Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlash rejimi deganda nimani tushunasiz?
2. Payvandlashning kattiq va yumshoq rejimlari deb nimani aytiladi?
3. Nuqtali payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
4. Chokli payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
5. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
9-Mavzu:Turli konstruksion materiallarni kontaktli payvandlashning o`ziga xos xususiyatlari.
Reja:
9.1 Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri
9.2 Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi
9.1 Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri
Payvandlash rejimiga metallarning ko‘pgina issiqlik-fizik, fizik-kimyoviy va mexanik xossaari, kristall panjaraning turi hamda parametrlar, kristallanish oralig‘i (interval) va m o‘rtlikning harorat oralig‘i, oksid pardalarining xossalari va shu kabilar ta’siri ko’rsatadi.
Solishtirma elektr qarshilik ρ0 payvandlash toki va mashinaning turini ko‘p jixatdan belgilab beradi. ρ0 qancha kichik bo‘lsa, Ipay shuncha katta bo‘lmog‘i zarur. Masalan, aluminiy, qotishmalarini payvandlashda po‘latlarni payvandlashdagidan ancha katta toklar talab qilinadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti va payvandlash joyi yaqinida issiqlikning tarqalishini, shu joyining uzunligini, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi haroratni belgilab beradi. λ kattalashishi bilan Ipay kamaytiriladi, qattiqroq, rejimlardan foydalaniladi.
Qotishmaning erish harorat Terish issiqlik sarfiga, Ipay ning qiymatiga, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi harorat va massa ko‘chish jadalligiga ta’sir qiladi.
Metallning chiziqli kengayish koeffitsienti a va plastik deformatsiyaga shartli qarshiligi ortishi bilan ichki chayqalib to‘kilishlarga moyilligi oshadi, qoldiq zo‘riqishlar va deformatsiyalar darajasi kattalashadi.
ning qiymatlari katta bo‘lgan metallarni payvandlashda Fpay ni keskin oshirishga, yumshoqroq rejim o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.
Kristallanish oralig‘i (intervali) va mo‘rtlikning harorat oralig‘i (intervali) (MHO) qiziganda darz ketishga moyillikni belgilaydi. MHO qancha keng bo‘lsa, qiziganda darz ketishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi.
Kristall panjaraning turi va parametri, erish suyuqligi turli qotishmalarni payvandlashdagi o‘xshashlikni, o‘zak metalining yakuniy tuzilmasi hamda xossalarini belgilaydi.
2.4.1. - jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |