Boshqaruv psixologiyasi darslik


(1) Kontseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari



Download 5,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/169
Sana19.04.2023
Hajmi5,57 Kb.
#930483
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   169
(1) Kontseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari:
(a) dunyoqarashning kengligi va global yondashuv;
(b) uzoqni ko„ra bilish va egiluvchanlik;
(c) tashabbuskorlik, dadillik va tavakkalchilikka moyillik;
(d) muntazam o„z ustida ishlash va uzluksiz ta‟lim. 
(2) Shaxsiy sifatlar:
(a) maqsad va yo„nalishlarni aniq belgilash xususiyati;
(b) o„zgalar fikrini tinglay olish qobiliyati;
(c) xolislik, samimiyat va bag„rikenglik;
(d) adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo„yish hamda 
ular imkoniyatlaridan to„la foydalanish;
(e) shaxsiy yoqimtoylik;
(f) jamoani tashkil etish va unda uyg„un psixologik muhitni ushlab tura olish 
qobiliyati. 
(3) Salomatlik. 
Lekin barcha o„tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo„ldiki, 
amerikalik rahbarlar ko„proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar 
ko„rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo„lishi tarafdorlari bo„lsalar, 
yaponiyaliklar – xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi 
sharoitlarni yaratishga e‟tibor beradilar. 
Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, rahbarda tug„ma qobiliyat bo„ladi, deb ham, 
ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab, stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, 
deb ham aytib bo„lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko„plari rahbarlik uchun 
qulay va ma‟quldir. A. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini 
sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta, bo„lishi 
lozim bo„lgan ayrim sifat qobiliyatlar borki, o„shalar haqida qisqacha to„xtalib, 
o„tmoq lozim. 
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt – aql-zakovat(IQ)ning ma‟lum 
darajadagi normasi bo„lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o„rtadan yuqori 


164 
bo„lmog„i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo„lgan 
rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, 
bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to„siq bo„lishini 
amaliyot va hayotiy tajriba ko„rsatadi. Rahbardagi o„rtadan yuqori intellektni 
qoplab ketadigan boshqa yana muhim sifatlar ham borki, ular boshqarish ishining 
samarasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik tashabbuskorlik sifatlari. 
Chunki ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo„l-yo„riqlar 
ko„rsata olishi, har bir aytilgan fikr, ish yuzasidan qabul qilingan qarorga mustaqil 
baho bera olishi zarur. 
Mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. 
Rahbarda mustaqillik bo„lsa, unda o„ziga ishonch ham bo„ladi, bu esa o„z 
navbatida rahbardagi sub‟yektiv talablar darajasining yuqori bo„lishiga olib keladi. 
Ko„pincha rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi. Lekin yaxshi 
rahbar o„z o„ziga nisbatan talabchan bo„lishi kerak. O„zini o„zi baholash va shu 
asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqish boshqaruv 
faoliyatini tashkil etishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. 
Har qanday rahbar uchun lozim bo„lgan universal xislatlardan yana biri, 
uning tom ma‟noda “ziyoli” bo„lishi, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli 
bo„lishidir. Boshliq o„zidagi madaniyatni avvalo, muomalada, odamlar bilan 
bo„ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog„i lozim. Muomala madaniyati – 
bu o„rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san‟ati va ikkinchi tomondan, 
suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o„rtasida kelib 
chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik, yo gapni to„g„ri 
yo„sinda gapira olmaslik xususiyati yotadi. O„zganing o„rniga tura olish, uning his-
kechinmalariga sherik bo„lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-
toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir. 
Ham jamoa, ham shaxsiy faoliyatni rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun 
muhim bo„lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o„zini o„zi 
boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda 


165 
uyushtirishni ta‟minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish – 
o„ziga xos kelajakni ko„ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo„lib, bu narsa 
shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanliligining muhim 
belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo„lib, u shaxsning o„z diqqatini 
qanchalik darajada boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan 
unumli foydalana olish, ortiqcha ishlardan o„zini tiyish, qo„l ostidagilarga imkoni 
boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni 
o„z vaqtida nazorat qilib, monitoring yuritish imkoniyati bilan bog„liq.
O„z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo„lgan rahbar realistik 
tafakkurga ega bo„lmog„i, ya‟ni har qanday sharoitlarda ham mavjud muammo 
yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to„g„risi va maqsadga 
muvofig„ini tanlay oladigan, ishni to„g„ri tashkil eta bilgan, kam kuch va vaqt 
sarflab ishni operativ uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish 
taktikasini to„g„ri yo„naltira oladigan boshqaruvchi bo„lishi kerak. Bundan 
tashqari, yaxshi rahbar kun tartibida turgan muammoning detallarigacha (har bir) 
tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari, fazalari va vositalarini 
oldindan ko„ra bilish qobiliyatiga ham ega bo„lishi zarur. Shunday taqdirdagina u 
muammoni yechimini topishga (ishga) dadil kirishishi, o„zgalarni o„z ortidan 
ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko„rsatkichlarga erishishi mumkin. 
 

Download 5,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish