Liberal.Avtoritar rahbar barcha ko‘rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin ohangda xodimlariga etkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga do‘q-po‘pisa, keskin ta‘qiqlash kabi qat‘iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri nima bilan bo‘lsa-da, o‘z xukmini o‘tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo‘ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarini maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilishi sof sub‘ektiv bo‘lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o‘sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Jamoa a‘zolarining tilak-istaklari, fikrlari, maslahatlari juda kam xolatlardagina inobatga olinadi.Demokratik rahbar, aksincha, o‘z qo‘l ostidagilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning qobiliyatini hisobga oladi, shaxsiy moyilliklarni ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar taklif ma‘nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoklarcha do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, lavozimini oshirish, kamchiligiga baho berish (ishdagi) doimo jamoa a‘zolarining fikri bilan kelishgan xolda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha, taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish xolida «aybdor»ga etkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Bunday boshliqning fazoviy ijtimoiy xolati «jamoa ichida». Jamoada tanqid, o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatida hech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘proq
boshliq emas, jamoaning boshqa faollari—norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Demokratik rahbar, aksincha, o‘z qo‘l ostidagilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilaming qobiliyatini hisobga oladi, shaxsiy moyilliklarni ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar taklif ma‘nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoklarcha do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, lavozimini oshirish, kamchiligiga baho berish (ishdagi) doimo jamoa a‘zolarining fikri bilan kelishgan xolda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha, taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish xolida «aybdor»ga etkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Bunday boshliqning fazoviy ijtimoiy xolati «jamoa ichida». Jamoada tanqid, o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatida hech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘proq boshliq emas, jamoaning boshqa faollari—norasmiy liderlar tanqid qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |