- Tabiatni rang-barang o'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simlik turlari juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoiti-da uchratish mumkin. Tabiatda dengiz, daryo, ko'l va ka-nallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan.
- Hozirgi vaqtda yer yuzida o'simliklarning 500000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500 turi ma'lum.
O'simliklarning tashqi va ichki tuzilishi, ularning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar: oziqlanish, suv bug'latish, fotosintez jarayonlarini, o'simliklarning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning belgilariga asoslanib, ma'lum bir sistemaga solishni, ulardan oqilona foydalanish va mu-hofaza qilish usullarini biologiyaning bir bo'limi bo'lgan «Botanika» fani o'rganadi. Botanika so'zi yunoncha «bo-tane» so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, o't, o'simlik degan ma'nolarni bildiradi. - O'simliklarning tashqi va ichki tuzilishi, ularning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar: oziqlanish, suv bug'latish, fotosintez jarayonlarini, o'simliklarning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning belgilariga asoslanib, ma'lum bir sistemaga solishni, ulardan oqilona foydalanish va mu-hofaza qilish usullarini biologiyaning bir bo'limi bo'lgan «Botanika» fani o'rganadi. Botanika so'zi yunoncha «bo-tane» so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, o't, o'simlik degan ma'nolarni bildiradi.
- «Botanika» fanining asosiy bo'limlari. «Botanika» fani bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir qancha bo'limlarni o'z ichiga oladi.
- Jumladan, o'simliklar morfologiyasi o'simliklar organ-larining tashqi tuzilishini o'rganadi. O'simliklar anatomiyasi o'simliklarning ichki tuzilishini, o'simliklar fiziologiyasio'simliklardagi hayotiy jarayonlarni: nafas olish, fotosintez, mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug'latish kabi jarayonlarni o'rganadi. O'simliklar sistematikasi o'simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi, ya'ni klassifikatsiya qiladi.
- O'simliklar embriologiyasi o'simliklaming ko'payish a'zolarining tuzilishi, ko'payish bilan bog'liq jarayonlarni o'rganadi. O'simliklaming Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini o'rganadigan bo'lim geobotanika deyiladi. O'simliklaming tashqi muhit bilan bo'lgan munosabatlandagi qonuniyatlami va tashqi muhit omillarining o'simlikka ta'sirini o'simliklar ekolo-giyasi o'rganadi. Paleobotanika qazilma o'simliklar to'g'-risidagi fandir. Algologiya suvo'tlaming, briologiya yo'sinlaming, lixenologiya lishayniklarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o'rganadi.
- O'simliklar tirik organizmlardir. Ular barcha tirik organizmlar kabi hujayralardan tashkil topgan. O'simliklar oziqlanadi, nafas oladi, ta'sirlanadi, o'sadi, rivojlanadi, ko'payadi.
- O'simliklaming tabiatdagi ahamiyati. Jonli tabiatni o'simliklarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Yashil o'simliklar fotosintez jarayonida organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalar tirik organizmlar uchun oziq manbayidir. Fotosintez jarayonida tirik organizmlaming nafas olishi uchun zarur kislorod ajralib chiqadi. O'simliklar havoni kislorod bilan boyitib, havodagi karbonat angidrid gazini yutadi. O'simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi hamda tuproq hosil bo'lishida ishtirok etadi. Aksariyat o'simlik turlari: shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabi o'simliklar chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi.
- O'simliklaming odamlar hayotida tutgan o'mi benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, ki-yim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro'zg'or buyumlari, qog'oz, dori-darmon va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
- O'simliklar hayotimiz ko'rki va tabiat go'zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog'lariga ekilgan rang-barang gullar, mevali hamda manzarali o'simliklami Ko'rib bahri dilingiz ochiladi.
- Respublikamizda o'sadigan o'simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga jiddiy e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda yo'qolish xavfi ostida bo'lgan o'simlik turlari O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. O'zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash, boyliklarini ko'paytirish har bir kishining burchidir. Hech shubha yo'qki, maktab o'quvchilari ham bu ishga o'zlarining munosib hissalarini qo'shadilar.
- O'simliklarni o'rganish tarixi. O'simliklarni o'rga-nishning boshlanishi qadimgi yunon olimi Teofrast nomi bilan bog'liq. U o'simliklarning qishloq xo'jaligi va tibbiyotdagi amaliy ahamiyati haqidagi bilimlar va o'simliklar dunyosi haqidagi ma'lumotlarni yig'ib bir tizimga keltirgan.
Teofrast
Do'stlaringiz bilan baham: |