Boshqaruv hisobi


-§. Mas’uliyat markazlari faoliyatini baholashda nomoliyaviy mezonlar



Download 1,19 Mb.
bet79/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

3-§. Mas’uliyat markazlari faoliyatini baholashda nomoliyaviy mezonlar


Mas’uliyat markazlarining faoliyati nafaqat moliyaviy, balki, nomoliyaviy omillarga, ya’ni ijodkorlikka, ishlab chiqarishga, mahsulot sifatiga (xizmat), mijozlarning talablarini qoniqtirish darajalariga ham bog‘liq. Ushbu omillarning har biri hisobga olinishni, o‘ziga yarasha baholanishni, imkon qadar takomillashuvni va ularning qabul qilinishini talab qiladi.


Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanishi, buning oqibatida o‘zaro raqobatning kuchayishi natijasida ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy ko‘rsatkichlarni to‘ldirishda nomoliyaviy mezonlarni ham hisobga olish, ularni boshqarish masalalari bilan tobora intensiv shug‘ullanib borishmoqda. Bu jarayonda eng qiyin ish - nafaqat nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash, balki nimani baholash, nimani rad etish, nimaga e’tibor berish kabi masalalarni ijobiy yechish ham muhimdir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining nomoliyaviy tomonlari moliyaviy natijalarga ta’sir etishi sababli ko‘pgina menejerlar ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot va mijozlar kabi omillarni o‘lchab, hisobga olishga harakat qiladilar. Ammo, buning barobarida, bir aforizmni yoddan chiqarmaslik lozim “Hamma narsani bilib turib, hech narsani bilmaymiz”. Kerakli ma’lumotni qoldirib, qolgan barcha ma’lumotlarga to‘la ega bo‘lishga harakat qilib, biz natijada keraksiz, ahamiyatsiz ma’lumotlarga ega bo‘lib qolamiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan moliyaviy va nomoliyaviy ma’lumotlarni boshqaradigan mezonlar to‘plamini aniqlash

  • hozirgi iqtisodiy sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati oldida turgan boshqaruv nazoratining asosiy muammolaridan biri.
  1. §. Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish


Oldingi paragraflarda ko‘rib chiqilganidek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – har bir bo‘g‘in bo‘yicha xarajatlar va daromadlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni alohida-alohida hisobga olish, shuningdek ana shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha vujudga keladigan chetlanishlarni (og‘ishlarni) mas’ullar zimmasiga yuklashdan iborat.


Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida samarali tarzdagi boshqaruv tizimini tashkil qilish maqsadida javobgarlik markazlariga bo‘linishi quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:

    • har bir javobgarlik markazi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy va faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmasi tarkibida bo‘lishi va bu tuzulmalar bilan tizimli bog‘langan bo‘lishi kerak;

    • javobgarlik markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini aniqlash imkoni bo‘lishi, xarajatlarni hisobga olish va ularni taqsimlash uchun asos bo‘lishi kerak;

-javobgarlik markazlari rahbarlarining (menejerlarining) vakolatlari va mas’uliyatlari doirasi va chegaralarini aniq belgilab berish imkoni bo‘lishi kerak;

    • javobgarlik markazi bo‘yicha hisobot shaklini tuzish imkoni bo‘lishi talab etiladi.

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda javobgarlik markazlarini tashkil qilish yana bir qator ijtimoiy hamda psixologik omillarga ham bog‘liq.
Jahon amaliyotida bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida javobgarlik markazlarini tashkil etishning chiziqli, funksional, chiziqli- funksional va matritsali shakllaridan foydalaniladi.
Javobgarlik makazining chiziqli boshqarish shakli vertikal bo‘yicha boshqarishni nazarda tutadi, bunda quyidagi bo‘g‘inlar o‘zidan yuqoridagi bo‘g‘inga bevosita bo‘ysinadi.
Javobgarlik markazlari faoliyati chiziqli boshqarish tamoyili asosida tashkil qilinganda, har bir bo‘g‘in rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan
bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqaradi. Bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqarish uchun kerak bo‘ladigan barcha boshqaruv qarorlarini ham o‘zlari qabul qiladi. Bu tizimning bir qator ijobiy va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Javobgarlik markazini chiziqli boshqarish shaklida tashkil qilishning yutuqlari quyidagilardan iborat:
-mutaxassis-xodimlar tomonidan o‘zlarining vazifalarini bajarishga shaxsiy javobgarligini belgilab beradi va motivatsiyani kuchaytiradi;
-rahbarlar tomonidan qo‘shimcha tarzdagi hamda asoslanmagan va samarasiz topshiriqlar berilavermaydi, ana shunday holatlarning oldi olinadi;
-mutaxassis-xodimlar o‘zlariga belgilab berilgan topshiriqlarni tezda bajarishlari mumkin va ular o‘zlari uchun mehnati natijalarini tahlil qilib borishlari mumkin bo‘ladi;
-mutaxassis-xodimlar vazifalarini bajarish borasida markaz rahbariga bo‘ysunishlari natijasida ijro va mehnat intizomi mustahkam bo‘ladi.
Javobgarlik markazi faoliyatini chiziqli boshqarish shaklida tashkil qilishning salbiy tomonlari esa - unda asosan qisqa muddatli vazifalarni bajarishga e’tibor qaratilishi sababli, kompleks yondashuvni talab qiladigan istiqbolli masalalarni hal qilish borasida qator muammolar kelib chiqadi. Natijada ana shunday javobgarlik markazlarida sansolarlik, buyruqbozlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyatlari paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi. Shunga muvofiq bu shakldan ishlab chiqarish tsexlari va kichik texnoligik bo‘limlarni boshqarishda foydalanish yuqori samara beradi.
Javobgarlik markazi faoliyatini funksional boshqarish shaklida tashkil qilish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ta’minot, moliya-iqtisod, rejalashtirish, kadrlar xizmati, sotish, marketing-reklama bo‘limlari kabi alohida funksiyalari mohiyatidan kelib chiqib bo‘limlarga ajratish tarzida tashkil qilib boshqarishni nazarda tutadi. Javobgarlik markazining bu shakli xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va alohida olingan faoliyat turlarini ixtisoslashtirishga asoslangan. Bu holatda har bir rahbardan (menejerdan) o‘z bo‘limlari faoliyatlarini chuqur bilishlari, jarayonlarni istiqbolli tahlil qila olishlari, jarayon va xodisalarni obyektiv tazda baholay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari va istiqbollarni belgilab berish qobiliyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Javobgarlik markazini bu shaklda tashkil qilishning afzalligi – xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha jabhalarini ixtisoslashtirilgan
holda tashkil qilishdan iborat bo‘ladi, har bir bo‘limda malakali mutaxassislar jamlanishi ta’minlanadi va shunga yarasha faoliyat samaradorligi oshadi.
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishda javobgarlik markazlarining chiziqli-funksional tuzilmasidan foydalanishadi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo‘limlar asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ya’ni mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishadi. Ixtisoslashtirilgan funksional bo‘limlar esa asosiy bo‘limlar tomonidan vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Bunday vaziyatda boshqaruvning ixtisoslashuvi ta’minlanadi, boshqaruv qarorlarining asosli tarzda qabul qilinish imkoni keskin oshadi, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini bir tizim sifatida kompleks boshqarish va pirovard natijada katta iqtisodiy samaralarga erishi mumkin bo‘ladi.
Javobgarlik markazlari faoliyatini matritsali boshqarish shaklida tashkil qilish – bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida uning amaldagi funksional bo‘limlari bilan birga muayyan vazifalarni yechish maqsadida maxsus ishchi organlarini (loyihalashtirish guruhlari) shakllantirishni nazarda tutadi. Bunday guruhlar turli daraja va malakaga ega bo‘lgan alohida funksional bo‘limlar mutaxassislaridan tashkil qilinadi.
Javobgarlik markazlarini bu shaklda tashkil qilishning afzalligi shundaki – u xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida vujudga kelgan muammo va tizimli kamchiliklarni obyektiv tarzda tahlil qilish va tezkor tarzda bartaraf etish imkoniyatini yaratadi. Keyingi paytlarda amaliyotda samarali tarzda qo‘llanilib kelayotgan funksional-qiymat tahlilining vujudga kelishi ham aynan mana shu mas’uliyat markazi shaklining kengayishi bilan bevosita bog‘liqdir. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda imkon qadar maksimal tarzdagi natijaga erishishdan iborat. Javobgarlik markazi faoliyatini matritsali shaklda tashkil qilish rahbar va mutaxassis-xodimlarning hamjihatlikda faoliyat olib borishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, har bir rahbar va mutaxassis-xodimga shaxsiy qobiliyatlarini namoyish qilish imkonini yaratadi, ijodiy muhit yaratadi.

  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish