- Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi tamoyili – xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ko‘lamini kamaytirish va o‘z faoliyatini tugatish maqsadlari yo‘qligini namoyon etib, istiqbolda hamisha rivojlanishga intilishini bildiradi. Bu tamoyil hisobchilarni uzoq muddatli muammolarning echimiga qaratilgan ma’lumot xizmatlarini yaratishga yo‘naltiradi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish raqobatbardoshliligi tahlili, xom-ashyo va materiallarni etkazib berish, assortimentni o‘zgartirish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, investitsiya qilish va shu kabi muhim masalalar borasida operativ (tezkor) va har tomonlama asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |