16.4. Inqirozdan chiqishning asosiy mexanizmi
Inqiroz vaziyat yuzaga chiqqanda mikrodarajadagi boshqaruvda
tashkilot uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisoblanadi:
istiqbolli rejalashtirishni tashkillashtirish;
doimiy ravishda ichki va tashqi muhitni nazorat qilib borish,
inqirozdan olib chiqaradigan qat‘iy choralarni ishlab chiqish;
rezervlarni tashkil etish - moliyaviy, moddiy;
ishlab chiqarishga sarf-xarajatlarni kamaytirish;
diversifikatsiya.
Inqirozdan chiqishning asosiy mexanizmi innovatsiyalashgan
siyosatni olib borish hisoblanadi.
262
Zamonaviy menejerlar fikricha (iqtisodiyot va boshqaruv
sohasidagi) faqatgina faol innovatsion siyosat tovarlarga, mahsulotlarga
yangi texnologiyalarni investitsiyalar orqali jalb qilish inqirozdan
chiqish muammosini ijobiy hal qilishga imkon beradi.
Shuni aytish lozimki, korxonaning har tomonlama rivojlanishi va
yaxshi faoliyat ko‗rsatishida menejerlarning qobiliyatlari katta rol
o‗ynaydi. Misol uchun, iqtisodiyotning umumiy ahvoli, bozor
konyunkturasi, bozor jarayonlaridagi o‗zaro aloqa masalalari va b.
Informatsion faoliyat tahlili shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo‗jalik yuritishning maxsusligidan kelib chiqqan holda,
ijtimoiy-iqtisodiy informatsiya, asosan, bozor tomonidan tug‗iladi.
Bozor ishtirokchilari o‗rtasida axborot almashuvi yuz beradi: ishlab
chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasida, banklar o‗rtasida, informatsiyali
markazlar o‗rtasida. Bozor axborot vositalari orqali ishlab chiqarishni
tartibga soladi va korxona rahbarlarining keyingi faoliyatlarini aniqlab
beradi. Informatsiyaning yuqori talabga ega bo‗lgan tovarga aylanishi
yuz beradi, mulkchilik shaklidan qat‘i nazar xo‗jalik yurituvchi
subyektlarga iqtisodiy o‗sish faktorlaridan biriga va kamdan kam
resursga aylanadi.
Mutaxassislar bu dalilni bizning sivilizatsiyamizga yangi rivojlanish
bazasi sifatida kirib kelishi bilan bog‗laydilar. Bunday informatsiya
faqat vosita emas, balki kuchli mustaqil omilga aylanadi. Shunga bog‗liq
ravishda tashkilotga informatsiyali faoliyatga ahamiyat kuchaytirildi,
avtomatlashtirilgan informatsiyali sistemalar va informatsiyali bazalar
yaratish kuchaytirildi.
Shuni aytish kerakki, korxona rivojlanishining informatsiyali
ta‘minotini ishlab chiqish jarayonida ichki va tashqi informatsiyani
tahlilsiz, sistemalashtirishsiz amalga oshirib bo‗maydi:
1. Tashqi informatsiya:
263
a) korxona faoliyati doirasidagi ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqida
ma‘lumotlar;
b) siyosatdagi o‗zgarishlar, qonunlar va boshqa o‗zgarishlar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
d) bozor konyunkturasi holati haqida informatsiya.
2. Ichki informatsiya:
korxona joriy faoliyati holati bo‗yicha iqtisodiy-statistik
ko‗rsatkichlar;
korxona ishlab chiqarish potensiali ko‗rsatkichlari;
yangi mahsulot yaratish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari holat
ma‘lumotlari;
korxona rivojlanishidagi bashoratchilar ma‘lumotlari – iste‘mol-
chilarning kutilishi, bozor konyunkturasi va b.;
litsenziya, faoliyat, intellektual hamda sanoat mulk himoyasi
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
mehnat resurslari va kadrlar ta‘minoti to‗g‗risida ma‘lumotlar;
korxona ishlab chiqarish potensiali bo‗yicha iqtisodiy-statistik
ma‘lumotlar.
Maxsus yo‗naltirilgan tadqiqotlardan olingan natijalarga ko‗ra,
xo‗jalik subyektlariga korxonaning ijobiy rivojlanishini ta‘minlab
beruvchi maxsus bo‗linma tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bo‗linma
mustaqil bo‗lim sifatida yoki marketing reklama xizmatlari bo‗yicha
bo‗limning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning umumiy tahlili, masalasi va funksiyasini tahlil qilishda
ular faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
1. Asosiy masalalar:
tashqi muhitning informatsiyalashgan marketingi;
tashqi muhit talablariga moslashish bo‗yicha korxona faoliyatida
turli xil tadbirlar ishlab chiqish.
264
Do'stlaringiz bilan baham: |