Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalkovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.4.4-rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga R1 > R2 bosim berilganda undagi suyuklik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. R1 — R2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h uzunligi orkali muvozanatlashadi:h = h1 + h2. (5.16) Sistemaning muvozanat sharti quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |