2.2.KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERIN1NG HUQUQ VA MAJBURIYATLARI «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish.
Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash- tirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash.
Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish.
Rahbar quydagilami ta’minlashi shart.
Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.
Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.
Buxgalteriya hisobi to'liq va aniq yuritilishini.
Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.
Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.
Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.
Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini.
Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo'jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya "hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo'yicha korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri- sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlami imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro'yxatining mavjudligi uchun javobgar bo'ladi.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo'jalik shaitnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo'lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari- ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo'shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Agar korxona bosh buxgalteri o'zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqljgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ulami arxivga o‘z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjatlami ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlami hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim.
Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ulami arxivga o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir.
2.3.KORXONA BUXGALTERIYASINING TASHKIL QILINISHI VA ULARNING FUNKSIYALARI
Buxgalteriya xodimlari korxonalaming ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob ma’lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi va tegishli tadbir choralarini ko'radi. Buxgalteriya korxona- lardagi boshqarish apparatining ajralmas qismi bo‘lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish qismlari va bo'limlari bilan mustahkam aloqada bo'ladi. Buxgalteriya xodimlari ish joylarini tashkil etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko‘p hollarda bir xildagi hujjatlar bilan ishlaydigan buxgalterlaming ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchagida, balki turli xonalarda bo'lishi kerak.
jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi.
Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallami saqlash va foydalanishi bo'yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
Hisoblashish bo'limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo'yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo'limi. Bu bo'limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
Umumiy bo‘lim. Bu bo'limda yuqorida sanab o'tilgan bo'lim- larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ulaming tuzilmasi ham har xil bo'ladi.
Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo'lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi bo'linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko'rsatmalar berish, yozma yo'riq- nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlami taftish qilish va buxgalterlaming malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.
HISOB YURITISH SIYOSATI
Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala- nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan- tirilishida 0‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risi- dagi qonun hujjatlarini qo'llash lozim.