Muloqotga e’tibor
– rahbardagi kerakli xodimlarning ma‟lumotlar bilan
ta‟minlanish jarayonini nazorat qilib bora olish xususiyati.
Mustaqillik va yo‘nalganlik
– barcha ishlarni rejalashtirishda mustaqil fikr
hamda intilishga ega bo„lish, kuchli raqibni ko„rgan taqdirda ham, uning
yutuqlarini erkin tarzda o„z manfaati nuqtai nazaridan baholash va o„z foydasiga
bo„ysundira olish sifati.
Mutaxassislik
–
faoliyatning aniq shakli bo„lib, mehnat egasining kasbiy
tayyorligi, mehnat vositalari, jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Muzokara
– bu biror-bir masala yuzasidan kelishuv jarayonidir. Bu
jarayonda, odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o„z
manfaatini amalga oshirishni ko„zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |