Tashkiliy tuzilmalarni o’zgartiradigan va korxonaning xalqaro muvaffaqiyatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadligan tadbirlar:
Yangi tovarlarni ishlab chiqish masalalardan tashqari barcha jabhalarda halqaro miqyosidagi qarorlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish.
Menejmentni rivojlantirishni keng ko’lamdagi dasturlarini mavjudligi va oliy darajadagi rahbarlik lavozimlarga chet elliklarni jalb etish.
Oliy darajadagi rahbarlik lavozimlarga nomzodlarni taklif etishda halqaro miqyosda ishlash tajribasi borligi talabi.
Global bo’g’inda ishlaydigan menejerlarni elektron pochtadan foydalanish hamda videoyig’ilishlarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan texnik vositalar bilan ta’minlash.
Chet el filiallaridagi mahsulotlar bo’yicha menejerlarni mazkur mamlakatda korxonaning barcha turdagi faoliyatini boshqaradigan rahbariga shartli ravishda hisobot berishi.
Mahalliy bajaruvchilarni chet ellardagi korxona amallariga rahbarlik qilish uchun jalb etish (ammo, bu omil qisqa vaqtda muvaffaqiyatli ishlayotgan korxonalarni farqlantiradigan alomat deb saqlanib qolmaydi, chunki bunday yondashuv deyarli hamma korxonalar o’z amaliyotida qo’llay boshlaydi).
Tashkiliy tuzilmalarni o’zgartiradigan va korxonaning halqaro muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko’rsatadigan tadbirlar:
Global bo’linmalarni tashkil etish.
Xalqaro strategik biznes-birliklarni tashkil etish.
Mahoratlik markazlarni tashkil etish (bu erda bitta korxona, faqat o’zining imkoniyatlariga tayangan holda, asosiy tovarlar yoki paydo bo’ladigan texnologiyalarga – ularni ma’qullash yoki rad etish bahoni berish uchun ular hali o’ta yangi – mas’uliyatni oladi).
Turli mamlakatlar korxonalarini mutaxassislardan iborat xalqaro komandalarni turli masalalar va muammolarni hal etishga jalb etish.
Global integratsiyalashgan axborot boshqaruv tizimlarni yaratish.
Uning tashkiliy tuzilmasidagi o’zgarishlar nimaga qodir va nimaga qoldir emasligi ro’yxatini davom ettirish mumkin. Umuman olganda, o’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatdiki, korxonalar uchun tashkiliy tuzilma huddi korxonada narxlar va xususiyatlari bilan o’ziga e’tibor tortuvchi tovarlar mavjudligi kabi muxim. Yaxshi tashkillashtirishdan yaxshi natijalar kutish kerak emas. Undan tashqari, masalan, “mahorat markazlari” shunchalik yangi bo’linmaki, ularning sotuvlar va foydaning o’sishiga qanchalik ta’sir ko’rsatishini aniqlash qiyin.