1. Axborotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlah va undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, texnologiyalari va aloqa vositalari bu-?
a) axborot texnologiyasi
b) axbor resurslari
c) axborot tizimi
d) telekommunikatsiya tizimi.
2. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, bazasi qanday nomlanadi?
a) axborot resurslari
b) axborotlar to’olami
c) axborot tizimi
d) multimediali o’quv materiallari
3. O’zR Vmning 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining DTS tasdiqlash to’gorisidagi ” 187-Qarorining asosiy maqsadi. . . ?
a) Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy laboratoriya jihozlari va konpyuterlar parki bilan boyitish
b) Umumiy o’rta ta’lim tizimini rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribalari hamda ilm fan va zamonaviy AKT asoslangan holda tashkil etish
c) Umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish va yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish
d) Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirishning innovatsion usullarini joriy etish..
4. Axborot xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar majmuasi?
a) Xavfsizlik siyosati
b) Axborotlashtirish
c) Axborotni muhofazasi
d) Axborot erkinligi prinsiplari
5. Elektron raqamli imzoning vazifasi?
a) Elektron ma’lumotlarni elektron hujjatga aylantirish hamda ushbu hujjatni qalbakilashtirishdan himoyalash.
b) Axborot tizimlaridagi zarur axborotlardan erkin va qulay foydalanish.
c) Ta’lim muassasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini ta'minlash.
d) Ta’lim muassasida ijro intizomini ta'minlash masalalarini yo‘lga qo‘yish.
6. Xavfsizlik deganda…
a) shaxsning, korxonaning, davlatning muhim hayotiy manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati tushuniladi..
b) dushman tomonga uyushtiriladigan hujum tushuniladi.
c) shaxsning, korxonaning, davlatning noqonuniy foyda ko‘rishdan himoyalanganlik holati tushuniladi
d) uyushtirilmagan hujumga qarshi hujum uyushtirish tushuniladi.
8. Axborot borasidagi xavfsizlik – bu ...
a) Axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati
b) Axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari
c) Axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqish
d) Axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta'minlash
9. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga oid rahbariyat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar qaysi choralarga kiradi?
a) amaliy
b) huquqiy
c) ma’muriy
d) dasturiy-texnik
10. Internet tarmog’ida ishlashda foydalanuvchini o’ziga oid maxfiy ma’lumotlarini boshqalarga oshkor qilishga majburan undash?
a) Farming
b) Bot
c) Fishing
d) Reklama
11. Axborot xavfsizligida «xavfsizlik siyosati» – ...
a) axborotni to‘plash, qayta ishlash va tarqatishni tashkil etishga qaratilgan qonunlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar to‘plami.
b) axborotni o‘g‘irlanib, yo‘q qilinishi oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar guruhi.
c) korxona yoki kompaniyada kompyuter foydalanuvchilariga tushuntiriladigan ko‘rsatmalar.
d) axborot tizimi arxitekturasi va joriy etilishida unga bo‘lgan ishonchlilik mezoni bo‘yicha beriladigan baho.
12. Autentifikatsiya nima?
a) Uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlarni tekshirish jarayoni
b) Axborot tizimida ruxsatsiz o‘zgartirilgan fayllarni aniqlash jarayoni
c) Tizimda ishlovchi foydalanuvchi haqiqatan ham tizimda ishlash vakolatiga ega ekanliklarini va ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirish jarayoni
d) Fayllar xususiyatlariga oid xizmatchi ma’lumotlari o‘chirilgan fayllarni aniqlash jarayoni
13. Identifikatsiya nima?
a) Fayllarni maxsus usullar yordamida yashirish jarayoni
b) axborotlarni himoyalash uchun bajariladigan amallarning to‘g‘riligini bildiruvchi ko‘rsatmalar
c) Axborot tizimida ruxsatsiz o‘zgartirilgan fayllarni aniqlash jarayoni
d) bir tomonning (foydalanuvchi, dastur, texnik qurilma) boshqa bir tomonga o‘zining takrorlanmaydigan, unikal nomini ma’lum qilish jarayoni
14. Foydalanuvchilarning qiziqish yoki extiyojlari hisobga olmagan holda ularga elektron pochta orqali yuboriladigan anonim xat-xabar?
a) Spam
b) Fishing
c) Farming
d) Troyan dasturi
15. Elektron hukumat tizimi va yagona portalni qo’llab-quvvatlash, axborot hamrohi va tuzilmaviy mahmuriyatchilik qaysi organ tomonidan amalaga oshiriladi?
a) O’zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
b) O’zbekiston Respublikasi Adliya Vaziriligi
c) O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
d) Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini tahminlashga ko’maklashish markazi
19. Ma’lumotlarni elektron ko’rinishda qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish tizimi – bu … .
a) Elektron hukumat
b) Elektron pochta
c) Elektron to’lov
d) Hujjat aylanish tizimi
20. Quyida keltirilan saxifalarning qaysi biri O’zbekiston Respublikasi hukumat portali hisoblanadi?
a) edu.uz
b) lex.uz
c) gov.uz
d) www.uz
21. Quyidagilardan qaysi biri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali?
a) gov.uz
b) my.gov.uz
c) my.soliq.uz
d) uzedu.uz
22. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi?
a) www.lex.us
b) www.gov.uz
c) www.lex.uz
d) www.qonun.uz
23. Ariza beruvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan elektron davlat xizmati bu - … .
a) Interaktiv davlat xizmatlari
b) Texnik qo’llab-quvvatlash
c) Axborot davlat xizmati
d) Telekommunikatsiya xizmatlari.
24. Ariza beruvchi va elektron davlat xizmati ko’rsatuvchi davlat organi o’rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo’li bilan ko’rsatilgan elektron davlat xizmati - … .
a) Interaktiv davlat xizmatlari
b) Texnik qo’llab-quvvatlash
c) Axborot davlat xizmati
d) Telekommunikatsiya xizmatlari.
25. Axborot tizimlarini ta'limni boshqarish jarayonida qo‘llash orqali qaysi vazifalar ko’zda tutilmagan?
a) Elektron to’lovlar, Buxgalteriya, Moddiy resurslardan foydalanish
b) Davomat, Elektron kutubxona, O’quvchilar ma’lumotlarini yuritish.
c) Rejalashtirish, kadrlarni boshqarish, Davomat.
d) Dars jadvali, Monitoring, O’qituvchilar ma’lumotlarini yuritish
26. Xalq ta'limi tizimidagi axborot tizimlari berilgan qatorni ko‘rsating?
a) xt.uzedu.uz, tanlov.uzedu.uz, akt.uzedu.uz
b) ziyonet.uz, uzedu.uz, my.gov.uz
c) uzedu.uz, eduportal.uz, lex.uz
d) xt.uzedu.uz, gov.uz, ziyonet.uz
27. Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi portalini ko’rsating?
a) cict.uz
b) xt.uzedu.uz
c) uzedu.uz
d) ziyonet.uz
28. Xalq ta'limi vazirligining axborot ta'lim portalini ko‘rsating?
a) eduportal.uz
b) uzedu.uz
c) tanlov.uz
d) xt.uzedu.uz
29. Fanlardan virtual laboratoriya ishlarini On-line muhitda o‘tkazish quyidagi javoblarning qaysi birida to‘g‘ri ifodalangan?
a) Laboratoriya ishini to‘g‘ridan – to‘g‘ri internet tarmog‘i orqali kompyuter ekranida modellashtirilgan rangli, ovozli, jonli, animatsion holatida namoyon bo‘lishi.
b) An'anaviy laboratoriya ishlari tavsiflari va rasmlarining elektron variantining kompyuterdagi ko‘rinishi.
c) An'anaviy laboratoriya ishlarining rangli, ovozli, jonli, animatsion holatida komyuter ekranida namoyon bo‘lishi.
d) Laboratoriya ishining tavsiflari va rangli rasmlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri internet tarmog‘i orqali uzatilishi.
30. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiualaridan foydalanishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
a) ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
b) ta’lim jarayonini avtomatlashtirish
c) pedagogik jamoaning kompyuter savodxonligini oshirish
d) ta’lim tizimi moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.
31. “Davlat organlari axborot tizimlari va resurslarini ro’yxatdan o’tkazish tizimining web-saytini ko’rsating.
a) reestr.uz
b) ict.uz
c) gov.uz
d) ict.gov.uz
32. O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalini ko’rsating?
a) ict.uz
b) regulation.gov.uz
c) my.gov.uz
d) reestr.uz
33. Portal bu?
a) inglizcha portal – darvoza degan ma'noni bildiradi.
b) lotincha portal – eshik degan ma'noni bildiradi.
c) nemischa portal – oyna degan ma'noni bildiradi.
d) fransuzcha portal – devor degan ma'noni bildiradi.
34. ZiyoNET tarmog‘ida …
a) o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun axborotlarni o‘zida jamlagan axborot ta’lim resurslar mavjud.
b) o‘quvchilar, talabalar va ota-onalarga mo‘ljallangan axborotlarni o‘zida jamlagan axborot ta’lim resurslar mavjud.
otincha portal – eshik degan ma'noni bildiradi.
c) talabalar va tashkilot rahbarlari uchun axborotlarni o‘zida jamlagan axborot ta’lim resurslar mavjud.
d) talabalar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan axborotlarni o‘zida jamlagan axborot ta’lim resurslar mavjud.