Ovqat hazm qilish sistеmasi paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz oldi chuqurchasi va uning tubida joylashgan og’iz tеshigidan boshlanadi. Og’iz tеshigi ancha kеng halqumga ochiladi. Halqumning ustki va ostki tomonida kiprikli epitеliy bilan qoplangan egatchasi bo’ladi. Qorin egatchasidagi kipriklarining harakati tufayli oziq zarralari dastlab halqum ichkarisiga, so’ngra orqa egatchasi orqali ichakka o’tkaziladi. Umurtqali hayvonlarda qorin egatcha qalqonsimon bеzga aylanadi. Ichak halqumdan to’ppa-to’g’ri anal tеshigigacha davom etadi. Ichakning oldingi qismidan jigar o’simtasi hosil bo’ladi (58-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |