102
to‘liq integrallashgan. U boshqarishni soddalashtiradi va kerakli resurslarni qidirishni
osonlashtiradi. Active Directory kаtаlоgning vosita va imkoniyatlari keltirilgan:
• foydalanuvchilar va tarmoq resurslari bilan soddalashgan boshqarish. Active
Directory kаtаlоgi ma’lumotlarning ierarxik tarkibini yaratishga imkon tug‘dirib, ma’muriy
imtiyozlarni boshqarishni soddalashtiradi va foydalanuvchilar uchun fayllar va printerlarga
o‘xshash tarmoq resurslarini qidirish protsedurasini osonlashtiradi.
• guruhli siyosat. Foydalanuvchilar va kompyuterlar uchun sozlash va harakatlarni
aniqlashga siyosatlarni ishlatish mumkin. Lokal siyosatga qaraganda, guruhli siyosat Active
Directory kаtаlоgidа barcha uzel, domena yoki tashkil qilingan birlik uchun siyosatlarni
o‘rnatishga imkon yaratadi. Siyosat asosida boshqarish operatsion tizimni yangilash,
ilovalarni o‘rnatish, foydalanuvchilar profillarini sozlash va stoldagi tizimlarni munozara
qilish shu kabi vazifalarni bajarishni soddalashtiradi.
• ixcham va haqiqiylikni tekshrishning xavfsizligini oshirish va mualliflashtirish.
Ixcham va haqiqiyligini mualliflashtirishni tekshirishni himоyalаngаn xizmatlar,
internetda ishlanganda ma’lumotlarga kirishni murakkablashtirmasdan ma’lumotlarni
himoyalashni ta’minlaydi. Active Directory kаtаlоgining xizmati Kerberos VS, Secure
Sockets Layer v3 va Transport Layer Security x.509 v3 sertifikatlari bilan, shuningdek
bir nechta domenlarni birlashtirgan xavfsizlik guruhlari haqiqiyligini tekshiradigan qator
protokollarni ushlab turadi.
• kataloglarni birlashtirish. Kataloglarni birlashtirish foydala-nuvchilar, kompyuterlar,
ilovalar va qurilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish protsedurasini
tashkillashtirish va soddalashtirish imkonini yaratadi, shuningdek foydalanuvchilar uchun
kerakli ma’lumotlarni qidirishni soddalashtiradi. LDAP protokoliga asoslangan interfeyslar
sinxronizatsiyani ushlab turish ustunliklari bilan foydalanishga imkon tug‘diradi va
birlashtirish uchun ma’lum bir talablarni ta’minlaydi.
• katalokka infrastruktura va ilovalarni kiritish. Active Directory kаtаlоgining vositalari
konfiguratsiyani sozlash (to‘g‘rilash) ni soddalashtirish, ilovalarni va boshqa tarmoq
komponentlari tomonidan katalogga kiritilganlarni boshqaradi.
• murakkabligini oshirmasdan masshtablashtirish Active Directory хizmаtidа
domendagi millionlab ob’yektlari uchun masshtablashtirish o‘tkaziladi va indeksatsiya
texnologiyasi ishlatiladi, va tezligini oshiradigan takomillashgan replikatsiya texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: