Bo‘lim
|
Mavjud quvvat,
soatlarda
|
Iste’mol qilinayotgan quvvat, mahsulot birligiga soatlarda
|
Bir kunda maksimal ishlab chiqarish, dona
|
S albomi
|
L albomi
|
S albomi
|
L albomi
|
1-
ishlab chiqaru v tsexi
|
300
mashina soat
|
1,5
|
2,0
|
200
|
150
|
2-sinov tsexi
|
120 soat
|
1,0
|
0,5
|
120
|
240
|
jadvalda ushbu yechimga relevant bo‘lgan boshqa ma’lumotlar keltirilgan. Bitta S albomi uchun marjinal foyda 200 p.b. va bitta L albomi uchun 250 p.b.ni tashkil etishini ta’kidlab o‘tamiz.
Ma’lumki, L albomlari uchun materiallarning yetishmasligi, ularni bir kunda ishlab chiqarilishini 126 tagacha kamaytiradi. Aniqrog‘i, xo‘jalik yurituvchi subyekt L turdagi albomdan har qanday holatda ham 126 donadan ortiq ishlab chiqara olmaydi. Maksimal foyda olish uchun har kuni ikkala turdagi albomdan qancha ishlab chiqarilishi kerak? Shunday qilib, biz asosiy masalani ifodalab oldik.
2-jadval
Mahsulot
|
Ishlab chiqarish quvvatlari, donada
|
Sotish narxi, bir donasi, p.b.
|
O‘zgaruvcha n xarajatlar bir donasi, p.b.
|
Marjinal foyda bir donaniki, p.b.
|
1-tsex
|
2-tsex
|
Faqat S turdagi albom ishlab chiqarilsa
|
200
|
120
|
800
|
600
|
200
|
F
Faqat L turdagi albom ishlab chiqarilsa
|
150
|
240
|
950
|
700
|
250
|
1 Шу манбада, 160-161 бетлар.
Yuqorida qayd qilinganidek, chiziqli dasturlash masalalari yechimi uch bosqichni o‘z ichiga oladi (chizma):
Masalan:
foydani imkon qadar ko‘paytirish;
xarajatlarni kamaytirish va sh.k.
Masalan:
cheklanishlar;
tenliklar;
tengsizlik;
to‘g‘ri bog‘lanishlar va sh.k.
Maqsadni aniqlash
Maqsad funksiyasi maksimallashtirilishi (masalan, foyda) yoki minimallashtirilishi (xarajatlar) lozim bo‘lgan maqsadlarni aniqlaydi. Oddiyroq ifodalanadigan bo‘lsa, chiziqli dasturlash modeli yordamida rahbar o‘zi uchun qanday masala yechimini topishga intilayotganligini aniq belgilab olishi lozim.
Asosiy o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash
Bu o‘zaro bog‘liqliklar chiziqli funksiyalar sifatida ifodalangan cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Cheklash – bu matematik modelda barcha o‘zgaruvchilar qanoatlantirishi lozim bo‘lgan matematik tengsizlik (yoki tenglik)dir. Masalan, ishlab chiqarishga bevosita ta’sir qiladigan imkoniyatlar va cheklashlar (moddiy resurslar, mehnat resurslari, xomashyo imkoniyati, mahsulot komponentlarining barchasi yetarli bo‘lishi va sh.k.).
Mavjud bo‘lgan o‘zaro bog‘liqliklarni quyidagi tengsizliklar ko‘rinishida ifodalash mumkin:
a) 1-tsex bo‘yicha cheklanishni
|
1.5 x S + 2.0 x L = 300
|
b) 2-tsex bo‘yicha cheklanishni
|
1.0 x S + 0.5 x L = 120
|
v) material yetishmasligi sababli «L» mahsulotini ishlab chiqish cheklanganligini
|
L ≤ 126
|
g) salbiy ishlab chiqarish bo‘lmagani uchun
|
S ≥ 0 va L ≥ 0
|
Optimal yechimni topish
Maqsad funksiyasi faqat ikkita o‘zgaruvchiga ega bo‘lsa va cheklovlar soni ko‘p bo‘lmasa, u holda optimal yechimni topish uchun grafik usul, xatolik va sinash usulidan foydalanish mumkin. Amaliyotda yuzaga keladigan birmuncha qiyin holatlarda, kompyuter uchun dasturli ta’minotning maxsus paketlaridan foydalanish zarur bo‘ladi.
Raqobat muhiti ta’siri kuchayotgan va tashqi bozor hamda iste’molchilar talabi o‘sayotgan davrda har bir rahbar ana shu chiziqli dasturlash modelidan o‘zining kundalik amaliyotida foydalanishi va xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z qarorlarini unga suyanib qabul qilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |