Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‘yekti va



Download 13,55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.08.2021
Hajmi13,55 Kb.
#140851
Bog'liq
1-Amaliy javoblari Doston Ortiqov



Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‘yekti va

ob‘yekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro

itoatdaligi bilan xarakterlanadi. Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv psixologiysi fanida subordinasiya

deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi

munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti

nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar

tashkilot a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.

Tizimning bunday qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik

shakllarini yanada mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.

Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni

ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak,

vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi

munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya‘ni tizimning teng va mustaqil qismlari

o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega.

Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat

qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi

ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri

yuqorida ta‘kidlangan munosabatlarni

yanada mukammallashtirishdan iboratdir.

Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv

metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta‘minlash maqsadidagi ta‘sir etish

imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Tashkilot personaliga ta‘sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz:

ma‘muriy, moddiy va ma‘naviy shakllarda ta‘sir etish. Bularning har birida ma‘lum psixologik mazmun namoyon

bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.

Bunday ta‘sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish

masalasiga katta e‘tibor qaratiladi.

Boshqaruv ob‘yektiga ta‘sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita ta‘sir shakllari ajratiladi.

Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti masalasidir.

Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub‘yekti sifatida rahbarni, ob‘yekt tarzida esa

xodimni va

mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.

Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni

nafaqat boshqaruv sub‘yekti, balki ob‘yekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy

mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy

mavzulardan biriga

aylanadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining



predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.

Download 13,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish