Sxematik tarzda uni quyidagicha aks ettirish mumkin.
Hujjatlashtirish - xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarning to‘liq ifodalanganligini kafolatlovchi birlamchi hujjatlar va elektron ma’lumotlar bazasi tushuniladi. Birlamchi hisob boshqaruv va moliyaviy hisob uchun asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatlashtirish - xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarning to‘liq ifodalanganligini kafolatlovchi birlamchi hujjatlar va elektron ma’lumotlar bazasi tushuniladi. Birlamchi hisob boshqaruv va moliyaviy hisob uchun asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Inventarizatsiya o‘tkazish – obyektning aniq bir davrga haqiqiy holatini aniqlash usulidir. Shuningdek, hisobga olinmagan moddiy ne’matlar, yo‘qotishlar, yetishmovchiliklar va talon-taroj hamda hisobot raqamlaridan og‘ishlarni hisobga olish usulidir. Inventarizatsiya o‘tkazish moddiy ne’matlarning to‘liq saqlanishiga imkon beradi, ulardan foydalanishni nazorat qiladi, hisob ma’lumotlarining to‘liq va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi.
Nazorat qiluvchi schyotlarni baholash, guruhlash va umumlashtirish – obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum belgilarga asosan yig‘ish va kerakli tizimga solish usuli. Boshqaruv hisobi obyektlarini guruhlashtirishning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xosligi, xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruvning tashkil etilish darajasi.
Guruhlashtirilgan ma’lumot xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalarini baholash hamda operativ (tezkor) va strategik qarorlar qabul qilishda samarali foydalaniladi.
Nazorat qiluvchi schyotlar – yakuniy schyotlar hisoblanib, ulardagi yozuvlar ma’lum bir hisobot davrining yakuniy summalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi schyotlar tizimi moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek hisob yozuvlarini to‘g‘ri va to‘liq o‘rnatilishiga imkon beradi. Ombor hisobidagi kartochkalarda amalga oshirilgan yozuvlar operatsiyalarni ro‘yxatga olish daftarining xronologik yozuvlariga, barcha operatsiyalar natijalarini ifoda etuvchi materiallar nomlanishi va nazorat hisobi bo‘yicha yig‘ma vedomostlarga muvofiq kelishi lozim.