Nuqtali kontakli payvandlash kontakli payvandlashning bir usuli bo‘lib, bunda detallar chegaralangan alohida tegish joylari bo‘yicha (nuqtalar qatori bo‘yicha) payvandlanadi.
Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallar avval Fb kuch bilan siqiladi va payvandlash transformatori tarmoqqa ulanadi. Detallar orqali payvandlash toki Ipay o‘tadi va detallarning detallarning uchma-uch birikish joylari erish haroratiga yaqin haroratgacha asta-sekin qiziydi. Keyin payvandlash toki uzib qo‘yiladi va cho‘ktirish kuchi keskin oshiriladi, shunda ular uchma-uch birikish joyida deformatsiyalanadi.
Qattiq rejim 1–4 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda tpay<0,02s bo‘lganda payvandlash tokining qisqa muddatli kuchli impulsi bilan ajralib turadi.
Passivlash– aluminiy va magniy qotishmalari uchun yangi oksid pardasini zichlash hamda barkarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha kimyoviy ishlov berish.
Payvandlash konturi tok keltiruvchi qismlar va elektr kotaktlar tizimi bo‘lib, transformatorning ikkilamchi o‘ramidan payvandlanayotgan detallarga tok kelishini ta’minlaydi.
Payvandlash rejimi elektr, mexanik va vaqt parametrlari majmuidan iborat bo‘lib, bularni sifatli birikma olish uchun payvandlash uskunalari bilan ta’minlanadi.
Portlatib payvandlash – bosim bilan payvandlashning portlovchan modda zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga oshiriluvchi bir turidir.
Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalarni bajaruvchi ikki va undan ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall konstruksiyalar hosil kilinadi.
Relyefli kontaktli payvandlash – kontaktli payvandlashning bir turi sifatida ta’riflash mumkin. Bunda bo‘lg‘usi payvand birikma joyidagi tokning zarur zichligi elektrodning ish yuzasi bilan emas, balki payvandalanadigan buyumlarning tegishli shakli bilan hosil qilinadi. Buyumning bu shakli sun'iy ravishda, turli shakldagi mahalliy chiqiqlar (relyeflar) olish yo‘li bilan hosil qillinadi.
Sanoat roboti manipulyator va dasturlovchi qurilma majmuidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida harakatlantiruvchi hamda boshqaruvchi yumushlarni bajarishga mo‘ljallangan, ishlab chiqarish predmetlarini va texnologik jixozlarni harakatlantirishdagi insonning shunga o‘xshash vazifalarini ado etadi.