Jomboy tuman xalq ta`limi boshqarmasiga qarashli
11- maktab fizika fani o`qituvchisi Sidiqov Abdumalikxonning
“BOSIM VA UNING BIRLIKLARI. PASKAL QONUNI VA UNING QO'LLANILISHI”
mavzusida yozgan
VI sinf Fizika
Mavzu: BOSIM VA UNING BIRLIKLARI. PASKAL QONUNI VA UNING QO'LLANILISHI
Maqsad va vazifalari:
Ta’limiy: "Bosim" deb ataladigan fizik kattalik haqida tushuncha berish;
bosimning texnikada, turmushda va boshqa sohalarda ishlatilishini ko'rsatish; o'quvchilarda gazlar va suyuqliklardagi bosim haqida tushuncha hosil qilish;
Paskal qonuni va uning qo'llanilishi haqida bilim va malakalar hosil qilish.
Tarbiyaviy: O’quvchining estetik his-tuyg’usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Masala yechish ko’niknalarini rivojlantirish.
Dars metodlari: “Natural son” usuli, Taxmin va tasdiq mashqi,Taqdimot, Og’zaki bayon, Gutuhda ishlash. “So’z tuzish o’yini”, mustaqil ish, didakdik materialdan foydalanish, tajriba o’tkazish. Evristik(yangi mavzu bo’yicha yo’naltiruvchi savollardan foydalanish.), aqliy hujum.
Dars materiallari va jihoz1ari: Shpris, pichoq, qaychi, knopka, bandak, ombur, ploskogubsi, igna, angushpona. Brusok , Qo’lda yasalgan asbob: qumli idish va 4 tomoniga mixlar qoqilgan taxtacha. Kompyuter. CD disk.Qo’lda yasalgan asbob. Doska, bo’r. Masala va savollar yozilgan kartochkalar.
Ko‘rsatiladigan tajribalar:qaychi, pichoq.ignada kartonda tirqish ochish, knopkani qadash (darslik 27-rasm).
Asosiy tushuncha va atamalar: bosim; Paskal; bosim kuchi.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism. Guruhlarni tashkil etish. Taqdimot
|
3 minut
|
2
|
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini olish.Yangi mavzuga zamin tayyorlash.
|
5 minut
|
3
|
Yangi mavzuga oid tajriba o’tkazish
|
5 minut
|
4
|
Bosim tushunchasini o’rganish
|
15 minut
|
5
|
O’qituvchining qo’shimchalari. Masala yechish
|
15 minut
|
6
|
Uyga topshiriqlar
|
2 minut
|
Darsning borishi.
modul(qism): Tashkiliy qism.(3min)
Guruhlarni tashkil etish. (Natural sonlarni ayttirish orqali). Guruhlar nomi “So’z tuzish ” o’yini orqali kelib chiqadi.
1 guruh Nuqtalar o’rniga mustaqil so’zni yozing, natijada hosil bo’lgan atama sizning guruhingizning nomi bo’ladi. Uni taqdim eting
“Dinamo......” . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi kuchni o’lchovchi asbob. (Dinamometr)
2 guruh Nuqtalar o’rniga mustaqil so’zni yozing, natijada hosil bo’lgan atama sizning guruhingizning nomi bo’ladi. Uni taqdim eting
. “K.....”. Sanoq soni yordamida hosil qiluvchi jismlarga tezlik beruvchi sabab.(Kuch)
3 guruh Nuqtalar o’rniga mustaqil so’zni yozing, natijada hosil bo’lgan atama sizning guruhingizning nomi bo’ladi. Uni taqdim eting.
“.....a”. Sanoq soni yordamida hosil qiluvchi birligi 1m2 bo’lgan skalyar kattalik.(Yuza)
4 guruh Nuqtalar o’rniga mustaqil so’zni yozing, natijada hosil bo’lgan atama sizning guruhingizning nomi bo’ladi. Uni taqdim eting
“Bru….” Ichimlik mahsuloti bilan hosil bo’ladigan yog’och taxtachaning nomi.
(Brusok)
Taqdimot.(1 min) (Guruhlar o’z nomini taqdim qiladi. Taqdimotga kerakli asbob va anjomlarni o’quvchilarning o’zi shkaflardan oladi.Taqdimotga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilarga 1 daqiqa vaqt beriladi. Taqdimot uchun ham 1 daqiqa vaqt beriladi)
1. Dinamometr. 2. Kuch. 3. Yuza. 4. Brusok.
2-modul: Yangi mavzuga zamin tayyorlash.(5 min)
(Ko’prikcha). Biz o’tgan darslarimizda kuch mavzusi bilan tanishgan edik. Bugun esa shu kuchning yuzaga ta’siri natijasida hosil bo’ladigan fizik kattalik bilan tanishamiz.
3-modul: Yangi mavzuni o’rganish. Yo’naltiruvchi savollar va topshiriqlar.(Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.)
1 guruhga. Tajribani o’tkazing va izohlang.(qo’lda yasalgan asbob bilan)
1.Topshiriq: Mixning uchli tomoni bilan taxtachani qumga sekingina qo’ying. Uning qumga botish darajasini kuzating.
2. Topshiriq: Mixning bosh qismi(aylanasi)
bilan taxtachani qumga sekingina qo’ying.
Uning qumga botish darajasini kuzating.
Savol. Qaysi holatda mixli taxtacha qumga ko’proq botdi. Sababini tushuntirishga harakat qiling.
2 guruhga. Sizga taqdim etilgan anjomlar nima sababdan uchli qilib yasalgan? Buni tushuntirishga harakat qiling.
3 guruhga. - Og’ir yuk ko’taradigan mashinalarning balonlari , yengil mashinalarnikiga nisbatan enliroq bo’ladi.(Hatto orqa tomonida 2tadan balon qo’yiladi)
Qalin qorda yurganda botinkangiz bilan botib ketasiz, lekin oyog’ingizga chang’i bog’lasangiz botmaysiz.
Ko’p qavatli binolarning poydevori keng qilib quriladi. Bularning sababini izohlashga harakat qiling.
4 guruhga. Tajriba o’tkazing. Siz ikki oyoq bilan polga ta’sir qilyapsiz. Endi bir oyog’ingizni ko’taring. Ta’sir kuchigiz o’zgaradimi? Kamayadimi yoki oshadimi? Fikringizni izohlashga harakat qiling.
5 modul: Taqdimot(Olgan topshiriqlarini taqdim qiladilar 1 daqiqa.)
6-modul: Darslik bilan ishlash taklif etiladi. Darslikni ochib mavzuni o’qish taklif etiladi.(5 daqiqa vaqt beriladi.)
7-modul: Taqdimot.(1 min) (O’quvchilar o’z savollariga javob beradilar)
8-modul: O’qituvchining mini ma’ruzasi.(10 min) Yangi mavzu yuzasidan qo’shimchalar qiladi. O’quvchilarga o’tmas pichoq, qaychi berib, biron narsani kesish yoki qirqish tavsiya qilinadi. So’ngra shu narsani o’tkir pichoq yoki qaychi bilan qirqishga beriladi. Natijaning sababini aniqlash maqsadida "aqliy hujum" uyushtiriladi. "Aqliy hujum" natijasida kuch ta’siri:
1) kuch kattaligiga;
2) kuch ta’sir etayotgan yuzaga qanday bog’liqligi aniqlanadi. Bosim tushunchasi kiritiladi.
Birligi 1 Pa (Paskal)
Bosimlar haqida kengroq tasavvurga ega bo’lish uchun texnikada uchraydigan bosimlardan misol keltiriladi.
VAZ 2103 avtomobili g’ildiraklari bosimi:
Oldingi: 172 KPa orqa: 188Kpa
Avtomobil baloni ichidagi bosim. 170-230 KPa
Bunda F = p • S "Kuch" emas, balki "bosim kuchi" ekanligi tushuntirilishi kerak. Bosim kuchi har doim yuzaga tik ( perpendikulyar ) yo’nalgan bo’ladi.
Bosim mavzusiga quyidagi maqollarni bog`lash mumkin:
1. Tikanning zahri yomon,
Zolimning qahri yomon.
2 Ari chaqadi deb arazlama, boli bor.
3. Bigizni qanorga yashirib bo’lmas.
4. Sababsiz oyoqqa tikan kirmas.
Adabiy tahlili:
Agar bigizni ehtiyotsizlik qilib qanorga qoldirsak va qachondir unga yuk solib ko’tarsak, yoki tikanni bosib olsak, biz tan jarohati olib, azob chekamiz.
Fizikaviy tahlili:
Bigizning, ari nishining, tikan uchining sirt yuzasi kichik bo’lgani uchun bosim katta bo’ladi. Bosimi katta bo’lganligi uchun odam tanasiga osongina botadi.
Quyidagi misol orqali fizika fanini jismoniy tarbiya fani bilan bog’lash mumkin.
Yangi yoqqan qor ustida tog’dan chang’ida bola sirpanib tushmoqda. Uning orqasidan uncha chuqur bo’lmagan iz qoladi. Bola chang’isini yechib qorda turganda qorga botadi. Buning sababi chang’i yuzining katta, botinka tag charmi yuzasining kichikligidir. Demak odamzot yillar davomida fizika qonuniyatlarini ochib shularni aniqlabdiki, chang’ini ixtiro qilibdi. Yuza katta bo’lsa bosim kichkina bo’ladi, chang’ida sportchi qorga botmaydi.
9-modul: Darsni mustahkamlash: (10 min)
“Bosim” mavzusini FSMU usuli bilan quyidagicha mustahkamlaymiz.
Fikr: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.
Sabab:Yuza birligiga kuch ning ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Misol: Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. Bosimni oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi, ombur, arra, randa...... va hokazo.
Umumlashtirish: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.
Yuza birligiga kuch ning ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. Bosimni oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi, ombur, arra, randa...... va hokazo.
Barcha o’quvchilar bilan 50-betdagi savollarga javob berish.
1guruhga masala. Brusokning sirtga beradigan bosimini aniqlang. (Brusokni tik qo’ying)
2 guruhga masala. Brusokning sirtga beradigan bosimini aniqlang. (Brusokni eni bilan qo’ying).
3 guruhga masala. Brusokning sirtga beradigan bosimini aniqlang. (Brusokni to’la sirti bilan qo’ying).
4 guruhga. Har ikkala oyoq kiyimingizning pastki yuzasi 300sm2 ga teng, og’irligingiz 500 N bo’lsa, bir va ikki oyoq bilan turgan holatingizdagi polga beradigan bosimingizni hisoblab chiqaring.
Mavzuni mustahkamlash uchun masalalar yechiladi. Darslikda unga doir masalalar yechib ko’rsatilgan. Undagi aynan bitta “g’isht”ning turli holatlarida tayanchga beradigan bosimlari turlicha bo’lishi bosim haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishga omil bo’ladi.
Masalalardan namunalar:
1. Muz 90 kPa bosimga bardosh beradi. Agar massasi 5,4 t bo’lgan traktor umumiy yuzi 1,5 m2 bo’lgan gusenitsaga tayansa, u bu muz ustidan o’ta oladimi?
Javob:
Ber Formula Xisoblash
P=90kPa=9*104 Pa Pt=F/S Pt=5,4*103kg10m/s2/1,5m2=
m=5,4t=5,4*103 kg F=mg =3,6*104Pa
S=1,5m2 Pt=mg/S
Pt-? Pt
3,6*104Pa<3,6*104Pa
Demak muz traktorni ko`taradi.
Javob:Traktor muz ustidan o`ta oladi.
2. Mixga 105 kPa bosim ko’rsatilsa, devorga kiradi. Agar mix uchining yuzi 0,1 mm2 bo’lsa, buning uchun mix kallagiga qanday kuch qo’yish kerak?
Javob:
Ber Formula Xisoblash
P=105kPa=1,05*105Pa P=F/S F=1,05*105Pa*1*10-7m2=
S=0,1mm2=1*10-7m2 F=PS =1,05*10-2N=10,5mN
F-? Javob: 10,5 mN
3. O'quvchining har bir oyoq kiyimi
Tag ining yuzi 150 sm2, massasi 50 kg.
Bolaning yerga berayotgan bosimini toping.
Javob:
Ber Formula Xisoblash
S1=150sm2=1,5*10-2m2 S=2S1 P=50kg*10m/s2/(2* 1,5*10-2m2)=
m=50kg F=mg = 166.67*102 Pa=
P-? P=F/S =16,667kPa
P=mg/(2S1) Javob; 16,667kPa
5. Nima sababdan dalada ishlaydigan traktorninig baloni keng bo'ladi?
Javob: Traqtorning tuproqqa bosimini kamaytirib, tuproqqa botib qolishdan saqlash uchun.
10-modul:Uyga topshiriqlar.(2min)
"Kuchlar daraxti" shoxlarini to'ldirish.
Osilgan o'yinchoqda kuchning formulasi
yoki o'lchov birligi berilishi mumkin.
Ildizida bu kuchlar hosil bo'lishi sababi
yoziladi. Bu savolga faqat iqtidorli bolalar
javob topsa, yetarli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |