Birinchi guruh - mehnat jarayonidagi ziddiyatlar.
Ikkinchi guruh - insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni empatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar xatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik va hokazo.
Uchinchi guruh - jamoa a’zolarining o‘ziga xosligi. Masalan, o‘zini boshqara olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do‘q-po‘pisa, haqoratlash- so‘kinish, munosabatga kirisha olmaslik.
Muomala jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlardagi muammo shundaki, insonlar muomalada bo‘lib, ba’zida bir-birlarini umuman tushunmaydilar, hattoki raqibingiz aniq, lo‘nda gapirsa ham. Sizningcha, insonlar go‘yoki sizni eshitmayotgandek. Xuddi shuningdek, ayrim hollarda siz ham ularni tinglamasligingiz mumkin.
Muomala jarayonidagi qiyinchiliklarni inobatga olib, Ye.Melburd, V.Zigert va L.Lang tomonidan insonning ziddiyatli vaziyatlardagi xatti- harakatlarining psixologik standart bilan mos ravishdagi modeli ishlab chiqildi. Bu borada ziddiyatni konstruktiv hal etish quyidagi omillarga bog‘liq:
ziddiyatni adekvat tarzda idrok etish, ya’ni shaxsiy kechinmalarsiz ikkala tomonni ham to‘g‘ri baholay olish;
muomalaning samimiyligi va samaradorligi, muammoni har tomonlama yechimini topish, ziddiyatlarda xolislikka amal qilish;
o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yaratish. Rahbarning ziddiyatlarni vujudga keltiruvchi individual xususiyatlarni bilishi muhim ahamiyatga ega;
Psixologlarning bu boradagi tadqiqotlarini umumlashtirib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, mazkur holatda atrofdagilarni to‘g‘ri fikrlariga zid kelib, ziddiyat uchun zamin yaratiladi;
ustunlik qilishga intilish;
o‘z fikriga sodiqlik tufayli yangiliklardan voz kechish;
fikrlarni bayon etishda ortiqcha to‘g‘rilik, haqiqatni ayta olish;
qat’iylik;
shaxs emotsional yig‘indisi - bezovtalik, darg‘azablik, qaysarlik;
Ziddiyatlar yuqoridagi holatlar bilan birga ziddiyatga moyillik tufayli ham vujudga keladi. Shaxslararo va ijtimoiy psixologik munosabatlarda fikrlarning bir-biriga mos kelmasligi shular jumlasidan. Masalan, muayyan shart-sharoitda faoliyat olib boruvchi turli temperamentdagi insonlarni olib ko‘raylik. Odatiy muhitda xolerik va flegmatik temperamentli kishilar ishni samarali bajaradilar (flegmatikning favqulodda mulohazakorligi va xolerikning shiddat bilan harakat qilishi).
Shuningdek, ko‘p hollarda shaxslararo ziddiyatlarning asosini manfaatlar va maqsadlar egallaydi. Masalan, korxona rahbari ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va ish samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, xodimlarni esa ko‘proq oylik maosh qiziqtiradi. Bunday holat ham ziddiyatni vujudga keltiradi. Aksariyat hollarda ziddiyat shaxsning imkoniyatlariga nisbatan qo‘yilgan yuqori talablar tufayli vujudga keladi.
Ziddiyatli vaziyatlardan o‘zini tuta bilish qoidalari.
Rahbar ziddiyatlarni nafaqat ish sohasi balki shaxsiy emotsional sohada ham ishlata olishi zarur. Xo‘sh, ziddiyatli shaxs bilan ishlash jarayonida o‘zini qanday tutish lozim:
Birinchidan - bunday odamlarda ichki o‘tkinchi kechinmalar bilan bog‘liq ehtiyojlar mavjud bo‘lib, ular shu orqali ehtiyojlarini qondiradi. Masalan, tajovuzkor o‘zining tajovuzi orqali qo‘rqoqligini yashirishi mumkin.
Ikkinchidan - o‘z hissiyotlarini jilovlab, boshqaning hissiyotlarini ro‘yobga chiqarishga uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Uchinchidan - bunday odamlarning qilayotgan harakatlarini jiddiy qabul qilmaslik.
To‘rtinchidan - ziddiyatli holatlarda muvofiq keluvchi usulni tanlash uchun bunday usullar qaysi toifa odamlarga mos kelishini ajrata olishingiz zarur.
Robert Bremson tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilishning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |