BMIning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi korxonalarning boshqaruv strukturasi va ular faoliyatidagi samarali boshqaruv faoliyatini, vazifalarini tashkil etish orqali qulay boshqaruv jarayonlarini tizimli o’rganish asosida, O’zbekistondagi korxona va tashkilotlarda ushbu tajribalarni joriy etish yo’llarini asoslashdan iborat.
Tadqiqotning asosiy maqsadidan kelib chiqib bitiruv-malakaviy ish mavzusidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
tashkiliy boshqaruv strukturasi haqida tushuncha va uning turlarini nazariy jihatdan o’rganish;
boshqaruv faoliyatida tashkiliy tuzilmalarning afzalliklari hamda kamchiliklarini asoslab berish;
tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirishning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
“Auto Plast Parts” qo’shma korxonasining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi va uning faoliyatida boshqarishning holati tahlilini amalga oshirish;
“Auto Plast Parts” qo’shma korxonasining moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini berish;
tashkiliy tuzilmani tashkilot strategiyasiga moslashtirishning zamonaviy usullarini ko’rsatib berish;
tashkiliy tuzilmalarni tashkilotga moslashtirish faoliyati istiqbollarini ko’rsatish;
xalqaro bozorlarda ishtirok etadigan korxonalarni tashkiliy jihatlarini ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va xulosalar berishdan iborat.
BMI ning ob'yekti sifatida, “Auto Plast Parts” qo’shma korxonasi faoliyati tanlandi.
BMI ning predmeti sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv strukturalari faoliyati, ularning afzalliklari va kamchiliklari, ulardan samarali foydalanish tizimida rahbar va menejer mehnatini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash jarayoni, bunda yuzaga keluvchi muammolar va ularni hal qilish jarayonlari tanlandi.
BMI mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati xorijlik olimlarning izlanishlarida atroflicha o’rganilgan. Jumladan, F.Kotler, M.Porter, R. Laykert, G.Emersson, M.Meskon, M.Albert, P.Zander, K.Ardjiris, P.Litvin, G.Stringer, P.Terner, A.Pettigru, T.Peters, R.Vaterman, T.Dil, L.Smirsich, Dj. Martin, J.Kotter, J.Xesket, L.Kammingslar tomonidan O’zbekistonlik olimladan esa, M.Sharifxo’jayev, Yo.Abdullayev, N.Rasulov, S.Gulyamov, N.Sadikov, D.Rahimova, Q.Abdurahmonov, J.Aliyev, Sh.Zaynutdinov, R.Fatxutdinov, H.Abulqosimov, N.Qosimova, M.Hakimov, F.Ergashev, E.Nabiyev va boshqalar tomonidan atroflicha o’rganilgan.
O’zbekistonda boshqaruv tizimida tashkiliy boshqaruv tuzilmalarining to’g’ri tanlash, ularning afzalligi va kamchiliklari, ularda faoliyat olib borayotgan menejerlarning o’rni va ahamiyati, mavjud muammolarni yechishga qaratilgan fundamental ishlarni bugungi kungacha amalga oshirilmaganligi va shuningdek, zamonaviy boshqaruvni joriy etishning amaliy jihatlariga bag’ishlangan asarlarning yetarli emas ekanligi mazkur mavzuning tanlanishiga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |