarni aniqlang.
1) kakra; 2) suv qaroqchisi; 3) yo’sinlar; 4) suv qirqqulog’I; 5) rafleziya; 6) zarpechak
a) 1,3,4
b) 1,2,3,,4,5,6
c) 2,3,4,5,6
d) 1,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |