2.8 Detallarning o`z qarshiligi. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik
O‘zining qarshiligi deganda, detalning hajmida muayyan tarzda taqsimlangan qarshilik tushuniladi. Ushbu qarshilik orqali tok o‘tganda unda issiqlikning asosiy miqdori ajralib chiqadi.
Payvandlash sikli oxiridagi elektr qarshilikni (REE =2RD) hisoblash sxemasi.
Tok ulanguga qadar (tegish joyining sovuq holati) SH, dK va mos ravishda RD anik bo‘lmaydi, chunki SH, dK ning Fpay ga va yuzining holatiga umumiy boglikligi mavjud bo‘lmaydi. Issiqlik jarayonlarini hisoblashda detallarning qarshiligini detallarni qizdirishning oxirida (tegish joyining issik holati) qarab chiqish qulayrokdir. Hisoblashni soddalashtirish uchun, elektrod-detal tegish joyida dK=dE, detal-detal tegish joyida esa dK=db ekanini va dE ning db dan kam farq qilishini hisobiga olib shartli ravishda dE=db deb qabul qilinadi. RDD va RED nolga teng hamda SF=SK deb ham qabul qilinadi.
Ko‘rib chiqilayotgan qarshilik har biri qandaydir T1 va T2 haroratgacha qizdirilgan bir xil qalinlikdagi ikkita shartli plastina 1 va 2 ning qarshiliklari yig‘indisidan iborat deb tasavvur qilinadi.
U holda izlanayotgan qarshilik ushbu formuladan aniqlanadi:
.
Detallarnint solishtirma elektr qarshiliklari ρ1 va ρ2 metallning turiga, unga termomexanik ishlov berish turi hamda haroratga bog‘lik. ρ1 va ρ2 ning qiymatlari ishlov ravishda T1 va T2 haroratlar uchun aniqlanadi. Kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallarni payvandlashda T1=1200°C va T2=1500°C, qilib aluminiy qotishmalari uchun esa T1=450°C hamda T2=630°C qilib olinadi.
kp koeffitsient detallarning notekis qizishini hisobga oladi. Po‘latlar uchun kp=0,85, aluminiy va magniy qotishmalari uchun esa kp=0,9. AD koeffitsient RD/RS nisbatga teng (RS– metallning uzunligi va diametri dE bo‘lgan silindrsimon ustunchasi elektr qarshiligi). Bundan tashkari, AD koeffitsient dE/S nisbatga ham boglik. Bu nisbata qancha kichik bo‘lsa, AD shuncha kichik, RD bilan RS orasidagi farq, shuncha katta bo‘ladi. 0,8–3 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda AD=0,8 bo‘ladi.
Uchma-uch payvandlashda har qaysi uchastkada elektr qarshilik quyidagi umumiy formula yordamida taxminan aniqlanadi:
,
bunda: m– sirtqi effekt koeffitsienti bo‘lib, u ferromagnit o‘zgarish haroratigacha (po‘lat uchun 768°C) uglerodli po‘latdan ishlangan 20 mm dan qalin detallar uchun ortib boradi;
ρi– qizish haroratidagi solishtirma elektr qarshilik;
l– harorati teng uchastkaning uzunligi.
Qizdirish mobaynida payvandlash joyida issiqlik ajralib chiqishi elektrodlar orasidagi qism REE qarshiligida yuz beradi. Nuqtali payvandlash uchun bu qarshilik birinchi davrda tegish qarshiliklari kamayishi oqibatida tez pasayadi. Pasayish darajasi siqish kuchiga bog‘lik bo‘lib, u kattalashishi bilan ozayadi.
Nuqtali payvandlash jarayonida elektr qarshiliklarning o‘zgarishi.
Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda qizdirish mobaynida REE ning o‘zgarish sxemasi ana shy qarshilikning nuqtali payvandlashdagi o‘zgarish sxemasiga ana shu qarshilikning nuqtali payvandlashdagi o‘zgarish sxemasiga o‘xshaydi.
Eritib uchma-uch payvandlashda jami REE qarshilik boshqa qonunga muvofiq o‘zgaradi. Tegish qarshiligi Rerish butun erish jarayoni mobaynida mavjud buladi, ammo davrning oxirlariga kelib biroz kamayadi, bunga ulagichlarning soni va ularning kesimi oritishi oqibatida erish tezligi oshingi sabab bo‘ladi. Cho‘ktirish vaqtida bu qarshilik yo‘qoladi va REE endi 2RD ga yakin bo‘lib qoladi.
Uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi yo‘qolgandan so‘ng umumiy qarshilik detallarning qisuvchi jag‘lardan chiqib turuvchi uzunligi bilan aniqlanadi, bunda ularning notekis qizishi inobatga olinadi. Eritib payvandlashda ushbu notekislik eritishdan oldin biroz qizdirib olishga ham bog‘liq bo‘ladi.
Uchma-uch payvandlash jarayonida elektr qarshiliklarning o‘zgarishi (quyuq chiziq – qarshilik bilan payvandlash; uzlukli chizik – eritib payvadlashda).
Do'stlaringiz bilan baham: |