Ijtimoy-psixologik boshqaruv usullari –
mehnatkashlarning ishlab chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok
etishiga asoslangan bo„lib, uning qo„llanilishidan asosiy maqsad jamoalarda
sog„lom ijtimoiy-psixologik muhit yaratishdan iboratdir.
Burch – muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini
anglash.
Daholik – favqulodda kuchli aql, xotira, sinchkovlik, zukkolik egasi va
ilmiyijodiy iste‟dodi, bilimi hamda intellektual salohiyati jihatidan o„z davridan
ilgarilab ketgan shaxs.
Davlat – muayyan hududda boshqaruvni amalga oshiradigan, huquqlari va
kuch ishlatish imkoniyati qonuniy musstahkamlangan siyosiy apparat (hukumat
institutlari va davlat xizmati amaldorlari).
D. – hamma jamiyatlarda ham bo„lgan
emas. U ovchilar va termachilar jamiyatida, shuningdek, agrar tipdagi kichik
jamiyatlarda ham bo„lmagan.
D. ning paydo bo„lishi insoniyat tarixida juda muhim
231
qadam bo„ldi, chunki siyosiy hokimiyatning markazlashuvi ijtimoiy o„zgarishlar
jarayoniga yangi kuch bag„ishlaydi.