Boshqaruvda rahbarlik uslublari



Download 4,97 Mb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi4,97 Mb.
#796678
1   2   3   4   5
Bog'liq
GNFxQqInqQV1ulnPWDGUpSGM7R31a01k2fxRIh3w

Ekstraversiya va introversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo‘shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi.«Temperament» tushunchasi lotincha temperamentum —qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik degan ma’noni bildiradi.

Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga: 1) xole­rik, 2) sangvinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish mumkin.

Sangviniklar – sho‘x va quvnoq odamlar

Sangviniklar — sho‘x, quvnoq, tirishqoq va ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, quvnoq va gapdon odamlardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekin muntazam ravishda doimiy mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol bo‘lishadi, boshqa kishilar bilan osongina til topishadi.

Flegmatiklar – vazmin odamlar

Flegmatiklar — vazmin kishilardir. Ular uchun shoshmaslik va bosiqlik o‘ta xos. Bunday odamlar murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatchan bo‘lishsa-da, qo‘yilgan maqsadga erishishda ancha dadil bo‘lishadi. Bilimni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, puxta egallashadi. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatik sekin va uzoq yonadigan alangaga o‘xshaydi. Biror narsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar vaqtni boy berib qo‘yadilar. Bunday paytlarda sangvinikning ustunligi sezilib turadi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatik ustun keladi.

Xoleriklar – jizzaki odamlar

Xoleriklar — kuchli, chaqqon, jizzaki va harakatchan odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlik. Xoleriklar juda faol va ishchan bo‘lishadi. Biroq ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishadi.


Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish