Boshqaruv tamoyillari


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 23,31 Kb.
bet6/6
Sana03.07.2022
Hajmi23,31 Kb.
#737583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ishi B.T.F test

Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi:
 umumjamiyag manfaatlari;
 jamoa manfaatlari;
 shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator
muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan
munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:

 korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik


berish;
 xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq
imtiyozlarini berish;
 korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
 moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
 bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat
va hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan
mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi
xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini
vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhi ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:

 jiddiy rejalar qabul qilishga:


 mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
 yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
 mehnat unumdorligini oshirishga;
 raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga
da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi
kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun
jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir
davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
 soliq va soliq yuki;
 boj to’lovlari;
 subsidiya va sanktsiya;
 litsenziya;
 transfert to’lovlari;
 narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni
shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat
muhim jarayonlarni boshqaradi.

Test
1. Ichki investitsiyalar —bu
a) .mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi.
b) foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo‘yiladigan investitsiyalardir.
c) korxonalarni yaratish, ishlab chiqarish yoki savdo hajmini kengaytirishga sarmoyalar.
d) mablag 'xodimlarni rivojlantirish, tovar yoki tovar belgilarini reklama qilish, bozor tadqiqotlari, reklama, savdo maydonlarini loyihalashtirish va h.k.
2. Investitsiyalarni asosiy turlari nechta?

  1. 2

  2. .3

  3. 4

  4. 5

3. Umumiy ko‘rinishda iqtisodiy samaradorlik (Eu)ni fo'rmulasi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan.

  1. Ru=Eu/Zu

  2. Zu=Eu/Zu

  3. Eu=Zu/Ru

  4. .Eu=Ru/Zu

4. Samara — bu

  1. kutilganicha yoki undan ham ortiq samara

  2. Menejment samaradorligi

  3. .natija, oqibat, mevadir

  4. natija, xususiyat, etibor

5. Samaradorlikning nechta turi mavjud?

  1. 2

  2. .3

  3. 4

  4. 5

6. Lider so'zi qaysi tildan olingan?

  1. nemischa - leader etakchi, boshqarish

  2. .inglizcha - leader etakchi, boshqarish

  3. fransuzcha - leader etakchi, boshqarish

  4. lotincha - leader etakchi, boshqarish

7. Rahbar-bu

  1. .professional bilimlarga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini biladigan, boshqaruv qonun-qoidalarini puxta egallagan va ularga amal qiladigan malakali mutaxassisdir.

  2. o'ziga xos boshqaruv uslublari to'plami, bo'ysunuvchilarga nisbatan etakchi.

  3. boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullarini biladigan shaxs.

  4. boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarishni biladigan hodim.

8. Axborot deb nimaga aytiladi?

  1. matinli habarlarga

  2. rasm, audio, vidoga

  3. texnikada turli asboblar va xokazolar

  4. .inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga

9. Qaror-bu

  1. .bajarilishi lozim bo'lgan ishning aniq bir yo'lini tanlab olishdir.

  2. tashkilot oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishni taminlash.

  3. boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tizimli yondashuv.

  4. tashkilot muammolarini hal qilishga qaratilgan va vaziyatni tahlil qilish.

10. Elektron hukumat deganda nima tushiniladi?

  1. davlatlar elektron hukumatni rivojlantirish uchun bir qancha kuch, moliyaviy resurs sarflaganiga qaramasdan, u keltiradigan foyda .

  2. aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi.

  3. .fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.

  4. davlat oganlari ko'rsataѐtgan hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish‖ deb tushunish mumkin

Download 23,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish