Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar
Hisobchi
rasm. “Auto Plast Parts” qo’shma korxonasiboshqaruv tashkiliy tuzilmasi15.
“Auto Plast Parts” qo’shma korxonasi boshqaruv tashkiliy tuzilmasi oddiy bo’lib, ikki darajali tuzilmaga ega, bunday tizimda yuqori (rahbar) va quyi (ijrochi) daraja mavjuddir. Bu usul firma xizmat ko’rsatishida bir turdagi ishlarni bajarishda, personal ixtisosliklari bo’yicha tabaqalashtirilmaydigan sharoitlarda bo’lganligi sabali qo’l keladi. Korxona personalini boshqarishning u yoki bu shaklini tanlash faoliyat miqyosi va xilma-xilligi, korxonaning tashkiliy-huquqiy
15 “Auto Plast Parts” qo’shma korxonasining ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
shakli, texnologiya turi, rahbarlar va xodimlar tomonidan korxonaga munosabat, ichki muhit dinamikasi, personalni boshqarish strategiyasi kabi bir qator omillarga bog’liq. “Auto Plast Parts” qo’shma korxonasida mehnatni tashkil etish
– brigada shaklida amalga oshiriladi. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik, direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor ustav va ta’sischining qarori bilan belgilangan vakolatlari va huquqi doirasida Jamiyat faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Jamiyat direktori:
Yig’ilish qarorlarini tayyorlaydi va ijrosini tashkil etadi hamda ularni ijro etilishi to’g’risida hisobotni taqdim etadi;
Jamiyat mulki unga ta’sischi tomonidan belgilangan doirada va pul mablag’larini qo’shib idora qiladi;
Jamiyat nomidan vakolatnoma olmasdan shartnomalar (kontraktlar) tuzadi va ularni bajarilishini ta’minlaydi;
Bank hujjatlari, to’lov cheklarini imzolaydi;
Jamiyat xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi, lavozimdan lavozimga o’tkazadi va ishdan bo’shatadi, xodimlarni rag’batlantiradi, nizomiy jazolar tayinlaydi;
Tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, shuningdek, davlat organlari bilan bo’lgan munosabatlarda, mazkur ustavda belgilangan vakolati doirasida jamiyat faoliyati masalalari bo’yicha jamiyat nomidan vakillik qiladi;
Direktor ta’sischining mutloq vakolatiga kirmaydigan boshqa barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishga haqli.
Taftish komissiyasi raisi va a’zolari ta’sischi tomonidan tayinlanadi. Taftish komissiyasi ta’sischi oldida o’z faoliyati uchun javob beradi va unga o’tkazilgan taftish hisobotlarini, shuningdek, yillik hisobotlar bo’yicha xulosalarni taqdim etadi;
Taftish komissiyasi jamiyatning barcha mansabdor shaxslardan barcha kerakli materiallarni, buxgalteriya va boshqa hujjatlarnihamda shaxsiy tushuntirishlarni talab qilishga haqli.
Taftish komissiyasi a’zolari ijro organining majlislarida maslahat ovozi huquqiga ega bo’lgan holda ishtirok etadilarva h.k.
Bozor sharoitlarida “Auto Plast Parts” qo’shma korxonasi personalni shakllantirishda ikki muhim sifat- barqarorlik va safarbarlikni birgaligiga asoslangan yangi yondashuvni qo’llash mumkin bo’ladi. Masalan, korxona doimiy shtatni yetakchi mutaxassislar bilan chegaralab, qolgan xodimlarni kerak bo’lishiga qarab tashqi bozordan jalb qilganda shunday qaror qabul qilinishi mumkin. Vaqti- vaqti bilan davriy holda personalii almashtirib turuvchi xorijiy mamlakat korxonalari tajribasi bo’lib, undan O’zbekistan sharoitida ham foydalanish mum- kin. Shu bilan prinsipial yangi, egiluvchan kasblar va lavozimlarni shakllantirish tizimiga xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va ishlatish asosida korxonaning aniq vazifalari va undagi mavjud inson resursini anglagan holda o’tish uchun sharoitlar yaratiladi.Korxona xodimlarini yollash va bo’shatish, ularning imkoniyatlari va faoliyat natijalarini baholash, ularning sifat darajasini oshirish kabi vazifalar xodimlarning shaxsiy tarkibini shakllantirishga kiradi.
jadval .
Do'stlaringiz bilan baham: |