Boshqaruvchilik va liderlikning axloqiy jihatlari



Download 25,81 Kb.
bet1/2
Sana09.12.2021
Hajmi25,81 Kb.
#190615
  1   2
Bog'liq
BOSHQARUVCHILIK VA LIDERLIKNING AXLOQIY JIHATLARI


BOSHQARUVCHILIK VA LIDERLIKNING AXLOQIY JIHATLARI

Samarqand davlat universiteti

Psixalogiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

Falsafa yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Meyliyev Nurbek Rustam o’g’li

Tel: +99899 591 50 98



Annotatsiya

Mazkur maqola boshqaruvchilik va liderlikning axloqiy tamoillari, vazifalari va boshqaruvi ostidagi jamoa bilan bo’ladigan munosabatlari qisman yoritilgan. Bundan tashqari hozirgi kunda rahbar kadrlarga qo’yilayotgan talablar va ma’naviy qiyofasiga zid illatlar to’g’risida fikr bildirilgan.

Kalit so’zlar: boshqaruvchilik, liderlik, jamoa, jamiyat, rahbar, mas’uliyatsizlik, befarqlik, halollik, adolat, yangicha fikrlash, shaxsiy javobgarlik.

Boshqaruvchilar – korporatsiyalarning oliy mansabdor xodimlari, ular korporatsiyalarning kundalik ishlariga rahbarlik qiladi va direktorlar boshqaruvi qarorlarini amalga oshiradi. Mulk shaklidan qat'iy nazar boshqaruvchilar har qanday korporatsiya, kompaniya yoki firmada tashkilotchilik, boshqaruvchilik, muofiqlashtirish, taxlil vazifalarini bajaradi. Barcha boshqarish jarayonlari ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lib bir-biri bilan chambarchas bog’liq ikki qismdan tashkil topgan: birinchisi boshqaruv sub’ekti va ikkinchisi boshqaruv ob’ekti. Boshqaruv sub’ekti boshqarishning ma’lum bir maqsadga erishish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o’tkazuvchi qismi bo’lsa, boshqaruv ob’ekti boshqarishning boshqaruv sub’ektining ta’sirlarini qabul qiluvchi qismidir. Hozirgi kunda boshqarish funksiyalarini har xilcha talqin qilishadi. Masalan: rejalash, tashkil etish, quvvatlash, rahbarlik, nazorat, kommunikatsiya, tekshirish, baholash, qarorlar qabul qilish, xodimlarni tanlash, vakolatlar jo’natish va muzokara yurgazish hamda shartnomalar tuzish.

Liderlik (inglizcha “leader” – yetakchi, boshlovchi) – umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va harakatini birlashtiruvchi ijtimoiy ta’sir jarayoni.[1] Lider bo’lish uchun tanlangan direktor yoki bosh menedjer bo’lishi shart emas. Lider yoki yitakchi – bu boshqalar uning tendensiyalari va g’oyalari ortidan intilishni istaydigan shaxsdir. Liderlikka vaqtincha erishish ham mumkin, ammo haqiqiy liderni keyingi olg’a qadamlar bilan o’zgartirib bo’lmas sodiqlik ajratib turadi. Lider bo’lish har bir kishining qo’lidan keladi. Liderlik qobiliyati hammaga berilgan. Haqiqiy lider bo’lish esa shu qobiliyatni qanday o’stirishga bog’liq. Ayrim insonlarda bu liderlik qobiliyati yoshligidan yaxshi rivojlanib o’z atrofidagilarining orasida hal qiluvchi so’zni aytadigan bo’lib shakllanadi. Jon Kuinsi Adams aytganidek, “Agar sizning harakatingiz boshqalarni ko’proq orzu qilishga, ko’proq o’rganishga va o’z ustida ishlashga ilhomlantirsa, u holda siz lidersiz”.

Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda boshqaruvchi va liderlarning o’rni va roli juda ham katta. Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ham mamlakatimizda boshqaruvchilarni tanlash va tayinlashga katta e’tibor bermoqda. Mamlakatimizni 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2007-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida davlat rahbarlari xususida gapirib, quyidagi fikrlarni bildiradi: “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o’rinbosarlari bo’ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo’ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak”.[2] Hozirda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev o’z chiqishlari asosida rahbar kadrlarga quyidagi talablarni quymoqda: tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik,yangicha fikrlash, tashabbuskorlik, halollik, ilg’or boshqaruv usullarini qullash va samaradorlik. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ham boshqaruvchilik to’g’risida juda qimmatli ma’lumotlar ham keltirilgan. Jumladan, “yaxshilik ta’limini va sadoqatni amalga oshirib, yaxshi hokimlar hokum yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan adolatli qonunlarni amalga oshirsinlar…”. [3]

Haqiqiy lider o’z faoliyatida axloqiy normalarga katta e’tibor berib, amal qilishi zarur. Bu axloq normalari:

Birinchidan. O’z va’dalarida turish. Va’dasini ustidan chiqmaydigan odamlar hech kimga yoqmaydi. Va’dada turmaslik – ishonchni yo’qotish demakdir. Lider ko’plab sifatlarga ega bo’lishi mumkin, lekin o’z va’dasida turmasa, odamlar uchun dushmanga aylanadi.

Ikkinchidan. Lider inson o’zini jamoaning bir qismi sifatida ko’rishi kerak. Agar siz idoraga kostyum va galstukda kelib, har doim soatga nazar tashlasangiz odamlar sizni kasbiy uchrashuvga kechikayotgan ahmoqni kutayotgan odamdek ko’rishadi. Futbolka va kepkada kelsangiz, ular buyurtma qilgan pitsalari qayerda ekanligini o’ylay boshlaydi. Agar siz liderlik qilishni istasangiz, unda bu jamoaning bir qismi sifatida ko’rinishingiz kerak.

Uchinchidan. Jamoaga yaxshi munosabatda bo’lish kerak. Siz o’z jamoangizga g’amxo’rlik qilish kerakligini bilasiz, ammo bunga o’z harakatlaringizda ham rioya qilishingiz kerak. Agar jamoangizga birgalikda harakat qilish, huddi o’yin-kulgu qilayotgandek ishlash va mijozlar bilan shirinsuxan bo’lishni va’z qilsangiz-u, lekin o’zingiz ular endi tabassum qilaman deganda har 5 daqiqada baqiraversangiz, o’z falsafangizga amal qilmagan bo’lasiz. Yaxshi namuna bo’ling va ular sizga tenglashadi. Olloh ham kishilar bilan so’zlashayotganda, muomala qilayotganda ochiq yuzli bo’lishni buyuradi va qo’pollikdan qaytaradi. Olloh payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallamga qarata shunday deydi: “Ollohning rahmati ila ularga muloyim bo’ling. Agar qo’pol, qalbi qattiq bo’lganingizda, atrofingizdan tarqab ketar edilar”.[4] Islom dini musulmonlarga har doim xushmuomala, shirinso’z bo’lishlarini eslatadi, qo’pol va yomon so’zdan tiyilishni aytadi. Hatto shirinso’zlikni ibodatdan ustun quyadi.

To’rtinchidan. Jamoangizni takomillashtirishga bo’lgan sadoqatingizni ko’rsating. Tashkilotingizning o’sishi uchun har bir kishi takomillashishi kerak. Bu sizning yaxshi ekanligingiz bilan hech qanday aloqasi yo’q, jamoangizni yaxshi qilishingiz kerak. Ideal holda kun oxirida, topshiriq bajarilgach, jamoa “Ha, buni uddaladik!” deb hayratlanishi kerak, “Ha, men uddaladim!” deb emas. Jamoangiz o’sishi uchun siz ularga e’tibor berishingiz kerak. Ular bilan individual tanishing va ularni guruhning yanada faolroq a’zosi bo’lishga rag’batlantiring. Ularga o’rganishiga, rivojlanishiga va kerak bo’lganda boshqaruvni o’z qo’liga ola bilishga yordam bering.

Beshinchidan. Savol bering. Hech qachon jamoangiz a’zolaridan savol kutmang – ular hech qachon savol va takliflar berolmasligi mumkin. Shunga qaramay, siz barchasini qanday qilish kerakligini aytib turuvchisiz. Atrofga nazar soling va atrofingizdagi dunyoni qanday yaxshilash mumkinligi haqida o’ylab ko’ring. Atrof-muhitni kuzatib, odamlarni tinglang. Qanday yordam bera olaman? Qaysi savol javobsiz qoldi? Tashkilot nimadan foydalanishi mumkin? Jamoangiz ularning fikri inobatga olinmay qolishi mumkinligidan chuchib, sizga uni bayon etmasligi mumkin. Ular yetakchilik qilmagani, ularda ajoyib g’oyalar yo’q degani emas. Shuning uchun har doim savol beruvchi bo’ling.

Oltinchidan. Faqat kerak bo’lgandagina liderlik qiling. Haqiqiy lider faqat kerak bo’lgandagina lider bo’ladi, “Men shu yerdaman” deb e’lon qilmaydi. Lider har bir ishga aralashib, uni o’zi xohlagan tomonga burmaydi. Bajarish kerak bo’lgan ishni ko’ra olish va to’g’ri keladigan vaziyatda paydo bo’lishi kerak.

Yettinchidan. Lider o’z izdoshlariga g’amxo’rlik qilishi kerak. Ularning yetakchi emasligi ularning axmoq ekanligini anglatmaydi. Ular rahm-shavqatli ekaningizni va siz ularga chin dildan g’amxo’rlik qilayotganingizni sezishadi. Agar siz samimiy bo’lmasangiz, ular sizni “taxtingizdan” tezda ag’darib yuborishadilar. Ularsiz siz liderlik qila olmaysiz, demakki hech qanday lider bo’lmaydi.G’amxo’rlik qilish ularning xohish-istaklariga indamay rozi bo’lish degani emas. Siz jamoa uchun qanday yo’lni tutish yaxshi ekanini bilganingiz uchun liderlik qilasiz. Agar kimdir sizning fikrlaringiz bilan rozi bo’lmasa, demak ular xohlagan narsalarni jimgina berish kerak emas. Ular siz bilan rozi bo’lmasliklariga imkon bering, ularning fikrlarini tinglang va nima uchun siz boshqacha fikrlayotganingizni tushuntiring. Ular siz g’amxo’rlik qilayotganingizni his qilishlariga yo’l quying, lekin eng yaxshi deb hisoblagan yo’lingizni tuting.

Bundan tashqari rahbar ma’naviy qiyofasiga zid illatlar ham bo’lib, bularga: hayotdan uzilganlik, qattiqqo’llik, befarqlik, no’noqlik, mas’uliyatsizlik, ta’magirlik, kampaniyabozlik, sansolarlik va xo’jako’rsinlik kabilarni ham kirgazish mumkin. Rahbar bulardan ehtiyot bo’lishi lizim. Shuningdek rahbar faoliyatida eng asosiy axloqiy tamoillar hisoblangan inson huquqlari, qonuniylik, ijro intizomi, mas’uliyat, layoqat, ixlos, adolat, profilaktika, sadoqat, xalqni rozi qilish, xizmat qilish va iqtisodiy o’sish kabilarga ham amal qilish kerak.

Hozigi kunda rahbar yoki liderning o’z qo’l ostidagilarni moddiy yoki ma’naviy rag’batlantirib turishi juda ham muhim hisobaladi. Rag’bat bizni qilgan ishimiz uchun mukofatlaydi va uni takrorlash istagini vijudga ketiradi. Ayrim rahbar insonlar boshqaruvchilikda tanqidning ham o’rni katta deb bilishadi. Lekin tanqid insonga emas, yo’l qo’yilgan nojo’ya harakatga qarshi qaratilishi kerak. Tanqidda so’z va iboralarni tanlashga insonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ularning kegusida ishlashga qanday ta’sir qilishini oldindan taxmin qilish zarur. Kek saqlash – bu rahbar kishining eng yaxshi fazilatlaridan bo’la olmaydi. Ranj-alamni saqlamaslik, ularni ishdan bo’sh paytagi va ayniqsa, kechqurungi o’ylab chiqish mavzusiga aylantirmang. Tobe ishchi ehtimol, allaqachon unutib yuborgan eski arazlarni eslab tilga ola ko’rmang. E’tirozlarni ham aniq ifoda etish, yarim shaffof kesatmalarga yo’l qo’ymaslik zarur (“Ba’zi ishchilarimiz kechikishni yaxshi ko’radi”, “Oramizdagi ayrimlar buni… deb hisoblaydi”). Bunday iborlar insonni mujmal holatga solib qo’yadi – javob berishning iloji yo’q, “ba’zilar” va “ayrimlar” ning ismlari aytilgani yo’q, jim turib ham bo’lmaydi, chunki bir tamondan, hamma kim to’g’risida gap ketayotganini tushungandek, tuyuladi. Bunday muhit jamoada normal munosabatlarning rivojlanishiga zarracha hissa qo’shmaydi, aksincha unga salbiy ta’sir qiladi. Rahbar shaxs o’z qarorlari uchun javob bera olishi ham kerak.Agar qarorlari uchun javobgarlik olishga tayyor bo’lmasa, ikkilansa va o’zidan shubxa qilsa, ehtimol o’z o’rnini tark etishi kerak. O’ziga ishonmagan rahbar ko’pincha zolim insonga aylanadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ham hozirgi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevni “mas’uliyatli, har qanday vaziyatda ham javobgarlikni o’z bo’yniga ola oladigan, har qanday vaziyatda ham odamlar bilan til topishishga qodir insondir!” – degan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak har bir rahbarning o’z faoliyati davomida axloqiy qoida va normalarga rioya qilishi juda ham zarur. Bu normalarga amal qilish rahbarning o’z faoliyatida katta yutuqlarga erishishiga yordam beradi. Yusuf Xos Hojib ta’kidlaganidek, “hokimlarning va ularga tobe kishilarning har tamonlama axloqiy komil bo’lishi davlatning siyosiy jihatdan mustahkamlanishiga, obro’-e’tiborining oshishiga olib keladi”.[5] Shuning uchun ham rahbarlar, nafaqat rahbarlar balki butun jamiyat axloqiy tamoillarga amal qilishi juda muhim.


Download 25,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish